05.01.2006 yildagi PF-3706-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila budjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda kasanachilar ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlash huquqi ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xomashyo va materiallarni yetkazib berish asosida oilaviy pudratni rivojlantirish fuqarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu bilan birga, past rentabelli va ko‘p mehnat sarfi talab qilinadigan mahsulotlarning ayrim turlarini uy sharoitida ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu, o‘z navbatida, yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, oila budjeti daromadlarini ko‘paytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va ba’zi bir xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish orqali yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar kasanachilikni rivojlantirishning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat qonunchiligini takomillashtirish, kasanachilar ijtimoiy himoyasi va mehnati muhofazasini ta’minlashni inobatga olgan holda aholini uy mehnati faoliyatiga keng jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalari bilan ularning buyurtmalari asosida uyda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, birinchi navbatda, sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish imkonini beradigan tikuvchilik, attorlik, ipakchilik, qayta ishlash, mebel, elektron sanoatida, shuningdek, telekommunikatsiya, servis va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning buyurtmalari asosida uyda ishlayotgan fuqarolarga buyurtmachilar tomonidan xomashyo, materiallar va yarimfabrikatlarni yetkazib berish hamda buyurtma asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni kafolatlashda barqaror sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning buyurtmalari uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) tomonidan mehnat shartnomasi asosida bajariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar bilan mehnat shartnomasi tuzgan kasanachilar band aholi toifasiga kiradi va ularga elektron mehnat daftarchasi shakllantiriladi, pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlashda ishlagan vaqti mehnat stajiga qo‘shiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasida ishlarni bajarish uchun zarur uskunalar yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, asboblar, jihozlar, materiallar va yarimfabrikatlar bilan ta’minlash, kasanachilarni majburiy tarzda texnika xavfsizligiga o‘qitish hamda buyurtmachi talab qilgan sifat standartlari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashib ketish, bajarilgan ish uchun hisob-kitob qilish bo‘yicha korxonalarning kasanachilar oldidagi kafolat va majburiyatlari ko‘zda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonalarga mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga korxonalar buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun asbob-uskuna, jihozlar va inventarlarni tekin yoki ijara sharti bilan berish, jumladan, lizing (moliyaviy ijara) asosida taqdim etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus texnika xavfsizligiga amal qilishni taqozo etadigan uy sharoitida nazorat qilish imkoni bo‘lmagan, kuchli tok bilan ishlaydigan, katta energiya talab qiladigan, texnik jihatdan murakkab bo‘lgan uskunalarni, shuningdek, xavfli kimyoviy birikmalarni kasanachilarga berish, ijara va lizing asosida taqdim etish hamda ulardan uy sharoitida foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilar buyurtmachi-korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to‘liq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qo‘shimcha sertifikatlash va standartlash talab etilmaydi. Bunda uyda ishlab chiqarilgan mahsulot sifati bo‘yicha belgilangan standartlarga rioya qilish bo‘yicha mas’uliyat, u sanoat korxonalariga qaytarilganda — kasanachilar zimmasiga, oxirgi iste’molchiga sotishda esa sanoat korxonasi zimmasiga yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan korxonalarga kasanachilar tomonidan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qaytarilishi ulgurji savdo hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilar faoliyati buyutrmachi-korxona qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirilgandagina nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Kasanachilik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda kasanachilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, ularga uskunalar berish va texnik xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, asboblar, xomashyo va materiallar taqdim etish, kasanachilar xarajatlarini qoplash tartibini, ularni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari, tomonlarning o‘zaro javobgarligi choralari, shuningdek, ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan imtiyozlarni qo‘llashda suiiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va raqobatni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish dasturlarida 2006-2007-yillarda kasanachilikni ommalashtirishga doir tadbirlarni ko‘zda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur dasturlar ijrosi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda hududlar va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama etishda har bir chorak natijalari bo‘yicha ularning amalga oshirilishini ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3706-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 1-son, 1-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda; 2013-y., 52-son, 689-modda; 2017-y., 21-son, 380-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)