Oʻzbekiston Respublikasi oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-maydagi 820-XII-son “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan mazkur qaror ham amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonun eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Vedomostlari, 1990-yil, № 16—18, 289-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
821-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 205-modda)