31.12.2005 yildagi O‘RQ-19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UY-JOY-KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHASIDA ISLOHOTLARNING AMALGA OShIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 25-moddasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilar kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlarini to‘lashga doir talablarni qo‘pol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlari to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq da’volar bilan sudga murojaat qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 661-moddasining birinchi qismidagi “173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish)” degan so‘zlardan keyin “1852-moddacida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) XII bobi quyidagi mazmundagi 1852-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1852-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoxud issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘sha qilmishlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘sha qilmishlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11 va 23-moddalar, № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda) 345-moddasining oltinchi qismi “1851” raqamidan keyin “1852” raqami bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 101-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101-modda. Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish, elektr, issiqlik energiyasi yoxud gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 163-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“163-modda. Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Kodeks quyidagi mazmundagi 1631-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“l631-modda. Kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 245-moddaning birinchi qismidagi “163” raqami “163, 1631” raqamlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ–19-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 385-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda)