Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2004 07.05.1993 yildagi 868-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabrdagi 561-II-sonli “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun axborot majmui faoliyatining iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini, uning O‘zbekiston Respublikasida tutgan o‘rni va ahamiyatini belgilaydi, axborot egalari va axborotdan foydalanuvchilar bo‘lmish davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qonunning amal qilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlarni to‘plash, jamg‘arish, qayta ishlash, uzatish, qo‘llash va ruxsat etilmagan tanishuvdan saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlarini, ma’lumotlar bazalari va banklarini, axborotlarni qayta ishlash va uzatishning boshqa tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun boshqa qonunlarning (ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda boshqa qonunlarning) ta’siri ostidagi axborotga, hujjatlashtirilmagan axborotga, shuningdek mualliflik va patent huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublikani rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan hamda real ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasida belgilanib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamoat organlarining, fuqarolarning, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (matnda bundan keyin “tashkilotlar” deb yuritiladi) axborotga bo‘lgan ehtiyojini har tomonlama qondirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni bir tartibga solishni, standartlashtirishni, yagona axborot maydoni yaratishni hamda respublika jahon axborot hamjamiyatiga kirishi uchun sharoit yaratishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada yaratilayotgan va chetdan keltirilayotgan texnik, dasturiy va texnologik axborot vositalari hamda resurslarini sertifikatsiya qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan, ishlash bobida mukammal va ishonchli axborot infrastrukturasini shakllantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirishning texnik asoslarini tarkib toptirishda respublikaning suveren huquqlari va mintaqaviy tuzilmalarning manfaatlariga rioya etishni, axborot tizimlarini tashkil etish va amal qilish jarayonida ularning o‘zaro hamjihat harakat qilishlarini yo‘lga qo‘yishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi ishlab chiqarish, boshqaruv, ilmiy va ijtimoiy sohalarda elektronika, hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining yangi namunalarini yaratish hamda joriy etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirishning bir yerda haddan ziyod quyuqlashuvi va axborot sohasida yakkahokimlik qilinishining oldini olish asosida axborotlashtirishni jadal rivojlantirish, axborot jarayonlarini davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda pul bilan ta’minlash va idora etish usullaridan tashkilotlarning mustaqilligiga va tadbirkorlikka o‘tish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish dasturi uchun davlat tasarrufida bo‘lmagan mablag‘larni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy foydalanuvchining qurbi yetadigan istiqbolli axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy rag‘batlantirish va imtiyozlar tizimini, shuningdek boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda joriy etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot resurslarini yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya etish maqsadida axborotlarni hamda ularni qayta ishlash vositalarini himoya qilish yo‘llarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat axborot resurslarining asralishi, jamg‘arilishi va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirishning jamiyat rivojiga ta’sirini o‘rganishni va baholashni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOB. AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING MAJMUI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining axborot majmui
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning axborot majmui davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlaridan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika, hududiy, tarmoq, mahalliy axborot tizimlari va shoxobchalari, shuningdek ularda ishlatiladigan aloqa vositalari respublika axborot majmuining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu axborot tizimlari tashkiliy-tarkibiy xususiyatlariga, mavzusiga texnologik va boshqa belgilariga qarab shakllantiriladigan hujjatlashtirilgan axborotlarga qayta ishlov berilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Davlat organlarining axborot tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika budjeti hisobidan vujudga keltirilgan hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi axborotlarga ishlov berish tizimlari, ma’lumot bazalari va banklari, ekspert va axborot-qidiruv tizimlari hamda shoxobchalari O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining axborot tizimiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Hududiy axborot tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy axborot tizimlari mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tahlil etish va boshqarish vazifalarini ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tarmoqlar va tashkilotlarning axborot tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqlar va tashkilotlarning axborot tizimlari vazirliklar va idoralar, mulk shaklidan qat’i nazar, konsernlar, korporatsiyalar, ishlab chiqarish birlashmalari, tashkilotlar va korxonalarning ishlashini ta’minlovchi axborotlarga ishlov berish tizimlaridan, ma’lumot bazalari va banklaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomatlashtirilgan kredit-bank va birja tizimlari hamda pulsiz muomala tizimlari ham tarmoq axborot tizimlariga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Avtomatlashtirilgan kredit-bank va birja tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomatlashtirilgan kredit-bank va birja tizimlari o‘zaro hisob-kitoblar jadal o‘tkazilishini ta’minlash, kredit-moliya operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek birja faoliyatini, brokerlik va maklerlik xizmatlarini avtomatlashtirish, soliq va auditorlik faoliyatlarini amalga oshirish (budjetlarni, kapital mablag‘larni, soliq nazoratini shakllantirish) uchun tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Pulsiz muomalaning avtomatlashtirilgan tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pulsiz muomalaning avtomatlashtirilgan tizimlari kredit kartochkalari va pulsiz moliya hujjatlarining boshqa turlaridan foydalangan holda o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazishda aholiga qulaylik yaratish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki tizimi, shuningdek boshqa banklar, manfaatdor vazirliklar va idoralar asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Axborot uzatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq, hududiy va davlat axborot tizimlari o‘rtasida axborotlar uzatish zarur ro‘yxat, ma’lumotlar tarkibi va hajmlari doirasida oldindan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Xususiy va davlat tasarrufida bo‘lmagan boshqa axborot tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasi, boshqa davlatlar fuqarolarining) axborot tizimlari o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil etiladi va ular tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnoma olingan taqdirdagina ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufida bo‘lmagan axborot tizimlari o‘z muassislarining mablag‘lari hisobiga tashkil etiladi va ular tomonidan axborot mahsulotlari yaratish va xizmatlari tashkil etish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Aloqa va ma’lumotlar uzatish tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa va ma’lumotlar uzatish tizimlari axborotlashtirishninng kommunikatsiyaviy asosi hisoblanadi. Mazkur tarmoqlar aloqaga qo‘shilish, ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishga oid xalqaro standartlar va protokollar talablariga rioya etish asosida tuziladi, ular esa aloqa tarmoqlari tuzilmasining yangi turlarini yaratish va axborot xizmatining yangi turlarini tashkil etish imkoniyatini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlarning yangi turlari axborot egalarining tashabbusi bilan ham, axborotlardan foydalanuvchilarning tashabbusi bilan ham joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa va ma’lumotlar uzatish tizimlarini barpo etish va ulardan foydalanish, shuningdek ularning faoliyatini to‘xtatish qoidalari mazkur tizimlardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Axborotlashtirishda tizim, dastur va tarmoq ta’minoti birligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirishda tizim, dastur va tarmoq ta’minoti birligi axborotlashtirish jarayonlarining davlat tomonidan tartibga solinishi prinsiplariga, shuningdek axborot vositalari va mahsullari ishlab chiqarishda hamda ulardan foydalanishda yagona standartlarga, sifat sertifikatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvining maxsus organlari faoliyatiga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOB. AXBOROTLAShTIRISh INFRASTRUKTURASI VA SANOATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Axborotlar infrastrukturasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining axborotlar infrastrukturasini — axborotlarni qayta ishlovchi va axborotga oid boshqa xizmat ko‘rsatuvchi, avtomatlashtirilgan tizimlarga servis xizmati ko‘rsatuvchi; xodimlar va foydalanuvchilarga o‘rgatuvchi; maslahat beruvchi va uslubiyatga doir ishlarni bajaruvchi, foydalanuvchilarga axborot xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishga doir boshqa yordamchi foydali faoliyatni amalga oshiruvchi mulkchilikning barcha shakllaridagi ilmiy va ishlab chiqarish tuzilmalari tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlar infrastrukturasi sohasida tashkilotlar amalga oshiradigan faoliyat xalq xo‘jaligi tizimida “Axborot xizmati” yordamchi tarmog‘i sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Axborotlashtirish sanoati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari tomonidan, shuningdek ustavida axborotlashtirish mahsuloti ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish nazarda tutilgan, yuridik shaxslar, shu yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar tomonidan axborotlashtirish mahsuloti ishlab chiqarish — axborotlashtirish sanoatidan iborat iqtisodiy faoliyat tarmog‘ini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish sanoatining dasturlari, moddiy, texnikaviy, moliyaviy, tashkiliy va o‘zga xil resurslari davlat statistika organlarida hisobga olinmog‘i lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar ro‘yxati va ularni taqdim etish shakllari axborotlashtirish sanoati subyekti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bilan bir vaqtda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Axborot majmuining texnika bazasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi axborot majmuining texnika bazasi zamonaviy kompyuter texnikasini, dasturiy mahsullarni, kommunikatsiya va aloqa vositalarini o‘z ichiga oladi. Texnika bazasi ruxsatnomalar, shartnomalar hamda bitimlar asosida respublikada chiqariladigan va respublikaga olib kelinadigan dasturiy-apparat vositalari negizida vujudga keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Axborotlar, axborotlashtirish mahsulotlari va axborot xizmatlari bozori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlar, axborotlashtirish mahsulotlari va axborot xizmatlari bozori ushbu Qonunning qoidalari hisobga olingan holda shakllantiriladi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar axborotlar, axborotlashtirish mahsulotlari va axborot xizmatlari bozorida teng mavqeli sheriklar sifatida qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsulotlari va axborot xizmatlarining sifati va boshqa iste’mol xususiyatlari davlat standartlarida, texnikaviy shartlarda yoxud texnik topshiriqlarda yoki bevosita ularni ishlab chiqarish uchun tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOB. AXBOROTLAShTIRISh SOHASIDAGI BOShQARUV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat boshqaruv organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish sohasidagi boshqaruvni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi amalga oshiradi. Axborotlashtiriish mahsullari va tizimlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish uchun maxsus xizmatlar — Dasturiy mahsullar davlat reyestri, Ma’lumot bazalari davlat reyestri va Axborot tizimlari davlat reyestri tashkil etiladi. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati natijasida hosil qilingan va Davlat reyestrlarida qayd etilgan dasturiy mahsullar va ma’lumotlar bazalarining jamlamasi Dasturiy-axborot mahsulotlari milliy fondini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Davlat boshqaruv organlarining axborotlashtirish sohasidagi vakolatlari va mas’uliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asoslarini ishlab chiqish, davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning axborotlashtirish zaxiralarini hosil etish hamda ulardan foydalanish ishlarini muvofiqlashtirib borish, subyektlarning axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarga taalluqli huquqlari va kafolatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish sohasidagi umumdavlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishga rahbarlik qilish, ana shu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlash, istiqbolga mo‘ljallangan axborot texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlarni, loyihalarni muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruv organlarini axborotlar bilan ta’minlash tartibi va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan axborot va axborot-hisoblash tizimlari hamda tarmoqlari yaratishni, shu jumladan ularni hisobga olish, sertifikatsiyalash hamda litsenziya berishni tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish infrastrukturasining umumiy kommunikatsiya muhitini va boshqa tarkibiy qismlari yaratilishini ta’minlash, axborotlashtirish sohasidagi bozor omillarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish sohasidagi loyihalar va takliflarni ekspertizadan o‘tkazish, bu sohada tarmoq hujjatlari va standartlarining yagona tizimini joriy etish hamda ularga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish sohasida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish hamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni uyg‘unlashtirish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari tomonidan hujjatlarni birxillashtirish tizimining tarkibi, davlat va jamoat faoliyatining barcha sohalarida to‘planadigan hamda ishlov beriladigan axborotlarga, shuningdek odamlarning huquqlari va manfaatlari muhofaza hamda himoya etilishini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan xususiy shaxslar to‘g‘risidagi axborotlarga doir klassifikatorlar, standartlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Dasturiy mahsullarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatsiyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish mahsullarining raqobat qobiliyatini ta’minlash va uning sifatiga davlat ta’sirini kuchaytirish, shuningdek ichki bozorni himoya qilish maqsadida ana shunday mahsullar ekspertizadan o‘tkaziladi va sertifikatsiyalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy mahsullarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatsiyalash Dasturiy mahsullarning davlat reyestri va Ma’lumot bazalari davlat reyestri asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy mahsullar davlat reyestrining, Ma’lumot bazalari davlat reyestrining me’yoriy-texnik bazasi, ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatsiyalash qoidalari xalqaro me’yorlar va bitimlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Axborotlashtirish sohasidagi faoliyatni rag‘batlantirish va davlat tomonidan tartibga solib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari axborot texnologiyasi, axborotlashtirish sanoati yaratuvchilarini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishning ustuvor yo‘nalishlari rivojlantirilishini rag‘batlantiradilar, axborot mahsullarining raqobat qobiliyatini oshirishga ko‘maklashadilar, mutlaqo yangi yechimlarni patentlashni va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda belgilangan hollarda davlat organlari muayyan axborot texnologiyalari, mahsullari va axborot xizmatlarining eksporti va importini, ularning ichki bozorda sotilishini cheklashga, shuningdek ishlab chiqaruvchilar zimmasiga standartlashtirish va sifatning zarur darajasini ta’minlash vazifasini yuklashga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki bo‘lgan axborot resurslarini shakllantirish va ularni foydalanuvchilarga berish ishlarini tashkil etish ana shunday axborot resurslariga doir ishlarni bajarishi lozim bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qatoriga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan axborot turlari va axborot resurslarining tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOB. AXBOROTLAR VA AXBOROT TIZIMLARINING HUQUQIY REJIMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Axborotdan foydalanishning huquqiy rejimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab berilgan huquqlari va majburiyatlariga muvofiq holda axborotlashtirish sohasida huquqiy munosabatlarning subyektlari sifatida ish ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotdan foydalanishning huquqiy rejimi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida chiqaradigan O‘zbekiston Respublikasining hujjatlarida va me’yoriy hujjatlarida, axborotlashtirish sohasidagi munosabatlar qatnashchilarining shartnoma va bitimlarida belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlardan foydalanuvchilar toifasi va axborotlarni qo‘riqlash tartibi mazkur Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlovchi boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Axborotlarga nisbatan mulkchilik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat mahsuli sifatida moddiy yoki intellektual mulk obyekti bo‘lishi mumkin. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan mulkiy huquqqa egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlashtirilgan axborot mulk obyekti sifatida alohida hujjat yoki hujjatlar to‘plami shaklida (kutubxona, arxiv, fond, bilimlar bazasi va boshqa shakllarda) namoyon bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot egasi o‘z mulkining obyektiga nisbatan har qanday qonuniy xatti-harakatlarni sodir etishi, shuningdek axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi yoki uni tasarruf etuvchi shaxsni tayinlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan axborot yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot yaratishga doir shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotga nisbatan mulkdorlik huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish shartini o‘zida aks ettirgan oldi-sotdiga, yetkazib berishga doir shartnoma yoki boshqa kelishuv shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
merosga olish va tortiq qilish axborotga nisbatan mulkdorlik huquqi paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotga nisbatan mulkdorlik huquqini ro‘yobga chiqarishning o‘ziga xos jihatlari amaldagi mualliflik huquqiga doir qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki hisoblangan axborotga himoya sertifikatiga ega bo‘lgan tizimlardagina qayta ishlov berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida kiritiladigan va uzatiladigan hujjatlarning yuridik kuchi elektron imzo bilan tasdiqlanishi mumkin. Elektron imzoning yuridik kuchi avtomatlashtirilgan tizimda imzolarning bir xilligini ta’minlovchi sertifikatsiyalangan dasturiy-texnika vositalari mavjud bo‘lgan taqdirda e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Axborotga nisbatan mulkdorlik huquqi subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat o‘zining hokimiyat va boshqaruv organlari timsolida, yuridik va jismoniy shaxslar axborotga nisbatan mulkiy huquq subyekti bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, tashkilotlar axborotga nisbatan o‘zlarining mulkiy huquqlarini davlat hokimiyati organlari to‘g‘risidagi, korxonalar, jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, muayyan yuridik shaxslarning, axborotlashtirish sohasidagi munosabatlar boshqa subyektlarining nizomlari va ustavlariga muvofiq ro‘yobga chiqaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy axborot hamda uning moddiy ashyolari fuqarolarning mulki hisoblanadi va ular tegishli ma’lumotlar bankiga yoki arxivga saqlash uchun topshirilgan hollaridagina ularni rasmiy axborotlar qatoriga qo‘shish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Xususiy shaxslarga doir axborotlarni qayta ishlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shaxslarga doir axborotlarni qayta ishlashning tizimlari aholining talab-ehtiyojlari va manfaatlaridagi o‘zgarishlarni, fuqarolarning ijtimoiy fikrlarini o‘rganish, jinoiy harakatlarga qarshi kurash, O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlarini, iqtisodiyotga oid sirlarini va boshqa sirlarini qo‘riqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil etish, davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni boshqarish hamda uning istiqlolini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar olish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar tomonidan vujudga keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomatlashtirilgan tizimlar va boshqa tizimlardagi xususiy shaxslarga doir axborotlardan ularning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklab qo‘yish uchun foydalanilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shaxslarga doir axborotlarni davlat tasarrufida bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan qayta ishlash ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z vakolatlariga muvofiq xususiy shaxslarga doir axborotlarga egalik qiluvchi va ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar ana shunday axborotlardan foydalanish tartibi hamda qoidalarini buzganlik uchun intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zlariga doir axborotlar bilan tanishuvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar axborotning to‘liq va ishonchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘zlariga doir axborotlar bilan tanishish, ularga aniqliklar kiritish, ana shu axborotdan kim va qanday maqsadda foydalanayotganini bilish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tizimlarida xususiy shaxslarga doir ma’lumotlari bo‘lgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari, basharti, axborotni bu tarzda taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan qo‘riqlanadigan sirlar oshkor etilishiga sabab bo‘lmasa, xususiy shaxslarga taalluqli axborotni ularning talabiga ko‘ra taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotni bermaganlik yoki uni yashirganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Axborotning egasi va undan foydalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotning egasi va u vakolat bergan shaxslar axborotlarni qayta ishlash hamda ulardan foydalanishning amaldagi qonunlarga zid kelmaydigan rejimi va qoidalarini belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotning egasi undan foydalanish shartlarini belgilaydi yoxud o‘z huquqini shartnoma asosida boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot egasining qaroriga binoan axborot undan foydalanuvchiga shartnomaviy narxlarda yoki axborot xizmatlari uchun belgilangan tariflardagi narxlarda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotning egasi axborot xizmatlari to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilganidek, axborot hamda uni qayta ishlash dasturlari to‘liq, ishonchli va sifatli bo‘lishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan organlar va tashkilotlarga hujjatlashtirilgan axborotlarni berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Axborot egasining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot egasi atayin noto‘g‘ri, chala, muddatni buzib axborot berganlik uchun foydalanuvchi oldida javobgar bo‘ladi, shu tufayli foydalanuvchiga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararni qoplash shartlari shartnoma bilan belgilanadi. Zararni qoplash miqdorini tomonlar mustaqil belgilaydilar, nizoli hollarda esa uni sud, xo‘jalik sudi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Axborotlashtirish sohasidagi munosabatlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotga va axborot mahsuliga doir nizolar hamda ularga egalik qilish huquqlari qonunlar asosida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot resurslari, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot resurslari to‘plash va ulardan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqlarini yuridik jihatdan himoya qilish, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish, qoidabuzarlarni javobgarlikka tortish, subyektlarning buzilgan huquqlarini tiklash va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufida bo‘lmagan axborot tizimlarida ishlov beriladigan axborotlar ushbu axborotlar tizimi Axborot tizimlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uning egasi axborotga ishlov berish uchun ruxsatnoma olgan hollardagina qo‘riqlanadi. Ishlov berishdan ko‘zlangan maqsad va xizmat ko‘rsatish qoidalari ruxsatnomada ko‘rsatib o‘tiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlar hamda axborot jarayonlari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy, fuqarolik, mehnat, jinoyat qonunlarining me’yorlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Shaxsiy axborotlarni va xususiy shaxslarga doir axborotlarni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaga asosan avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan shaxsiy axborotlar va xususiy shaxslarga doir axborotlardan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzganlik hollari sud tomonidan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotning egasi yoki undan foydalanuvchi tomonidan huquqlari yoxud manfaatlari buzilgan xususiy shaxslar o‘z huquqlari tiklanishini, yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi va ko‘rilgan ma’naviy zarar uchun tovon to‘lanishini sud organlari orqali talab qilishlari mumkin.
(30-moddaning 2-qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-yil, 1-2-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. EHM uchun yaratilgan dasturga mualliflik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy faoliyati natijasida EHM uchun dastur yaratgan jismoniy shaxs uning muallifi deb e’tirof etiladi. Basharti, EHM uchun dastur ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan bo‘lsa, dastur har biri mustaqil ahamiyatga ega qismlardan iboratmi-yo‘qmi yoki uning bo‘linish-bo‘linmasligidan qat’i nazar, bu shaxslardan har biri bunday dasturning muallifi deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EHM uchun yaratilgan dasturga mualliflik huquqi jismoniy shaxsga yoki jamoaga Dasturiy mahsullar davlat reyestri beradigan shahodatnoma bilan guvohlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EHM uchun yaratilgan dastur muallifi uning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik huquqi — EHM uchun yaratilgan dastur muallifi deb hisoblanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomlash huquqi — EHM uchun yaratilgan dasturda muallif nomini ko‘rsatish shaklini: o‘z nomi bilan, shartli nom (tahallus) bilan yoki xufyona nom bilan atashni belgilash huquqi; hamda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daxlsizlik (bus-butunlik) huquqi — EHM uchun yaratilgan dasturning o‘zini ham, uning nomini ham muallifning shon-sharafiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan buzib ko‘rsatishlar va boshqa tajovuzlardan himoya qilish huquqidan iborat shaxsiy huquqlarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. EHM uchun yaratilgan dastur va boshqa dasturiy-axborot mahsullariga bo‘lgan mulkiy huquq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z mablag‘i hisobiga dastur yoki boshqa dasturiy-axborot mahsullari yaratgan yoki ana shu huquqni dastur muallifi yoxud boshqa mulkdordan qonuniy asosda olgan yuridik yoki jismoniy shaxs EHM uchun yaratilgan dastur va boshqa dasturiy-axborot mahsullarining egasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar EHM uchun yaratilgan dasturga bo‘lgan mulkiy huquq yuridik shaxsga yoki davlatga tegishli bo‘lsa, unda EHM uchun yaratilgan dasturga mualliflik huquqi guvohnomasi muallifning (mualliflarning) dastur yaratilgan joydan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish olishiga, undan nusxa ko‘paytirilgan va mulkdor tomonidan sotilgan hollarda esa mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq muallifga (mualliflarga) bunda mulkdor olgan foydaning (daromadning) bir qismini ajratib berishga asos bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot mahsullarining moddiy ashyolari ashyoviy mulk obyektlari sifatida muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning asl nusxasiga mulkiy huquq Dasturiy mahsullar davlat reyestri beradigan maxsus guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Dasturning hisobga olingan ko‘chirmasiga nisbatan mulkiy huquq dasturni yetkazib berishga (dasturning oldi-sotdisiga) doir shartnomada tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Axborotlashtirish sohasidagi nizolarni qarab chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish sohasidagi sud tasarrufiga kirmagan nizolarni qarab chiqish uchun axborotlashtirishni boshqaruvchi davlat organlari huzurida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida ish ko‘ruvchi muvaqqat va doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI BOB. AXBOROTLAShTIRISh SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Davlatlararo munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish sohasidagi davlatlararo munosabatlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar, yuridik shaxslarning o‘zaro yaxlit, birgalikdagi, jamoa, dasturiy va texnikaviy jihatdan o‘zaro bir butun axborot tizimlari, shuningdek axborotlashtirishning boshqa masalalari bo‘yicha tuzadigan birgalikdagi ilmiy-texnika dasturlari, shartnomalari va majburiyatlari asosida tarkib topadi. Axborotlashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Xalqaro kommunikatsiya tarmoqlariga qo‘shilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shartnomalar asosida o‘z axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qo‘shishga haqlidirlar. Cheklangan tarzda axborotga ishlov beruvchi axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qo‘shilishiga faqat zarur himoya chora-tadbirlari ko‘rilganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli axborot tizimlarining axborotlar tarmoqlariga g‘ayriqonuniy ravishda qo‘shilishi, xuddi shuningdek ulardan g‘ayriqonuniy yo‘l bilan axborotlar olishi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Xalqaro ayirboshlash chog‘ida axborotlarni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro ayirboshlash chog‘ida axborotlarni himoya qilish, basharti, xalqaro shartnomalar va bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
868–XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 252-modda; 2001-yil, 1-2-son, 23-modda)