Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.12.2003 yildagi 577-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING KORXONALARNI INSTITUTSIONAL RIVOJLANTIRISHGA QARZIDAN FOYDALANISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida 1998-yil 10-iyuldagi kredit to‘g‘risida Bitimda (korxonalarni institutsional rivojlantirish bo‘yicha loyiha, 4543UZ-son kredit) nazarda tutilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablag‘larini oqilona va samarali o‘zlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablag‘larini o‘zlashtirishning oxirgi muddatini 2004-yil 31-dekabrgacha uzaytirish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatib o‘tilgan qarzning umumiy summasini, foydalanilmaydigan 17673 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni bekor qilish yo‘li bilan, 28000 ming AQSH dollaridan 10327 ming AQSH dollarigacha kamaytirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga ushbu qarorga muvofiq Bitimning tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Qo‘shimcha Bitimni belgilangan tartibda imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalarni yakka tartibda xususiylashtirish byurosi Kuzatuvchi Kengashi (I.G. Yakovlev) va Korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qo‘llab-quvvatlash byurosi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
577-son