Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISHDA XORIJIY SARMOYALARNI JALB QILISHNI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1998-YIL 18-NOYABRDAGI 477-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xorijiy investordan korxonalar yoki aksiyalar paketlari qiymati uchun toʻlov sifatida tushadigan xorijiy valyutadagi mablagʻlar, ularni keyinchalik Markaziy bankka majburiy tartibda toʻliq hajmda belgilangan tartibda sotish sharti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
5-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. “Xorijiy investordan korxonalar yoki aksiyalar paketlari qiymati uchun toʻlov sifatida tushadigan xorijiy valyutadagi mablagʻlar, ularni keyinchalik Markaziy bankka majburiy tartibda toʻliq hajmda belgilangan tartibda sotish sharti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-fevral,
68-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 74-modda)