1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hAYʼATINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUAYYaN HUDUDDA (NOTARIAL OKRUGDA) NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh VAKOLATLARINI BERISh BOʻYIChA TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 12-noyabrda 1521-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 302-mh-sonli “Notariat sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1521-4, 20.12.2010-y) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazishga doir masalalarni yanada takomillashtirish maqsadida hamda “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Adliya vazirligi hayʼati, qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovlarni toʻgʻri tashkil etilishi va mazkur Nizom talablariga qatiy rioya etgan holda oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka komissiyalari tomonidan tanlovga oid qabul qilingan qarorlarni va boshqa maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga belgilangan muddatlarda qatʼiy yuborilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari hamda joylardagi malaka komissiyalari raislari va aʼzolari muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlovlarning odilona va qonuniy oʻtkazilishiga shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Apellatsiya komissiyasi (E. Kanyazov) malaka komissiyalari tomonidan muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazilishida yoʻl qoʻyilgan har bir qonunbuzilishni chuqur va har tomonlama oʻrganib chiqilishini hamda bunday qonunbuzilishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha Adliya vaziriga aniq takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (P. Samatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilning dekabr oyida mazkur Nizom qoidalarini qoʻllash boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish uchun tanlovlar oʻtkazish boʻyicha malaka komissiyalarining faoliyatini muntazam ravishda umumlashtirib borsin va bu haqda har yarim yilda Adliya vaziriga axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (N. Burxonov) ushbu hayʼat qarorini davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) ushbu hayʼat qarorini “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼatining 1997-yil 28-apreldagi 33-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish hamda notarius vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat raisi, vazir B. MUSTAFOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi hayʼatining 2005-yil 12-noyabrdagi 35-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq notariusga muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning asosiy maqsadi notariuslik lavozimiga chuqur kasbiy bilimga ega boʻlgan, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga munosib mutaxassislarni tanlab olishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov Adliya vazirligi qoshidagi apellatsiya komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatini tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning ishchi organi boʻlib Adliya vazirligining Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda ishchi organi deb yuritiladi) hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) notarius lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilganda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha boʻshagan hollarda ham tanlov oʻtkazilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoniga (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini faqat mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini boshqa tartibda berish yoki tanlov oʻtkazmasdan berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya majlisining bayonnomalari har bir notarius lavozimi uchun alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Notarius lavozimi boʻshagandan (vaqtincha boʻshagandan) keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli adliya boshqarmasining xabarnomasi olingan yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilgan kundan boshlab yetti kun ichida ishchi organi tomonidan markaziy roʻznomalarda hamda adliya boshqarmalari orqali mahalliy roʻznomalarda tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazilayotgan notarius vakolatlari amal qiladigan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablar. Ushbu talablar mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq eʼlon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oxirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida bir oy etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazish joyi va ayrim hollarda tanlov oʻtkazish sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tanlov notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan boʻlsa, eʼlonda bu haqda koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon qoʻshimcha ravishda markaziy va mahalliy televideniye, radio hamda internet tarmogʻi orqali berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bitta notarial idoraning ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida oʻtkaziladi.
(6 va 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan davlat notarial idorasida kamida ikki yil muddatli stajirovkani oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganidan keyin tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya nomiga ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasining notarial yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning malaka imtihonini topshirganligi toʻgʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma, mazkur bandning sakkizinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi ish joyidan berilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan talabgorlar malaka imtihonini qayta topshirganligi toʻgʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar ishchi organi tomonidan qabul qilinadi va talabgorga qabul qilib olingan hujjatlar roʻyxati va sanasi koʻrsatilgan tilxat beriladi. Hujjatlar Adliya vazirligining devonxonasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organi talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas. Hujjatlar taqdim etishning oxirgi sanasidan soʻng taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi organi tomonidan har bir talabgorning hujjatlari alohida oʻrganib chiqiladi va talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga qoʻyish yoki rad etish toʻgʻrisida xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organi tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosada tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatib oʻtilishi lozim, agar tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatilmagan boʻlsa.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi hollarda ishchi organi tomonidan tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi:
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlovda ishtirok etish uchun birorta ham talabgor boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tanlovda ishtirok etish uchun faqatgina bitta talabgor tomonidan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mutasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra barcha talabgorlarga tanlovda ishtirok etish rad etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra faqatgina bitta talabgor tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mutasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon tegishli xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida berilishi lozim.
(12-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar qayta eʼlon berilgandan keyin ham tanlovda ishtirok etish uchun faqat bitta talabgor hujjat taqdim etgan boʻlsa, u muqobil nomzodsiz tanlovda ishtirok etishga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talablarga javob bermagan va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim qilmagan talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 35 va 37-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisi tomonidan tegishli xulosa tasdiqlangandan keyin ikki kunlik muddatda ishchi organi tomonidan mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tasdiqlangan taqdirda, keyingi kundan kechiktirmay bu haqda talabgorlarga mazkur Nizomning 1b-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov kuni haqida talabgorlarga tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin xabarnoma yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati tanlov oʻtkazilishidan besh kun oldin Adliya vazirligining fuqarolarni qabul qilish xonasida osib qoʻyiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov komissiya tomonidan talabgorlarning kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida yozma-ogʻzaki ravishda oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlov komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda haqiqiy hisoblanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar tanlov kuni talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov kunini kamida bir haftagacha boʻlgan muddatga kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu haqda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan barcha talabgorlarga tanlov oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti koʻrsatilgan yozma xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar keyingi tanlov kuni ham talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov barcha talabgorlar uchun bir yoʻla bir xonada oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov jarayonida komissiya aʼzolari va talabgorlardan tashqari begona shaxslarning hozir boʻlishlariga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiyaning masʼul kotibi mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida talabgorlar boʻyicha maʼlumot tayyorlaydi va komissiyaning har bir aʼzosiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisida masʼul kotib unda ishtirok etayotgan komissiya aʼzolarini hamda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxatini, shu jumladan tanlov kuni hozir boʻlgan va tanlov kuni kelmagan talabgorlarning roʻyxatini oʻqib eshittiradi. Shuningdek, masʼul kotib tanlov oʻtkazish tartibini, shu jumladan mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan talablarni batafsil tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov oʻtkazish tartibi tushuntirilgandan soʻng har bir talabgorga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tanlov varaqasi, komissiya aʼzolariga esa mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda baholash byulletenlari tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash byulletenlari komissiya aʼzolariga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi roʻyxat asosida tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir tanlov varaqasi tanlovda ishtirok etayotgan barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan va Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
(23-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir baholash byulleteni komissiya raisi tomonidan imzolangan va Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlov biletidagi savollarga yozma javob yozish va ular boʻyicha ogʻzaki javobga tayyorlanish uchun ikki soat vaqt ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov beshta savoldan iborat boʻlgan bilet asosida oʻtkazilib, bunda har bir biletning orqa tomonida komissiya raisi va masʼul kotibining imzolari boʻlishi lozim. Tanlov biletidagi savollarga yozma javoblar faqatgina tanlov varaqasiga yoziladi. Talabgorga javob yozish uchun tanlov varaqasi yetarli boʻlmagan taqdirda, unga qoʻshimcha tanlov varaqasi beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov biletidagi savollarga tayyorlanish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qonunchilik hujjatlaridan, maʼlumot beruvchi va maxsus adabiyotlardan har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish;
(26-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) oʻz tanlov varaqasini topshirgunga qadar tanlov oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov biletidagi savollarga javob tayyorlab boʻlgan talabgor komissiyaga javob beradi. Komissiya aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida savollar berishi mumkin.
(27-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini oʻn ballik tizimda baholaydi.
(27-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan almashtirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollarga javob berib boʻlgan talabgorga oʻz tanlov varaqasini topshirgandan soʻng xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun komissiya aʼzolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash byulletenidagi ballar hisoblab chiqiladi, hisoblash natijasi yuzasidan hisoblash guruhi tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi va komissiya aʼzolariga eʼlon qilinadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan talabgor tanlovda gʻolib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻolib deb topilgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng koʻp ball toʻplagan talabgorning yoki mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan asoslarga koʻra tanlovda ishtirok etgan talabgorning ballari tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlsa, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ballar teng boʻlib qolganda, tanlov gʻolibi eng koʻp bir xil ball olgan talabgorlar orasidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
(30-band birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng koʻp ovoz olgan talabgor tanlovda gʻolib deb topiladi. Ovozlar takroran teng boʻlib qolsa, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi va u komissiya raisi, masʼul kotibi va tanlovda qatnashgan boshqa komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
(31-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni(roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazish joyi va sanasi, tanlovning boshlanish va yakunlanish vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda hozir boʻlgan talabgorlar va tanlovga kelmagan talabgorlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir talabgor tomonidan olingan bilet raqami va undagi savollar mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan biletdagi savollarga javob bergan yoki javob bera olmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(31-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollar va talabgorning unga bergan javoblari mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash byulletenlaridagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan har bir talabgor tomonidan toʻplangan ballar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi mazkur Nizom talablariga koʻra ovoz berish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa — ovoz berish natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov yakunlari boʻyicha komissiya qarori, shu jumladan tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda komissiya qarori shu kunning oʻzida tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov varaqalari, baholash byulletenlari va mazkur Nizomning 23-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya aʼzolari roʻyxati majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Komissiyaning bayonnomasi bir nusxada tuziladi. Tanlovdan soʻng uch kun ichida bayonnomadan koʻchirma tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun adliya boshqarmasiga yuboriladi. Bayonnoma tanlov boʻyicha yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
(32-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya bayonnomasidan koʻchirma unda ishtirok etgan barcha talabgorlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III1. Talabgordan notarius qasamyodini qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor komissiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga asosan quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322. Talabgor notarius qasamyodi matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hujjat ham komissiya majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
323. Tanlovda gʻolib deb topilgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishi deb hisoblanadi.
(III1 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) muvofiq kiritilgan— OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qabul qilgan qarori adliya boshqarmasi tomonidan tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni adliya boshqarmasi tomonidan notarius lavozimiga tayinlash uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tanlov notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilgan boʻlsa, tanlov gʻolibi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi komissiya bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻolibini notariuslik lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi nusxasi uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Tanlovda ishtirok etishdan yoki notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Talabgor tanlovning har qanday bosqichida, shuningdek notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi qabul qilingunga qadar tanlovda ishtirok etishdan yoki notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun talabgor tegishli adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Ariza kelib tushgan tegishli adliya boshqarmasi bu haqda shu kunning oʻzida Adliya vazirligini xabardor qiladi. Bunday talabgor bir yil davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi.
(35-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi qabul qilingunga qadar notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechsa, tanlovda mazkur talabgordan soʻng eng yuqori ball olgan talabgor komissiya qarori asosida notarius lavozimiga tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq tanlov kuni kelmaganligi sababli tanlovda ishtirok etmagan talabgorlar bir yil davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi, kelmaganlik sababini uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oʻtkazilgan har bir tanlov boʻyicha materiallar ishchi organining alohida yigʻma jildida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar, har bir tanlov boʻyicha yigʻma jildlarga tikilgan holda Adliya vazirligida (doimiy saqlanishi nazarda tutilgan komissiya qarori va bayonnomasidan tashqari) oʻn yil mobaynida saqlanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(VII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________________________________________________________ sababli Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.
Apellatsiya komissiyasi ishchi organi rahbari _____________
______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan __________________ ______________________________________________ notarius lavozimiga
(tanlov oʻtkazilayotgan notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)
oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha ________________________________________ ______________________________________________________sababli hamda
(tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish sa�ablari aniq koʻrsatilishi lozim)
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ___-bandiga muvofiq tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosaga kelindi.
Qayta eʼlon beriladigan tanlovda ishtirok etish uchun takroran hujjatlar topshirishingiz mumkinligi bildiriladi*.
Apellatsiya komissiyasi ishchi organi rahbari _____________
_____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tanlovda ishtirok etish kuni kelmagan yoki tanlovda ishtirok etishdan voz kechgan talabgorlarga yuborilgan xabarnomada mazkur xatboshi yozilmaydi.
(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligining muhri (Tanlov varaqasining har bir varagʻi muhrlangan boʻlishi shart)
__________________________________ notarius lavozimiga tanlov boʻyicha
(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)
(Tanlov varaqasining har bir varagʻida komissiya aʼzolarining va talabgorning imzolari boʻlishi shart)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________________________________
Apellatsiya komissiyasi raisining F.I.O., imzosi
Adliya vazirligining muhri
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi apellatsiya komissiyasining
(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)
oʻtkazilayotgan tanlovda talabgorlarni baholash natijasi
Talabgorning F.I.O.
Ball
Kom�ssiyasi aʼzosi:
______________________ /
______________/
(F.I.O.)
(imzo)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 18.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 332-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Apellatsiya komissiyasi raisining F.I.O., imzosi)
Adliya vazirligining muhri
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi apellatsiya komissiyasining ________________________________ notarius lavozimiga
(notarial okrug va davlat notarial idorasining nomi)
oʻtkazilayotgan tanlovda qatnashgan komissiya aʼzolarining
ROʻYXATI
20__ yil “___” ______________
T/r
F.I.O.
Apellatsiya komissiyasiga kelganligi haqida imzo
Baholash byulletenini olganligi haqida imzo
1.
2.
�
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-sonli bayoni (roʻyxat raqami 1521-1, 08.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 189-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 351-modda, 2010-y., 23-son, 189-modda, 38-son, 332-modda, 46-son, 424-modda)