O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ENERGIYA MANBALARI SARFINI
HISOBGA OLADIGAN ASBOBLAR IShLAB ChIQARIShNI
TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
HISOBGA OLADIGAN ASBOBLAR IShLAB ChIQARIShNI
TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasida energiya manbalari sarfini hisobga oladigan ro‘zg‘or hisoblagichlari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Signal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi gaz sarfini hisobga oladigan asboblar yaratishga oid tajriba-konstruktorlik ishlarini tugallasin, 1994-yilning ikkinchi choragida tajriba namunalarini qabul qilish sinovlarini o‘tkazsin, 1994-yilda seriyali ishlab chiqarishning 10000 donadan iborat birinchi turkumi tayyorlanishini ta’minlasin.
2. “O‘zelektroapparat” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 1994-yilning birinchi choragida elektr sarfini hisoblagichlarning tayyorlanayotgan namunalarini qabul qilish sinovlarini tugallasin, 1994-yil oxirigacha yiliga 50 ming dona mahsulotni seriyali ravishda chiqaradigan ishlab chiqarish quvvatlarini tayyorlab qo‘ysin.
3. Toshkent “Algoritm” ishlab chiqarish birlashmasi 1994-yilda birlashmaning o‘zida tayyorlangan detallar asosida elektr energiyasi sarfini hisobga oladigan asboblar ishlab chiqarishni o‘zlashtirsin. Butlovchi materiallar olib kelinishini hisobga olgan holda 1994-yilda 50 ming dona elektr sarfini hisoblagich tayyorlashini ta’minlasin.
4. “Nita” qo‘shma korxonasi 1994-yilda unumdorlik soatiga 16 kub metrgacha 500 dona gaz sarfini hisobiga oladigan ro‘zg‘or hisoblagichlarni tayyorlash bo‘yicha kichik seriyali ishlab chiqarishni tashkil etsin, unumdorlik soatiga 6 kub metr bo‘lgan hisobga olish asboblarining tajriba turkumi ishlab chiqarilishini ta’minlasin.
5. “Kimyoavtomatika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 1994-yilning birinchi choragida suv sarfini hisobga oladigan asboblarni seriyali ravishda ishlab chiqarishga kirishsin hamda 1994-yilning 11 ming dona ana shunday asboblar ishlab chiqarilishini ta’minlasin.
6. Energiya manbalari sarfini hisobga oladigan asboblarni tayyorlash va sinab ko‘rish ishlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqaradigan quvvatlar barpo etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zsanoatqurilishbank”ka aniq maqsadlar uchun 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan yillik to‘lov sharti bilan 2340 mln so‘m kredit resurslari ajratsin, shu jumladan:
“O‘zelektroapparat” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga elektr sarfini hisoblagichlarni seriyali ravishda ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni tayyorlash uchun 710 mln so‘m;
Toshkent “Algoritm” ishlab-chiqarish birlashmasiga elektr sarfini hisoblagichlarni ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni barpo etish uchun 550 mln so‘m;
“Rele va avtomatika” zavodiga — Fransiyaning “Shlyumberje Industri” firmasi litsenziyasi bo‘yicha gaz sarfini hisobga oladigan asboblar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni tayyorlash uchun 580 mln so‘m;
“Signal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga — gaz sarfini hisobga oladigan asboblar yaratish va ularni tekshirib ko‘radigan moslamalar yaratishga doir tajriba-konstruktorlik ishlarini tugallash uchun 110 mln so‘m;
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”ning “Maxsustuzatishsozlash” respublika ishlab chiqarish birlashmasiga — gaz sarfini hisobga oladigan ro‘zg‘or hisoblagichlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 200 mln so‘m;
“Nita” qo‘shma korxonasiga membrana hamda va gaz sarfini hisoblagichlarning boshqa detallarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida press-qolip tayyorlash uchun 40 mln so‘m;
“Kimyoavtomatika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga — sovuq suv sarfini hisoblagichlarni seriyali ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 150 mln so‘m ajratsin.
7. “O‘zdavkimyo” konserni, “O‘zdavmashkonsern”, “O‘zdavqishloqxo‘jalikmash” konserni manbalari sarfini hisobga oladigan asboblar tayyorlashda qatnashuvchi korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha detallar, jihozlar va nostandart asbob-uskunalar tayyorlashda kooperatsiya asosida ishtirok etsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning faoliyat turlari bo‘yicha tarmoq o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 13-dekabr,
599-son