Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.1994 19.11.1993 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.1994
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA KORXONALARI, TAShKILOTLARI VA MUASSASALARIDAN PUL TUShUMI TUShIShINING AHVOLI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BO‘YIChA KEChIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-iyundagi 331-son “Respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan pul tushumi tushishi ustidan nazoratni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida baravar to‘lov vositasi sifatida “So‘m-Kuponlar”ni muomalaga kiritish to‘g‘risida” 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qaroriga muvofiq hamda tovarlar sotganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik uchun muvofiq ravishda “So‘m-Kuponlar”da va rubllardagi tushumlarning o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishini tezkorlik bilan nazorat qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Markaziy bankning tuman, shahar muassasalari huzurida tovar sotishdan va pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan pul tushumlari tushishining ahvolini nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar tuzish hamda ushbu komissiyalar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Soliq bosh boshqarmasining vakolatli va bilimdon vakillarini kiritish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi vazifalarni hal etish ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qilib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning tuman, shahar muassasalari bilan birgalikda tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi har qaysi korxona, muassasa va tashkilotdan “So‘m-Kuponlar” va rubllarda tushgan tushumlarning har kuni inkassatsiya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shaharning inkassatsiya qilinadigan har qaysi korxonasi, muassasasi va tashkilotidan “So‘m-Kuponlar”da va rubllarda tushgan tushumlarni tezkorlik bilan hisobga olish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkassatsiya qilinadigan har qaysi obyektdan—do‘kondan, savdo markazidan, xizmat ko‘rsatish sohasi korxonasidan har kuni tushadigan tushum summasini ularning 10—15 kun oldin har kuni topshirgan tushum summasi bilan qiyoslab tahlil qilishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tushgan tushumni qabul qilib olish yoki rad etish mumkinligi, shuningdek, sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning taqdim etilgan summaga muvofiq kelishini tezkorlik bilan tekshirib ko‘rish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tushumlarni inkassatsiya qilishning belgilangan tartibini buzish hollari aniqlangan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ish tartibi 1993-yil 19-noyabrdan boshlab joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbekiston” uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv”, chakana va savdo tarmoqlariga ega bo‘lgan, shuningdek, aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu qaror talablarining qat’iy bajarilishini hamda tuzilgan komissiyalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga amaliy yordam berishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Respublika komissiyasi raisi o‘rtoq A. M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
561-son