12.12.1994 yildagi 595-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.12.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYINING NIZOMINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyining Nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
595-son

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
12-dekabrdagi 595-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NI3OMI

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekiston tarixi muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-apreldagi 203-son qaroriga muvofiq mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasa sifatida tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 402-son qaroriga binoan muzeyga Davlat muzeyi maqomi berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, toʻrt burchakli shtampga, blankga, oʻz mustaqil balansiga, davlat bankida hisob-kitob schyoti ochish, shu jumladan valyutada, huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi xodimlari mehnatiga haq toʻlash Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari mehnatiga toʻlanadigan haqqa tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yoʻnalishi, mavzu-ekspozitsiya rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan belgilanadi va Davlat muzeyi ekspert kengashida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeyning faoliyati ijtimoiy fanlar sohalari boʻyicha belgilangan istiqboldagi va yillik ish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustaviga, qarorlari za farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyining ilmiy-tadqiqot va moddiy-texnikaviy bazasi mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklar, bino va qurilmalardan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeyning pul mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjetidan beriladigan mablagʻlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish chiptalari sotishdan tushadigan mablagʻlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan korxona va muassasalar hamda alohida shaxslar tomonidan begʻaraz beriladigan hayriya mablagʻlaridan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyining asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan belgilanadi va muzey huzuridagi ekspertlar kengashi tasdiqlaydigan muzey faoliyatining bosh yoʻnalishi va mavzu-ekspozitsiya rejalaridan kelib chiqadi hamda quyidagilardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy, madaniy, maʼrifiy fanlarning yetakchi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kishilik jamiyatining paydo boʻlishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi ilmiy bilimlarning dastlabki (birlamchi) manbalari boʻlgan maʼnaviy va moddiy madaniyat, tarixiy yodgorliklar kolleksiyalarini toʻplash, butlash (qayta taʼmirlash), ularni ilmiy asosda oʻrganishda jahon fani yutuqlaridan foydalanish, umumlashtirish, amaliyotga tatbiq etishga koʻmaklashish, kolleksiyalar hisobini olib borish, saqlanishini taʼminlash, ilmiy sharh berish, ularni amaldagi mavjud yoʻriqnomalar va uslubiy qoʻllanmalar talabiga muvofiq hujjatlashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qadimiy tarixiy yodgorliklarni qidirish, toʻplash va ularni oʻrganish maqsadida boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ekspeditsiyalar tashkil etish va ularda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek xalqining qadimgi davrdan to shu kungacha boʻlgan tarixiy taraqqiyot yoʻlini, jahon fani va madaniyatiga qoʻshgan ulkan hissasini koʻrsatib beradigan asl hujjatlar, qoʻlyozmalar, moddiy-maʼnaviy yodgorlik va topilmalar asosida oʻzbek xalqi tarixini yorituvchi doimiy hamda vaqtinchalik ekspozitsiyalar va koʻchma koʻrgazmalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey xazinasi va koʻrgazma zallarini keng xalq ommasi qoʻlidagi va boshqa muassasalardagi xalqimiz tarixiga oid yodgorliklar, zebi-ziynat buyumlari hisobiga boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey koʻrgazma zallarining kengaytirilgan istiqbol mavzu-ekspozitsion rejalarini ishlab chiqish, bezatish loyihasini tuzish va uni amalda bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey koʻrgazma zallaridagi eksponatlar orqali xalqni tarix bunyodkori va moddiy-maʼnaviy boyliklarni yaratuvchi sifatida koʻrsatish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixni yoritish, tarixiy shaxslar faoliyatiga baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy mavzu-ekspozitsiya va xazinadagi mavjud hujjatlar, yodgorliklar, ilmiy kartotekalar, kataloglar va ekspeditsiyalar boʻyicha ilmiy hisobotlar tayyorlash va shu asosda monografiyalar, albomlar, kitoblar nashr etish, matbuotda maqolalar chop etish, radio va televideniye orqali oʻzbek xalqining tarixiga oid maʼlumotlarni ashyoviy dalillar orqali keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman va xalq muzeylariga muzeyshunoslik masalalarida amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning ilmiy muassasa va muzeylari bilan hamkorlik qilishning turli shakllarini yoʻlga qoʻyish, ish tajribasi oʻrganish uchun xodimlarni xorijiy mamlakatlarga yuborish va ularning xodimlarini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan ilmiy muammolar, vazifalar yoki mavzular boʻyicha xalqaro, respublika ilmiy anjumanlari va mashgʻulotlar tashkil etish hamda xorijiy mamlakatlarda muzeyshunoslik mavzusida oʻtkaziladigan xalqaro anjumanlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xodimlar tarkibini isteʼdodli olimlar, yosh ilmiy kuchlar bilan doimo toʻldirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey koʻrgazmalari boʻyicha sayohatlar, maʼruzalar tashkil etish oʻquv yurtlarining dasturlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish, muzeyga keluvchilarning olimlar, tarixiy voqealarning ishtirokchilari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyga keluvchilarga umumiy tartibda xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlariga belgilangan tartibda mustaqil egalik qilish, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy taraqqiyot, moddiy ragʻbatlantirish fondlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya, operativ va statistika hisobi va hisoboti yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi va Ustaviga, ushbu Nizomga asosan ilmiy xodimlarning boʻsh lavozimlariga belgilangan tartibda tanlovlar oʻtkazish, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish asosida mehnat munosabatlari oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat haqidagi qonunlarga, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, davlat ijtimoiy sugʻurtasi, mehnat intizomi qoidalari va meʼyorlariga rioya qilinishini taʼminlash, mehnatni tashkil etishni tobora takomillashtirish, shuningdek oʻz hisobida turgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Muzeyning tuzilishi va boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi tarkibida ilmiy-tadqiqot va maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimlari hamda yordamchi boʻlinmalar tashkil etiladi Muzeyning ilmiy, ekspozitsion masalalarini hal etish uchun ilmiy kengash tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy kengash tarkibiga qoida boʻyicha direktor (kengash raisi), uning fan boʻyicha oʻrinbosari, ilmiy kotib, boʻlim mudirlari, shuningdek yetakchi ilmiy xodimlar, respublikadagi boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlarining vakillari kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy kengashning shaxsiy tarkibi muzey direktorining taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarix, tilshunoslik, adabiyotshunoslik boʻlimi byurosining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey direktori Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Rayosati tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey direktori muzeyning butun faoliyati uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi va Ustaviga, ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Rayosati oldida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U davlat idoralarida, muassasalarda, xoʻjalik va jamoat tashkilotlarida muzey faoliyatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan va umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, bosh buxgalter direktorning taqdimnomasiga koʻra Fanlar akademiyasi Rayosatining Byurosi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyining shtatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeyning tarkibiy tuzilishi va xodimlari soni muzey faoliyatining bosh yoʻnalishi va unga ajratilgan ish haqi fondi doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey xodimlari shtati bajariladigan vazifalarning xususiyati va hajmini hisobga olgan holda boʻlim mudirlari, katta ilmiy xodimlar, ilmiy xodimlar, kichik ilmiy xodimlar, lektor-ekskursovodlar, kutubxona mudiri, xazinaxona mudiri, muhandis va mussavvirlar guruhi, boshqa yordamchi shtatlardan iborat boʻladi Xodimlarni boʻsh lavozimlarga qabul qilish va ulardan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, boshqa normativ hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi va Ustaviga, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Muzeyning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeyning huquqlari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ish rejalarini ishlab chiqish va ularning mavzu-ekspozitsiyasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, qadimiy tarixiy yodgorliklarni oʻrganish va mavzu-ekspozitsiyalar tashkil qilish, ularni bezash uchun chetdan olimlar, musavvirlar va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning hamda MDH va xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va muzeylari bilan birgalikda tijorat asosida tadqiqotlar va koʻrgazmalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyga tashrif buyuruvchilarning kirish haqi (chipta puli) dan, ekskursiyalar tashkil etishdan, nashrlarni, koʻrgazma zallaridagi va xazinaxonadagi tarixiy noyob yodgorliklarni va hujjatlarning suratga olingan nusxalarini sotishdan va boshqa xizmat koʻrsatishlardan tushgan mablagʻlardan maxsus jamgʻarmalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan firmalar, qoʻshma korxonalar, xoʻjalik hisobidagi kichik korxonalar tuzish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey maxsus tashkil etilgan jamgʻarmalardan keng xalq ommasi qoʻlidagi noyob tarixiy buyumlarni sotib olishda, ularni qayta taʼmirlashda va muzey xodimlarini ragʻbatlantirishda foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Muzey faoliyatini tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Rayosati qabul qilgan qarorlar asosida tugatiladi.