Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.08.1993 yildagi 434-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 30.08.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA KAM QAVATLI UY-JOY-XOʻJALIK OBYEKTLARI QURIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizning iqlim sharoitlariga mos keladigan kam qavatli xizmat binolari va uy-joylarga boʻlgan ehtiyojlarning oʻsib borayotganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Toshkenttiklanish” davlat-kooperativ qurilish birlashmasi “Toshkentqurilish” davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi ixtiyoriga berilsin va uning negizida tarkibiga ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlar kirgan “Toshxorijiyqurilish” davlat-aksionerlik qurilish birlashmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi yangi tashkil etilgan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasini yetishmagan zarur ishlab chiqarish boʻlinmalari bilan toʻldirishni, mashinalar, mexanizmlar va asbob-uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Toshkentqurilish” korporatsiyasi va “Toshxorijiyqurilish” birlashmasi bilan birgalikda 1993-1994-yillarda amaldagi qonun hujjatlariga binoan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasi tarkibiy boʻlinmalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Aksiyalarning davlatga qarashli ulushi 51 foiz miqdorida belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, yangi tashkil etilgan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasining boshligʻi “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi. Qoʻshimcha ravishda “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Toshxorijiyqurilish” zimmasiga Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik servis xizmatining, yuridik shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslarning buyurtmalariga binoan mebel bilan jihozlangan kam qavatli uy-joy-xoʻjalik obyektlarini loyihalash va foydalanishga tayyor holda qurish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish buyurtmachilar mablagʻlari, Diplomatik servis xizmatining oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobiga amalga oshirilsin. Mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar Diplomatik servis xizmatini uning 1994-1995-yillarga hisob-kitobiga muvofiq hajmlardagi kredit resurslari bilan taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga keyinchalik markazlashtirilgan tartibda “Toshkentqurilish” korporatsiyasining “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga aylanma mablagʻlarini koʻpaytirishga belgilangan tartibga muvofiq ikki yil muddatga berish uchun Moliya vazirligiga 2 mlrd soʻm miqdorida 5 foizli maqsadli kredit ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshxorijiyqurilish” birlashmasi uchun 1993-1994-yillarda daromad soligʻi stavkasi 12 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligining qurilish uchun berilgan uchastkalar hamda ularning “Toshxorijiyqurilish” birlashmasining buyurtmalari boʻyicha tezkorlik bilan ajratilishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.“Oʻzqurilishmateriallari” konserni, “Oʻzmetallkonsern”, “Toshkentqurilish”, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyalari, “Oʻzboshyogʻochqurilish” boshqarmasi, “Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmalari texnik hujjatlarga muvofiq birlashmaga oʻz nomenklaturalariga birkitilgan metall prokati va trubalarni, yuqori sifatli materiallar, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va yogʻochning qattiq turlaridan tayyorlangan parket, yoritish priborlari, sanfayans, poyandoz qoplamalarni yetkazib berish va sotishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda xorijiy fuqaroligi boʻlgan jismoniy shaxslarga va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ofislarni va uy-joylarni mulk qilib sotish yoki ijaraga berish tartibini va shartlarini ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi respublikada roʻyxatga olingan xorijiy vakolatxonalar va firmalarning diplomatik va boshqa vositalari orqali respublika Hukumatining ushbu masala boʻyicha qarorini keng reklama qilsin hamda qayd etilgan obyektlarni qurishga yakka tartibdagi buyurtmalarni koʻpaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
434-son