Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.1999 26.07.1993 yildagi 374-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.1999
Hujjat 11.03.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROSSIYA MARKAZIY BANKINING 1961—1992 YILLAR NAMUNASIDAGI SSSR DAVLAT XAZINA BILETLARINI, SSSR DAVLAT BANKI BILETLARINI VA ROSSIYA BANKI BANKNOTLARINI MUOMALADAN ChIQARISh HAMDA ROSSIYA BANKINING 1993 YIL NAMUNASIDAGI BANKNOTLARINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDAGI QARORI BILAN BOGʻLIQ ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-son “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Rossiya Markaziy banki 1961—1992-yillar namunasidagi SSSR davlat xazina biletlarini, SSSR Davlat banki biletlarini va Rossiya bankining banknotlarini 1993-yil 26-iyuldan boshlab muomaladan chiqarishga qaror qilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu masala boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining xabari va Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Bayonoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublikada 1961—1992-yillar namunasidagi pul biletlarini olib qoʻyish va Rossiya bankining 1993-yil namunasidagi banknotlarini joriy etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun respublika hukumat komissiyasi ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli komissiyalarni tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzjamgʻarmabank”, boshqa tijorat banklari, Aloqa vazirligi 1993-yil 26-iyuldan boshlab sobiq SSR Ittifoqi mamlakatlaridan 1961—1992-yillar namunasidagi SSSR davlat xazina biletlarini, SSSR Davlat bankining biletlarini va Rossiya bankining biletlarini toʻlovlarning barcha turlari uchun qabul qilib olishni toʻxtatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmalar bankining hududiy organlari omonatlarni yashash joyi boʻyicha pasportda propiska toʻgʻrisida belgi mavjud boʻlgan taqdirda faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan qabul qilishni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 1993-yil 30-iyulgacha Rossiya bankining 1993-yilda chiqarilgan namunadagi naqd pul belgilarini olib kelishni va 1993-yil 8-avgustgacha ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va boshqa xildagi oylik toʻlovlarni toʻlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Rossiya bankining 1993-yilda chiqarilgan zarur banknotlarining Rossiya Federatsiyasidan belgilangan joygacha xavfsiz va oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi (Usmonov), Oʻzbekbirlashuv (Volkov), savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat, xoʻjalik, madaniy, sport tovarlarini va boshqa nooziq-ovqat tovarlarni sotuvchi doʻkonlar va boʻlimlarda shu yilning 26-iyulidan boshlab qayta hisoblashni tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tizimlarining ulgurji boʻgʻinlarida tovar resurslarini toʻplash boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi tegishli vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan birgalikda 1961—1992-yillar namunasidagi pul belgilarini Rossiya bankining 1993-yil namunasidagi banknotlariga almashtirish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bir hafta muddatda respublika hukumatiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-dekabrdagi 611-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 129-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K. N. Toʻlaganov tramvayda, trolleybusda, avtobusda, metroda va shahar atrofida qatnaydigan transportda (taksidan tashqari) yurish uchun haq toʻlashning vaqtinchalik jeton tizimini ishlab chiqishni va uni joriy qilishni shu yilning 10-avgustigacha taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 26-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
374-son