Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA, MARKAZIY BANKIDA VA TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKIDA KONSULTANTLAR LAVOZIMINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. Moliya vaziriga Markaziy bank Boshqaruvi raisiga va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisiga shtat jadvaliga 3 nafardan konsultant lavozimini kiritishga ruxsat berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, qayd etib oʻtilgan lavozimlarga, odatda, tajribali iqtisodiyotchilardan, moliyachilardan va bank muassasalarining amaliyotchi xodimlari sirasidan boʻlgan chet ellik mutaxassislar taklif etiladi.
Vazirlik va banklarning rahbarlariga konsultantlar mehnatiga shartnoma asosida haq toʻlashga, zarur hollarda esa valyuta bilan ham haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-iyul,
332-son