Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.09.2003 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIGA LINGAFON ASBOB-USKUNALARI YETKAZIB BERISH UCHUN YAPONIYA HUKUMATINING MADANIYAT SOHASIDAGI BEG‘ARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat chet tillar institutiga lingafon asbob-uskunalari yetkazib berish uchun Yaponiya Hukumatining madaniyat sohasidagi 24,7 mln Yaponiya yeni miqdoridagi beg‘araz yordamidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M.G‘aniyev Ayirboshlash notalarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda beg‘araz yordamni olish uchun barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuqorida ko‘rsatilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob yuzasidan xizmat ko‘rsatish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Beg‘araz yordam doirasida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan asbob-uskunalar barcha soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yig‘imlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi Yaponiyalik mutaxassislarni davlat boji undirmasdan yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazsin va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400-son