Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008 09.12.1992 yildagi 742-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PATTA TOʻLOVI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Patta haqi toʻlovchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar, yarmarkalar va oldi-sotdi qilish uchun maxsus belgilangan boshqa joylarda mollar, buyumlar va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotayotgan jismoniy shaxslar patta haqi toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Patta toʻlovi olish obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patta toʻlovi oldi-sotdi qilishga ajratilgan har bir joy uchun, savdo qilingan har bir kun yoki har bir mol, buyum, har bosh chorva mol uchun olinadi. Agar oldi-sotdi qilish uchun ajratilgan joy uchun ijara shartnomasiga koʻra ijara haqi toʻlansa, u holda patta toʻlovi ijara qiymatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Patta toʻlovi olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patta toʻlovi har bir toʻlovchidan naqd pul olib, unga patta qogʻozi berish yoʻli bilan undiriladi. Patta qogʻozini boshqa toʻlovchilarga berish man etiladi. Patta toʻlovi bozorlar, yarmarkalar va oldi-sotdi uchun maxsus ajratilgan boshqa joylar xodimlari tomonidan yigʻiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Patta toʻlovi miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patta toʻlovi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Patta haqini toʻlovchi hamda oluvchi idoralarning vazifalari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mollar, buyumlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotini bozorlar, yarmarkalar yoki oldi-sotdi qilish uchun ajratilgan boshqa maxsus joylarda patta haqi toʻlamasdan sotish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar, yarmarkalar hamda mollar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotish uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarning maʼmuriyati patta haqi toʻgʻri va oʻz vaqtida undirilishiga rioya qilishi shart. Patta toʻlovidan tushgan mablagʻ budjetga har oyda bir marta, lekin hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirilmay oʻtkaziladi. Patta toʻlovidan tushgan mablagʻni oʻz vaqtida budjetga oʻtkazmaganlik uchun har bir kechiktirilgan kun hisobidan 0,5 foiz miqdorda jarima undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Patta toʻlovidan tushgan mablagʻdan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patta toʻlovi mablagʻlaridan foydalanishning tartibi har yili xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilanadi, lekin shu mablagʻning kamida yarmi bozor, yarmarka yoki mollar, buyumlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish uchun maxsus ajratilgan joylardan foydalanish huquqiga ega boshqa tashkilot tasarrufida qolishi sharti bilan.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patta toʻlovining qolgan qismi mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Patta toʻlovi toʻgʻri undirilishi ustidan nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patta toʻlovi toʻgʻri undirilishini davlat soliq idoralari nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Qonunni qoʻllanishga doir yoʻriqnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunni qoʻllanishga doir yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan chiqariladi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
742-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 25-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)