Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011 26.12.1994 yildagi 621-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
Hujjat 19.05.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARNI AMALGA OShIRIShDA NAZORAT-KASSA MAShINALARINI MAJBURIY QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar va xizmatlar haqi sifatida aholidan tushadigan naqd pul mablagʻlarini qabul qilish hamda hisobga olishni tartibga solish, pul muomalasini mustahkamlash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1995-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, 1995-yilning 1-iyulgacha nazorat-kassa mashinalari oʻrnatmagan mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining faoliyatlari toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yilning 1-yanvaridan boshlab kassa mashinalariga ega boʻlmagan yohud roʻyxatga olish paytida Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritilmagan nazorat-kassa mashinalariga ega boʻlgan yangidan tashkil etilgan savdo korxonalari va tashkilotlarini roʻyxatga olish taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga koʻra savdo korxonalari, tashkilotlari, muassasalarining ayrim toifalariga joriy etilmaydi. Bular oʻz faoliyatlari xususiyatiga qarab aholi bilan hisob-kitobni nazorat-kassa mashinalarisiz amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, turgʻun savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-dekabrdagi 575-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi oʻn kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati xususiyatiga koʻra aholi bilan hisob-kitoblarini nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan savdo korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining alohida toifalari roʻyxatini aniqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nazorat-kassa mashinalari joriy etish boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasi tarkibi hamda “Nazorat-kassa mashinalarini joriy etish boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasi toʻgʻrisida Nizom” 1* va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga yoʻl qoʻyiladigan nazorat-kassa mashinalarining modeli Nazorat-kassa mashinalari boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritiladi, soʻngra matbuotda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining nazorat-kassa mashinalarining 1995-yildan boshlab “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosqichma-bosqich ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki butlovchi, texnologiya va nazorat-sinash asbob-uskunalarini xorijiy firmalardan sotib olish uchun “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslashlar boʻyicha belgilangan tartibda kredit ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha mintaqaviy markazlar va shoxobchalar barpo etishni, ushbu shoxobchalarning tashkil qilinish va faoliyat koʻrsatishini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va chiqarishni 1995-yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati koʻrsatuvchi mintaqaviy markazlar va punktlarni barpo etishda yordam koʻrsatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-kassa mashinalariga ega boʻlmagan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritilmagan aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yangi tashkil etilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Savdo qilishda va xizmatlar koʻrsatishda nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar hisob-kitob schyotidan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida huquq buzish takroran sodir etilganda esa eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida, undan undirilgan summa budjet daromadiga oʻtkazilgan holda jarima undiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 15 bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. S. Hamidov, Y. F. Paygin va M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qaroriga muvofiq 9 va 10-bandlarga oʻzgartirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
621-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-dekabrdagi
621-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida nazorat-kassa mashinalarini joriy etish boʻyicha davlat idoralararo komissiya toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasida nazorat-kassa mashinalarini joriy etish boʻyicha davlat idoralararo komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishlari va farmonlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Davlat idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan qoʻllashga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalariga nisbatan texnikaviy talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qoʻllashga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalari modellarini Davlat reyestri tarzida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qoʻllashga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestrini shakllantirish, joriy etish va unga doimo tuzatishlar kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikani nazorat-kassa mashinalari bilan taʼminlash, nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda aholi bilan pul hisob-kitoblari tizimining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasini va innovatsiya dasturini ishlab chiqish hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-kassa mashinalarini respublikadagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi uchun ularning modellarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar koʻrsatish sohasini nazorat-kassa mashinalari bilan taʼminlash va ulardan foydalanishga doir idoralararo masalalarni hal etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat idoralararo komissiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi korxonalarining nazorat-kassa mashinalarini qoʻllagan holda aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, joriy etish va faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha vazirliklar va idoralararo, hokimliklar va korxonalar ishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-kassa mashinalariga nisbatan respublikada amalda boʻlgan texnikaviy talablarga muvofiq ularni sinab koʻrishni va ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-kassa mashinalarining yangi modellarini Davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida talabnomalarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi hamda maʼnaviy eskirgan va talablarga nomuvofiq boʻlgan nazorat-kassa mashinalari uchun mumkin boʻlgan foydalanish muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli idoralarning nazorat-kassa mashinalarini joriy etish, ularning ishlash imkoniyatini qoʻllab-quvvatlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilishiga taalluqli boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi korxonalarida nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan nazoratni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi korxonalarida nazorat-kassa mashinalarini joriy qilishga va ulardan foydalanishga doir barcha zarur axborotlarni respublika Hukumatiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat idoralararo komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va korxonalardan Davlat idoralararo komissiyasining huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborotni talab qilish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlarining nazorat-kassa mashinalarini joriy etish hamda ishlatish masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada nazorat-kassa mashinalari bilan taʼminlash, ularni joriy etish va ishlatish masalalari boʻyicha respublika vazirliklari, idoralari, hokimliklari va korxonalari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda ishchi guruhlar, vaqtinchalik mehnat jamoalari tuzish va ularning ishida qatnashish uchun vazirliklar, idoralar, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat idoralararo komissiyasi tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekbirlashuv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmaishiyxizmat uyushmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank vakillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat idoralararo komissiyasining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat idoralararo komissiyasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya ishlarini tashkil etadi va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya faoliyat hamda respublikada nazorat-kassa mashinalari bilan taʼminlash, ularni joriy etish va ishlatishga doir ishlarning ahvoli toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat idoralararo komissiyasi oʻz ishlarini uning raisi tomonidan tasdiqlangan rejalarga muvofiq tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat idoralararo komissiyasi majlisini uning raisi, u boʻlmagan vaqtda esa oʻrinbosari oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralararo komissiyasining majlisi bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi. Davlat idoralararo komissiyasining majlis bayonnomalari va uning faoliyatiga oid boshqa axborotlar majlis oʻtkazilgandan keyin 5 kun mobaynida, materiallarni joʻnatish yoʻli bilan, komissiya aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar va shaxslarga maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.