Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2009 01.12.1993 yildagi 580-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2009
Hujjat 01.12.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK BOSh BOShQARMALARI, ShAHAR (TUMAN) ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK BOʻLIMLARINING NAMUNAVIY NIZOMLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-noyabrdagi 294-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari hamda shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Nizomi hamda viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari, shahar (tuman) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlarining namunaviy nizomlari tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
580-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qoʻmitasi* Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Qoʻmitaning bosh vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va qurilish sohasida yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik, arxitektura, loyihalash va qurilish faoliyatining normativ-huquqiy asoslarini, davlat normalari va standartlari tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika shaharlari va aholi yashaydigan joylarini rejalashtirish va u yerlarda imorat qurishning davlat va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish, shaharlar va aholi yashaydigan joylarda imorat qurishning arxitektura-rejalashtirish va arxitektura-badiiy sifatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura, qurilish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish sohalarida fanni rivojlantirish, qayd etilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish, fan va ilgʻor tajriba yutuqlarini loyihalash va qurilishga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash va qidiruv tashkilotlari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish, ular ishining samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashda, qurilishda va binokorlik materiallari ishlab chiqarishda davlat shaharsozlik intizomiga, normalar va standartlarga rioya qilinishini nazorat qilish, uy-joy-xoʻjalik va ishlab chiqarish maqsadlaridagi qurilishning sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari bilan kelishgan holda qurilishda narx belgilash masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura, shaharsozlik, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar, muhandislik asbob-uskunalari boʻyicha smeta normalarini, respublika standartlari va qurilish normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, noshirlik faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalarining hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining, ularga qarashli tashkilotlarning arxitektura va qurilishga doir qonun hujjatlariga zid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarining amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat investitsiyalari hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda hamda konstruksiyalar va detallarni ishlab chiqarishda rioya etilishi majburiy boʻlgan asosiy qurilish materiallari sarfi normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy loyiha yechimlarini, koʻp marta qoʻllaniladigan uy-joy va jamoat binolarining aniq manzilli, mintaqaviy va tajriba loyihalarini, qurilish konstruksiyalari va buyumlarining kataloglari va roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlarga loyihalash, muhandislik qidiruvlari, ekspertiza oʻtkazish, qurilish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikatlar va litsenziyalar berish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega boʻlmagan tashkilotlarni mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatish haqida bank muassasalarini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning hamda qurilish industriyasi va binokorlik materiallari sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, zarur loyiha-smeta hujjatlarisiz, tasdiqlangan loyihalardan chetga chiqqan holda, qurilish normalari, qoidalari, standartlari talablari hamda loyihalash va qurilishdagi texnikaviy shartlar buzilgan holda amalga oshirilayotgan qurilishni toʻxtatib qoʻyish, mahsulotlar ishlab chiqarishni taqiqlash, belgilangan tartibda moliyaviy jazolar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat komissiyalari tomonidan respublika hududida foydalanishga topshiriladigan obyektlarni qabul qilib olish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qoida buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni prokuraturaga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatsiyalashda, qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini jihozlash uchun asbob-uskunalar sotib olish masalalarini hal etishda hamda chet el firmalari tomonidan obyektlar qurish uchun kontraktlar tuzishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishni standartlashtirish va sertifikatsiyalash masalalari boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, konsernlar, korporatsiyalar va boshqa tashkilotlarning belgilangan tartibda ular tomonidan tasdiqlanadigan reja loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruv organlari bilan birgalikda qurilishda va loyihalashda normal raqobat shart-sharoitlarini yaratishga yoʻnaltirilgan monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi loyiha, shaharsozlik va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning texnikaviy darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, resurslarni tejash, qurilish ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni rivojlantirish, qurilishda ishlar sifatini oshirish, qurilishda materiallar va mehnat sarfini kamaytirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika qurilish kompleksida ishlarning ahvolini kompleks texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish, ularning rivojlanish tamoyillarini oʻrganish va qonuniyatlarini umumlashtirish, qurilish mahsulotlariga narx belgilash siyosatini oʻrganish va ularning istiqbolini belgilash, loyihalash va qurilishni boshqarishning iqtisodiy mexanizmi va tashkiliy tuzilmalari shakl va uslublarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya faoliyatida davlat siyosatini shakllantirish va roʻyobga chiqarishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, ilmiy hamkorlikni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻmita oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlikda, loyihalashda, qurilishda, investitsiyalashda, meʼyorlashtirishda, standartlashtirishda va narx belgilashda yagona ilmiy va texnika siyosati oʻtkazilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qurilishda, qurilish industriyasida va binokorlik materiallari sanoatida ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura, shaharsozlik, xoʻjalik va sanoat qurilishini, shaharlar va aholi yashaydigan joylarda imorat qurishning arxitektura-badiiy sifatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari .bilan birgalikda istiqbolni belgilash davriga respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish davlat dasturlari va tamoyillarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman rejalashtirish sxemalari va loyihalari, shaharlar va aholi yashaydigan boshqa joylarning bosh rejalari, boshqa rejalashtirish hujjatlari, muhofaza etiladigan tegralar va hududlarni xavfli geologik jarayonlardan himoya qilish sxemalari, seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlik, investitsiya faoliyati, qurilishning iqtisodiy mexanizmi sohasida Oʻzbekiston Respublikasining qonun va normativ hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasida fanni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi, yangi istiqbolli qurilish materiallari, konstruksiyalar va texnologiyalar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda respublika qurilish kompleksida iqtisodiy siyosatning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, arxitektura, qurilish, shaharsozlik qurilish industriyasi, binokorlik materiallari sanoati sohasida maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlarni va ularni roʻyobga chiqarishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari bilan respublika davlat nazorat organlari oʻrtasida loyiha yechimlari boʻyicha kelib chiqqan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha uzil-kesil qarorlar chiqaradi yoki tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish va tartibga solishga doir takliflarni ishlab chiqadi, respublika qurilish kompleksining iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, oʻrganish va umumlashtirish asosida boshqarishning iqtisodiy mexanizmlaridan foydalangan holda ilgʻor ilmiy ishlanmalarni qurilish kompleksiga va binokorlik materiallari sanoatiga joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan loyiha yechimlariga rioya qilinishi hamda qurilish va qurilish industriyasining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq respublika hududida amalga oshirilayotgan loyiha, qurilish va ekspert faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaning tabiiy-iqlim, demografik milliy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda respublika va mintaqaviy qurilish normalari va qoidalarini, standartlarni, shuningdek uy-joylar va jamoat binolarining hududiy va tajriba loyihalarini, yangi namunaviy loyiha yechimlarini ishlab chiqadi va amalga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada loyiha-smeta ishlarini yanada takomillashtirish ishlarini olib boradi, loyihalashtirishga respublika hududida joylashgan hamda uy-joylar, jamoat va ishlab chiqarish maqsadlaridagi binolarni va inshootlarni qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish uchun loyihalash va muhandislik qidiruvlarini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni idoradan tashqari ekspertiza qilish organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, loyiha-shaharsozlik va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertiza qilinishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlik, loyihalash va qurilish sohasida ilmiy-texnika axborotini, fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini targʻib qilishni, koʻrgazmalar, seminarlar, ilgʻor tajriba maktablarini oʻtkazishni, ilmiy-texnika adabiyoti, normativ hujjatlar va standartlarni nashr etishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va qurilish, binokorlik materiallari sanoati masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-texnika va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoʻmitaga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va qurilish sohasida muhim xalq xoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish. Materiallarni ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, texnologiya, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek alohida olimlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, konsernlar va uyushmalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, loyihalash qidiruv, qurilish tashkilotlarida va korxonalarda ilmiy tadqiqot dasturlari bajarilishini, loyihalash va qurilishning texnik darajasini, ishlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalash ishlari tashkil etilishini, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarilayotgan qurilish konstruksiyalari, buyumlar va materiallar sifatini, shuningdek qurilish texnikasidan foydalanish samaradorligini tekshirishni belgilangan tartibda oʻtkazish, vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari va ularga qarashli tashkilotlar rahbarlarining ushbu masalalar boʻyicha axborotlari va xabarlarini eshitish, qayd etib oʻtilgan tekshirishlar, axborotlar va xabarlar natijalari boʻyicha qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan statistika axborotini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologiyalar va arxitektura-loyiha yechimlarini tajribada tekshirib koʻrish va joriy etish uchun Qoʻmita huzurida xoʻjalik hisobidagi korxonalar, tashkilotlar va uyushmalar tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻmita kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan yagona texnika siyosati oʻtkazilishi, shaharsozlik, shaharlar va aholi yashaydigan joylarning arxitektura qiyofasi yaxshilanishi, loyiha-smeta ishlari takomillashtirilishi, loyihalash va qurilish bilan bogʻliq boʻlgan fanning rivojlantirilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan hujjatlarining barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan qoʻshma normativ hujjatlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita raisining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlari boʻladi. Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlashni Qoʻmita raisi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoʻmita raisi “Davarxitektqurilish”ga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Qoʻmita faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilishda rais oʻrinbosarlarining, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoʻmitada rais (hayʼat raisi) va lavozimlari boʻyicha rais oʻrinbosarlari hamda Qoʻmitaning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Qoʻmita hayʼati aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoʻmita hayʼati oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida arxitektura va qurilish sohasida arxitektura va shaharsozlik darajasini oshirishga, kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, qurilishni takomillashtirishga qaratilgan yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazishning asosiy masalalarini hamda Qoʻmita faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi, Qoʻmita tizimidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim buyruqlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini muhokama qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat qarorlari Qoʻmita raisining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi, Rais bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilgan holda oʻz qarorini hayotga joriy etadi, hayʼat aʼzolari esa, oʻz navbatida, oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoʻmitada arxitektura, shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyotining muammolarini hal etishning eng maqbul yoʻllarini koʻrib chiqish va izlanish uchun ilmiy-texnika kengashi tuziladi. Ilmiy-texnika kengashiga Qoʻmita raisi boshchilik qiladi. Kengashning shaxsiy tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, konsernlar, uyushmalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari ilmiy-texnika kengashida ishlashga jalb qilinishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar arxitektura va shaharsozlik mahalliy davlat organlari Qoʻmita tizimiga kiradi, Qoʻmita ular faoliyatiga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari rahbarlarini tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoʻmita markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoʻmita markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi Nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Davarxitektqurilish” yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik
bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Viloyat (Toshkent shahar) hokimligining arxitektura va shaharsozlik Bosh boshqarmasi (“Bosharxitektura”) respublika arxitektura va shaharsozlikni boshqarish organlarining yagona tizimidagi viloyat (shahar) boʻgʻini hisoblanadi va oʻz faoliyatida tegishli viloyat (Toshkent shahar) hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh arxitektura oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qoʻmitasining qarorlariga, buyruqlariga va yoʻriqnomalariga, viloyat (Toshkent shahar) hokimligining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Bosharxitektura”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy va istiqboldagi vazifalarini hal etishga, hayot kechirish muhitlarini takomillashtirish va ularning arxitekturaviy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan arxitektura-shaharsozlik tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat hududida joylashgan shahar va qishloqlarni mintaqaviy xususiyatlarni, koʻp asrlik oʻzbek milliy shaharsozlik madaniyatini, shuningdek, jahon arxitektura va shaharsozlik tajribasini hisobga olgan holda oʻzgartirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat binolari va inshootlarining arxitektura yechimlari sifat darajasini oshirish, sanoat tarmoqlarini kompleks shakllantirishni va ularning hududlarini obodonlashtirishni va koʻkalamzorlashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloqlar bosh rejalarining amalga oshirilishini, ularning kompleks qurilishini, turar-joy rayonlarining qurilishi va obodonlashtirilishi sifatini, muhandislik infrastrukturasini va transportni nazorat qilishni hamda loyihada qabul qilingan ekologiya va ishlab chiqarish, shahar atrofi, rekreatsiya, tabiatni muhofaza qilish hududlari, milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik prinsiplariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlik talablari boʻyicha loyihalash, ilmiy-tadqiqot, shuningdek, qidiruv, qurilish va tuzatish-qurilish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik yechimlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat hududida amalga oshirilayotgan investitsiya faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqariladigan bozor iqtisodiyoti sharoitida loyihalash, qurilish va tuzatish-qurilish ishlab chiqarishining turli shakllari va usullarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura-shaharsozlik organlari kadrlarining kasb malakasi darajasini oshirish, arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tashkiliy, iqtisodiy va texnik usullarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish masalalarini oshkoralik prinsiplari va aholini hamda jamoat tashkilotlarini shaharsozlik yechimlarini, ishlab chiqilayotgan loyihalarni muhokama qilishga jalb etish asosida hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻrsatilgan masalalarni hal etish uchun “Bosharxitektura”ga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy rayonlarini rejalashtirish sxemalarini va loyihalarini, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning bosh rejalarini, sanoat uzellarining bosh rejalari sxemalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, boshqa loyiha-rejalashtirish hujjatlarini, muhofaza tegralari loyihalarini va hududlarni xavfli geologik jarayonlardan himoya qilish sxemalarini, seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini ishlab chiqishni tashkil etish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlikni hujjatlashtirishni roʻyobga chiqarishni doimiy nazorat qilishni amalga oshirish, oʻziga qarashli hududdagi qurilish obyektlari boʻyicha loyihalash ishlarini va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejalashtirish va obod qilish loyihalarini, oʻziga qarashli hududda qurish uchun barcha bino va inshootlarning loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish hamda ularni tasdiqlash yoki kelishib olish uchun hokimlikka taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, Toshkent shahar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va kompleks rejalar (konsepsiyalar)ni ishlab chiqishda va kelishib olishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab va takliflarni, konyunkturaning ahvolini, loyiha ishlari va xizmatlari bozorini rivojlantirish tamoyillari va istiqbollarini oʻrganish boʻyicha ishlarni tashkil etish, arxitektura yechimlari darajasini va shaharsozlik tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida loyihachilar, investorlar va pudratchilarning raqobatidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda imoratlar solish qoidalarini va boshqa qurilish, qayta qurish, taʼmirlash, zamonaviylashtirish va regeneratsiyalash, asosli tuzatish, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va shahar dizayni masalalarini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek loyihalash va qurilishdagi normalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, Toshkent shahar hokimligiga loyiha-rejalashtirish hujjatlari asosida yerdan foydalanish shartlari boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatdagi qurilishni joylashtirish loyihasiga va puxta rejalashtirish loyihalariga muvofiq qurilishning barcha turlari uchun yer maydonlarini aniqlash, yer maydonlari berish haqidagi hokimlik qarorlarining loyihalarini tayyorlash, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya inshootlarini hamda boshqa muhandislik obyektlarini, shuningdek muhandislik kommunikatsiyalari trassalarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining qarorlariga muvofiq qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalarini tanlash, joylashtirish va yer ajratish. Ajratilgan yer maydonlarining chegaralarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlar va ajratilgan mablagʻlarga muvofiq imorat quruvchi-buyurtmachilarga qurilish-montaj, tuzatish-qurilish hamda obyektlarni qayta qurish ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imorat quruvchi-buyurtmachilarga loyihalash uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va topshirish hamda investitsiya ishlanmalarini amalga oshirish, qurilishning barcha turlari uchun loyiha-qidiruv ishlarini oʻtkazish, binolarni kompleks qayta qurish, asosli tuzatish, taʼmirlash va hududlarni obodonlashtirish uchun qurilish pasportlarini topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, loyihachilar va pudratchilarga, litsenziya berishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibiga va shartlariga muvofiq, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish haqidagi masalalar boʻyicha Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga takliflar tayyorlash va ularni hal qilishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, Toshkent shahar hokimiga arxitektura-shaharsozlik vazifalarini samarali hal etishga yordam beruvchi investitsiya jarayoni ishtirokchilariga imtiyozli soliq solish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni muhofaza qilish hududlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlik qurilish materiallari sanoati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan chet mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy hamkorlikda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va qayta qurish ishlarining sifatini nazorat etuvchi tegishli davlat arxitektura-qurilish organlarining faoliyatiga rahbarlik qilish, qurilishi (qayta qurish) tugallangan turar joy-xoʻjalik va kommunal qurilish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni foydalanishga qabul qilishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi arxitektura-shaharsozlik organining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga rahbarlik qilish, xoʻjalik hisobidagi loyiha-ishlab chiqarish, arxitektura-rejalashtirish byurolarining, loyiha-maslahat firmalarining, shuningdek, bosh arxitektor ixtiyoridagi loyihalash tashkilotlarining faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni ichki idoraviy ekspertiza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-rejalashtirish va loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya xizmati ishiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er kadastrini, yer ajratish va imorat qurishga oid joriy-operativ rejalar tuzishni, yer osti kommunikatsiyalari joylashishini roʻyxatga olish rejalarini va muhandislik-geologiya ishlanmalari atlaslarini yuritish boʻyicha ishlarni tashkil etish; yer uchastkalari ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati xizmati hujjatlarini muddatsiz saqlashga doir yagona texnika arxivini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Bosharxitektura”ga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquq doirasida oʻziga qarashli hududda arxitektura va shaharsozlikka oid barcha masalalar boʻyicha davlat hamda xoʻjalik boshqaruv organlari va ularga qarashli tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, xorijiy va qoʻshma yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar fuqarolari bajarishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har qanday qurilish obyektlariga, qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqaradigan korxonalar va tashkilotlarga, bu korxona va tashkilotlarning qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, hech bir toʻsiqsiz kirish va u yerdagi ishlarning borishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ, arxitektura-shaharsozlik ekologiya talablariga va arxitektura hamda shaharsozlik organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, normativ talablarni buzgan va ulardan chetga chiqqan holda bajarilayotgan, kishilarning hayotiga va salomatligiga xavf soluvchi, tarixiy va madaniy boyliklarni, shu jumladan, arxitektura va shaharsozlik yodgorliklarini, shahar va tabiat landshaftlarini yoʻq qiluvchi, shuningdek fuqarolar, davlat va yuridik shaxslarning mulkiga, huquqiga va manfaatlariga zarar yetkazuvchi qurilishlarni mablagʻ beruvchi banklar orqali mablagʻ bilan taʼminlashni va ularga kredit berishni butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻyish, qurish-montaj qilish, tuzatish-qurish va boshqa ishlarni bundan keyin amalga oshirishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi yoʻriqnomalar va normativlarni buzgan holda yoki belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasiz olib borilayotgan topogeodeziya va muhandislik-geologik qidiruv, rejalashtirish va qazish ishlarini amalga oshirishni toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan imorat qurishda, shaharsozlik intizomini, qurilish va arxitektura sohasidagi amalda boʻlgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar hamda hududlarida mazkur huquq buzilishlariga yoʻl qoʻyilgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlarini belgilangan tartibda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlarida ish qoʻzgʻatish, ularga mustaqil ravishda jarimalar solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga amaldagi qonunlarni, shaharsozlik, ekologiya va boshqa normativ talablarni buzgan holda ishlayotgan loyiha, qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlarining loyihalash, qurish va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalarini olib qoʻyish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻziga qarashli hududdagi tegishli statistika organlari, tashkilotlar, muassasalar va korxonalardan, ularning qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, maʼlumotlar, shuningdek oʻz huquq doirasiga tegishli masalalar boʻyicha reja-hisobot maʼlumotlarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Bosharxitektura”ga boshliq — viloyat va Toshkent shahar bosh arxitektori boshchilik qiladi, uni viloyat, Toshkent shahri hokimining tavsiyasiga koʻra Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tayinlaydi. Bosh arxitektor oʻrinbosarlarga, shu jumladan, viloyat va Toshkent shahri bosh arxitektorining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qoʻmitasi tomonidan tayinlanadigan bir nafar davlat arxitektura-qurilish nazorati boshligʻiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Viloyat, Toshkent shahar “Bosharxitektura” boshligʻi — bosh arxitektorga “Bosharxitektura”ga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun barcha huquq va vakolatlar beriladi, shuningdek u quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur boʻlgan hollarda loyihachilarning doimiy yoki vaqtinchalik ijodiy jamoalarini va ekspert guruhlari hamda idoralararo komissiyalar tashkil etish va ularga boshchilik qilish, shartnoma asosida arxitektorlarni va boshqa mutaxassislarni ularda ishlashga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-rejalashtirish hujjatlarini va alohida binolar va inshootlar loyihalarini ishlab chiqishda muallif sifatida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish uchun bosh arxitektorga qarashli xoʻjalik hisobidagi loyiha-ishlab chiqarish, arxitektura-rejalash, loyiha-maslahat berish byurolarini tuzish va ular faoliyatining mavzu yoʻnalishini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga boʻysunuvchi arxitektura-shaharsozlik organining, shuningdek oʻziga qarashli xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalar va tashkilotlarning vazifalarini belgilash, Ustav (Nizom)ini, tuzilmasini va xodimlari sonini tasdiqlash, shu tashkilotlarning rahbarlarini oʻz huquq doirasida tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻziga qarashli tashkilotlar, vaqtinchalik ijodiy jamoalar, buyurtmachilar va boshqa tashkilotlar hamda korxonalardan tushgan ajratmalarni jamlash uchun bank muassasalarida maxsus schyot ochib markazlashtirilgan jamgʻarma tuzish. Undan arxitektura-shaharsozlik organlari xodimlarining kasb malakasi darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, alohida obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish uchun tanlovlar, shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish ishlarini, koʻchma koʻrgazmalar tashkil etish va oʻtkazish, tajriba almashish va xalqaro ijodiy aloqalar oʻrnatish boʻyicha seminarlar va kengashlar oʻtkazish, ijodiy safarlarga borish, Bosh boshqarma faoliyati bilan bogʻliq arxitektura-shaharsozlik kengashlari va boshqa masalalarga oid xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh arxitektor oʻz ishlarini tegishli tuman (shahar)larning davlat boshqaruv organlari, boshqarmaning tarmoq va tarmoqlararo hududiy organlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-texnika jamiyatlari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tumanlar va tumanga boʻysunuvchi shaharlar bosh arxitektorlarining oʻzaro aloqasi, boʻysunishi tartibi va vazifalarini chegaralash viloyat “Bosharxitektura”si tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shaharsozlik va arxitektura yechimlarining, monumental-dekorativ sanʼat asarlarining sifatini arxitektura bilan bogʻliq holda aniqlash va baholash, shaharsozlik hujjatlarini, binolar, inshootlar va komplekslar loyihalarini koʻrib chiqish va ekspertiza qilish hamda unga baho berish uchun bosh arxitektor huzurida doimiy ishlovchi idoralararo hayʼat organi — maslahat beruvchi organ hisoblanadigan arxitektura-shaharsozlik Kengashi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-shaharsozlik kengashiga rais — bosh arxitektor boshchilik qiladi. Kengash tarkibiga tajribali arxitektorlar, olimlar, shaharsoz-mutaxassislar, shuningdek hokimliklar, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalarning rahbarlari, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, investitsiya jarayoni barcha ishtirokchilarining, mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining, istiqomat qiluvchilarning vakillari kirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-shaharsozlik kengashining shaxsiy tarkibi viloyat, Toshkent shahar bosh arxitektori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh arxitektor — “Bosharxitektura” boshligʻi mazkur Nizomga muvofiq Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻz oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining Bosh boshqarma faoliyatining alohida yoʻnalishlari uchun javobgarlik darajalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Bosharxitektura”ning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan viloyat, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh boshqarmaning shtat jadvali, shuningdek tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar “Bosharxitektura” boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Bosharxitektura” yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi oʻzbek tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi
(boshqarmasi) toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) arxitektura va shaharsozlikni boshqarish davlat organlari yagona tizimining tegishli ravishda viloyat, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmasiga hamda tuman (shahar) hokimligiga boʻysunuvchi tuman (shahar) boʻgʻini hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” Qoʻmitasining qarorlariga, buyruqlariga, yoʻriqnomalariga, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimining, viloyat, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik Bosh boshqarmasi qarorlariga va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan mintaqaviy xususiyatlarni va oʻzbek xalqining milliy urf-odatlarini, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, mamlakatimiz va jahon arxitekturasining ilgʻor tajribasini qoʻllagan holda olib borilayotgan arxitektura-shaharsozlik siyosatiga muvofiq tuman (shahar) hududining rivojlantirilishi va qiyofasi tubdan oʻzgartirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitekturaning yuksak gʻoyaviy-badiiy darajasiga erishish, aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirishda, ijtimoiy soha, sanoat va dehqonchilik sanoati obyektlari bilan birgalikda binolar, inshootlar va ular komplekslari arxitektura yechimlarida zarur boʻlgan xilma-xillikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat binolari va inshootlari arxitektura yechimlarining sifat darajasini oshirish, sanoat uzellarining shakllantirilishini, ularga qarashli hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda shaharsozlik arxitektura va turar joy-xoʻjalik qurilishining, turar joy rayonlari va mikrorayonlari qurilishi, shuningdek arxitektura va boshqa xil qiymatga ega boʻlgan binolarni taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajargan holda ilgaridan tarkib topgan qurilishlarni kompleks ravishda qayta qurish, yangi qurilishlar, muhandislik asbob-uskunalari tizimini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish sohasida loyiha ishlanmalarining bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli hududda investitsiya faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli hududda shaharlar va qishloq shaharchalarining bosh rejalarini roʻyobga chiqarishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ekologiya va ishlab chiqarishni, shahar atrofi, rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish zonalari, milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarni rivojlantirish boʻyicha loyihada qabul qilingan prinsiplarga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitekturani yanada rivojlantirish, respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar talablariga muvofiq ravishda shahar va qishloq shaharchalari joylashtirilishini va qurilishini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda oʻz huquq doirasida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) istiqboli uchun moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ilmiy-texnika taraqqiyoti kompleks dasturlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat boshqaruv organlariga hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qurilish, qayta qurish, taʼmirlash, asosli tuzatish, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, aholi yashash joylari va hududlarining shahar dizayni boʻyicha qurilishni olib borish qoidalari masalalarini muvofiqlashtirib borish va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishga doir takliflar tayyorlaydi, loyihalashtirish va qurilishda normativlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyoj va takliflarni, konyunktura ahvolini, loyihalashtirish ishlari va xizmatlari bozorining rivojlanish tamoyillari va istiqbolini oʻrganish, arxitektura yechimlari hamda shaharsozlik tadbirlarining samaradorlik darajasini oshirish maqsadida loyihachilar, investorlar va pudratchilar raqobatidan foydalanish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat boshqaruv organlariga loyiha-joylashtirish hujjatlari asosida yerdan foydalanish shartlari hamda arxitektura-shaharsozlik masalalarining samarali yechimiga koʻmaklashuvchi investitsiya jarayoni qatnashchilariga imtiyozli soliq solish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik loyiha hujjatlarini, shahar va qishloq aholisi yashash joylari, birinchi navbatdagi qurilishlarni joylashtirish bosh loyihalarini, mufassal joylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlarga muvofiq va mablagʻ ajratilganligiga qarab buyurtmachilar — imorat quruvchilarga qurilish-montaj, tuzatish-qurish ishlarini olib borish va obyektlarni qayta qurishga ruxsatnomalar berilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilar — imorat quruvchilarga loyihalashtirish hamda investitsiya ishlarini amalga oshirish uchun qurilish pasportlari, barcha turdagi qurilishlar boʻyicha loyiha-qidiruv, kompleks qayta qurish, kengaytirish, binolarni asosli tuzatish, taʼmirlash va hududlarni obodonlashtirish boʻyicha arxitektura-joylashtirish va muhandislik-joylashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi va beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan yer uchastkalari chegarasini, qizil chiziqlarni xaritaga tushirish bilan bogʻliq geodeziya, rejalashtirish ishlarini hamda bajarilgan ishlarni roʻyxatga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodezik ishlarni bajarish, muhandislik-geologik va qidiruv ishlarining boshqa turlarini bajarishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlaydi, rejalashtirish, hisobga olish, texnik nazorat va ishlarni qabul qilishni amalga oshiradi, qurilishning alohida turlarini nazorat qilib boradi, imorat qurishning joriy rejalarini, yer osti kommunikatsiyalarining joylashish hamda muhandislik-geologik ishlar atlaslarini roʻyxatga olish rejalarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanga boʻysunuvchi shaharlarning, tumanlarning (shahar tumanlarining) maʼmuriy markazlari bosh arxitektorlarining shaharlar, qishloq aholi punktlarini, shahar atrofi zonasini va tumanning aholi yashaydigan boshqa yerlarini joylashtirish va qurish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etishga doir ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va qishloq shaharchalarining bosh rejalarini, sanoat uzellari sxemalarini, birinchi navbatdagi qurilishlarni joylashtirish loyihalarini, shahar atrofi va rekreatsion zonalar loyihalarini koʻrib chiqadi hamda rozilik berish yoki tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar boʻyicha qarorlar qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)ning asosiy koʻchalari, magistrallari, shahar va qishloq maydonlari, dam olish zonalari qurilishini mufassal joylashtirish loyihalarini, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, tuman (shahar) hududida joylashgan sanoat va dehqonchilik sanoati, transport korxonalari, omborlarning va inshootlarning yangilarini qurish, ishlab turganlarini taʼmirlash va kengaytirish boʻyicha loyihalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy va sanoat binolarini, inshootlarni qurish, taʼmirlash va asosli tuzatish boʻyicha loyihalarni, shuningdek shahar hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish loyihalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qurilayotgan va taʼmirlanayotgan jamoat va sanoat binolari interyerlari loyihalari, kichik arxitektura shakllari loyihalari, reklamalar, tashqi elektr-yoritish va boshqa shu kabi shahar muhitining estetik sifatini belgilovchi elementlar, shu jumladan, binolarni va inshootlarni, shahar ansambllarini rangli chiroqlar bilan yoritish yechimlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va qayta qurish loyihalari, shuningdek arxitektura yodgorliklari atrofidagi zonalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish loyihalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi korxonalarni, havo transportining yer ustidagi xoʻjaliklarini va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, elektr quvvati uzatish va aloqa inshootlarini, avtomobil va temir yoʻllarni qurish va ishlab turganlarini kengaytirish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurish uchun loyiha hujjatlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlarining va uy-joy-xoʻjalik binolarining tuman (shahar) hokimi bilan kelishiladigan yoki tasdiqlanadigan loyihalari ekspertizasini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha topografiya-geodeziya, kartografiya, loyiha joylashtirish va qidiruv materiallarini, yer uchastkalari ajratish boʻyicha materiallarni, avtomobil va temir yoʻllarni qayta qurish hamda qurish sxemalarini, zarur texnik hujjatlarni, kelishilgan va tasdiqlangan loyihalarni, Davlat arxitektura-qurilish nazorati hujjatlarini va boshqa materiallarni roʻyxatga olish, hisobga olish va doimiy saqlashni taʼminlash uchun texnik arxivni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) belgilangan tartibda quyidagilarni nazorat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) aholi yashash punktlari loyiha-joylashtirish hujjatlarining sifat darajasini hamda amalga oshirilishini taʼminlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, binolar va inshootlarni loyihalash va qurishning asoslanganligini, shuningdek shaharsozlik yechimlarining toʻgʻriligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning barcha turlari uchun ajratiladigan yer uchastkalaridan oqilona foydalanishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni qurish davomida atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishni amalga oshirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarning saqlanishini taʼminlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy va uy-joy-kooperativ qurilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va qishloq shaharchalari hududlarida binolar va inshootlar qurilishi, ishga tushirilayotgan obyektlar, shuningdek tuman (shahar) hududida joylashgan qurilish industriyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan buyumlar sifatini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimiga (boshqarmasiga) quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, hech qanday toʻsiqlarsiz qurilish industriyasi va binokorlik materiallari korxonalariga kirish hamda u yerda olib borilayotgan ishlarning ahvolini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ, arxitektura-shaharsozlik ekologiya talablariga va arxitektura hamda shaharsozlik organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan loyiha hujjatlarini buzgan va undan chetga chiqqan holda olib borilayotgan, kishilarning hayotiga va salomatligiga xavf soluvchi, tarixiy va madaniy boyliklarni, shu jumladan, arxitektura va shaharsozlik shahar va tabiat landshaftlarini yoʻq qiluvchi, shuningdek fuqarolar, davlat va yuridik shaxslarning mulkiga, huquqiga va manfaatlariga zarar yetkazuvchi qurilishlarni mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar orqali mablagʻ bilan taʼminlashni va ularga kredit berishni butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻyish, tuzatish-qurilish va boshqa ishlarni bundan keyin amalga oshirishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi yoʻriqnomalar va normativlarni buzgan holda yoki belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasiz olib borilayotgan topografik va muhandislik-geologik qidiruv, rejalashtirish va qazish ishlarini amalga oshirishni toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan imorat qurishda, shaharsozlik intizomini, qurilish va arxitektura sohasidagi amalda boʻlgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar hamda hududlarida mazkur huquq buzilishlarini sodir etgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlarini belgilangan tartibda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlarida ish qoʻzgʻatish, ularga mustaqil ravishda jarimalar solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlariga (boshqarmasiga) yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻziga qarashli hududdagi tegishli organlar, tashkilotlar, muassasalar va korxonalardan, ularning qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oʻz huquq doirasiga tegishli masalalar boʻyicha hisobot va boshqa maʼlumotlarni talab qilish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimiga (boshqarmasiga) boshliq — tuman (shahar) bosh arxitektori boshchilik qiladi, uni tegishli tuman (shahar) hokimining tavsiyasiga binoan viloyat “Bosharxitektura”si lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi — bosh arxitektorga boʻlimga (boshqarmaga) mazkur Nizom bilan yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun barcha huquq va vakolatlar beriladi, shuningdek u quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur boʻlgan hollarda loyihachilarning doimiy yoki vaqtinchalik ijodiy jamoalarini va ekspert guruhlari hamda idoralararo komissiyalar tashkil etish va ularga boshchilik qilish, bu ishga shartnoma asosida arxitektorlarni va boshqa mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-rejalashtirish hujjatlarini va alohida binolar va inshootlar loyihalarini ishlab chiqishda muallif sifatida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish uchun bosh arxitektorga qarashli xoʻjalik hisobidagi loyiha-ishlab chiqarish, arxitektura-rejalash byurolarini, loyiha-maslahat berish firmalarini tuzish va ular faoliyatining mavzu yoʻnalishini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga boʻysunuvchi arxitektura-shaharsozlik organining, shuningdek, oʻziga qarashli xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalar va tashkilotlarning vazifalarini belgilash, tuzilmasini va xodimlari sonini tasdiqlash, shu tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va shaharsozlik masalalarini hal etish uchun shartnomaviy asosda ishlab chiqarish birlashmalarini, uyushmalarini va boshqa tashkiliy tuzilmalarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bosh arxitektor oʻz ishlarini tegishli tuman (shahar)ning davlat boshqaruv organlari, boshqaruvning tarmoq, tarmoqlararo va idoradan tashqari hududiy organlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-texnika jamiyatlari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shaharsozlik va arxitektura yechimlarining, arxitektura-monumental va dekorativ sanʼat asarlarining sifatini aniqlash va baholash, shaharsozlik hujjatlarini, binolar, inshootlar va komplekslar loyihalarini koʻrib chiqish va ekspertiza qilish uchun bosh arxitektor huzuridagi doimiy ishlovchi idoralararo kollegial organ — maslahat beruvchi organ hisoblanadigan arxitektura-shaharsozlik kengashi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-shaharsozlik kengashiga rais — bosh arxitektor boshchilik qiladi. Kengash tarkibiga tajribali arxitektorlar, olimlar, shaharsoz — mutaxassislar, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashining, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalarning rahbarlari, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, investitsiya jarayoni barcha ishtirokchilarining, mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining vakillari kirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-shaharsozlik kengashining shaxsiy tarkibi tuman (shahar) bosh arxitektori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh arxitektor — tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga muvofiq boʻlimga (boshqarmaga) yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻz oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining boʻlim (boshqarma) faoliyatining alohida yoʻnalishlari uchun javobgarlik darajalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va qayta qurish ishlari sifatini nazorat qiluvchi tegishli davlat arxitektura-qurilish organlarining, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi qurilishi (qayta qurilishi) tugallangan uy-joy-xoʻjalik va kommunal qurilish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini foydalanishga qabul qilishda belgilangan tartibda qatnashadi, geodeziya xizmati ishiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquq doirasida tuman (shahar) hokimining qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlari dalolatnomalari asosida buyruqlar chiqaradi, boʻlim (boshqarma) xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi, oʻziga qarashli hududda arxitektura va shaharsozlik masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvining barcha organlari va ularga qarashli tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, xorijiy va qoʻshma yuridik shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli tashkilotlarning tuzilmasini, shtat jadvalini, ustavini (nizomini) tasdiqlaydi va ularning rahbarlarini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat va jamoat korxonalarida, muassasalarida, tashkilotlarida boʻlim (boshqarma) faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha boʻlim (boshqarma) nomidan vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-shtat intizomiga rioya qilinishini taʼminlaydi, belgilangan smeta va ajratilgan mablagʻlar doirasida boʻlim (boshqarma)ning kreditlari va mablagʻlarini boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi)ning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soni viloyat, Toshkent shahar “Bosharxitektura”si tomonidan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boʻlim (boshqarma)ning shtat jadvali, shuningdek tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi)ning boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi oʻzbek tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.