Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.10.1994 yildagi 524-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA BREZENT ISHLAB CHIQARISH TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash sanoatining brezentga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Toshkent “Kanop” jamoa korxonasi, “Texnolen a.o.” va “Mars LTD” chex firmalarning Toshkent shahrida “Kanop” brezent ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qo‘shma korxonaning ustav fondi quyidagi tartibda — O‘zbekiston tomoniniki 49 foiz, chex tomoniniki 51 foiz taqsimlanishiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chex tomoni mahsulot ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab besh yil mobaynida qo‘shma korxona faoliyatidan olingan unga tegishli barcha foydani qo‘shma korxonani rivojlantirishga, kengaytirishga va texnika bilan qayta jihozlashga yo‘naltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi ikki yil mobaynida belgilangan tartibda “Texnolen a.o.” chex firmasidan har yili 1.5 mln kvadrat metr brezent sotib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qo‘shma korxona obyektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga bosh pudratchi funksiyasi esa “O‘zdehqonchilikqurilish” davlat-kooperativ birlashmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga 1995-yilda loyihalash ishlarini obyektlar qurilishi bilan bir vaqtda bajarishga va ularga ishchi hujjatlari hamda bajarilgan ishlar hajmi asosida haq to‘lashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zsanoatqurilishbank” va 1995-yilda Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga qurilishi mablag‘ bilan ta’minlash va “Kanop” qo‘shma korxonasida brezent ishlab chiqarishni tashkil etish uchun uzoq muddatli tijorat krediti ajratish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Kanop” qo‘shma korxonasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zistiqbostat” davlat qo‘mitasi 1995-yil balansida Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga uskunalar haqini to‘lash uchun 1000 tonna paxta tolasiga kvota ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavpaxtasanoatsotish” Uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 1996-yildan boshlab kanop tolasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqsin va hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining buyurtmanomalariga ko‘ra shartnoma asosida Toshkent to‘qimachilik institutida kanopni dastlabki qayta ishlash mutaxassislarini tayyorlash masalalarini hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui bo‘limiga hamda Kapital qurilish, transport va aloqa bo‘limiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 28-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
524-son