O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING VALYUTA-IQTISODIYOT BOSH BOSHQARMASI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi xodimlarining faoliyatini takomillashtirish va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga 1994-yil 1-oktabrdan boshlab valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi xodimlariga lavozim maoshining 70 foizi miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
2. Ustamalar joriy etish bilan bog‘liq 1994-yildagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mehnatga haq to‘lash fondi doirasida amalga oshirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-oktabr,
503-son