OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN JALB QILINADIGAN VA KAFOLATLANADIGAN QARZ MABLAGʻLARI HISOBIGA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA ChET EL HUKUMATLARI MOLIYA TAShKILOTLARI IShTIROKIDAGI INVESTITSIYa LOYIHALARI DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN VA SOTIB OLINADIGAN TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA SOLIQ SOLISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 24-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1366]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari, shuningdek chet el hukumatlari moliya tashkilotlari bilan tuzilgan xalqaro shartnomalari va bitimlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablagʻlari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-aprel,
64-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-aprel,
2004-15-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-aprel,
01-02/19-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 16-apreldagi 64, 01-02/19-22, 2004-15-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablagʻlari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga ,Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlar (XTTB, XTA, OTB, YETTB, ITB, OPEK Fondi va boshqalar, keyingi oʻrinlarda XMI deb ataladi) bilan xalqaro kredit (qarz) va (yoki) kafolat shartnomalari va kelishuvlari hamda chet el hukumatlari moliyaviy tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli kreditlarga (Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashuv fondi, Ispaniya Qirolligi rasmiy kreditlar instituti, Quvayt arab iqtisodiyoti yuksalishi fondi va boshqalar, keyingi oʻrinlarda XHMT deb ataladi) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga XMI va XHMT investitsion loyihalari ishtiroki doirasida olib kirilayotgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) ni soliqqa tortish tartibini belgilaydi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-moddasiga koʻra, agarda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu kodeksda nazarda tutilmagan boshqa shartlar qoʻyilgan taqdirda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
2. Kredit (qarz) va (yoki) kafolat shartnomalari va kelishuvlari (keyingi oʻrinlarda qarz kelishuvi deb ataladi) asosida taqdim etilgan qarz mablagʻlari hisobidan Qarzdor yoki Kafilning har qanday soliqlar toʻlovi uchun hisob raqamidan toʻlovlar undirilmaydi yoki ularning hududida tovarlardan va xizmatdan yoki importdan, ishlab chiqarish, xarid qilish va taqdim qilish agarda bu qarz kelishuvlarida nazarda tutilgan boʻlsa.
3. Qarz/kreditning asosiy summasi, foizlari va u boʻyicha hisoblangan boshqa komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan undiriladigan soliqlarni koʻzda tutmagan holda toʻlanadi, agar qarz kelishuvida belgilangan boʻlsa, Qarzdor yoki Kafil ulardan ozod qilinadi.
4. Agar Oʻzbekiston Respublikasining XMI va XHMT bilan tuzilgan qarz shartnomasi nizomida qarz mablagʻlari hisobiga xarid qilingan tovarlar (ish, xizmatlar)ni sotib olishda soliqlar (yigʻimlar) va bojxona toʻlovlaridan ozod etish shartlari boʻlsa, bunday xollarda shunday xalqaro shartnomalarning talablari qoʻllaniladi.
Bunday meʼyor XMI va XHMT dan olingan qarz mablagʻlari hisobiga import qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilingan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun tatbiq etiladi.
Bunda, XMI va XHMTning qarz mablagʻlari doirasida faoliyat olib borayotgan loyiha ishtirokchilari quyidagilar uchun toʻlovlarni amalga oshirmaydi:
qoʻshilgan qiymat soligʻi;
aksiz soligʻi;
bojxona bojlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralarida roʻyxatdan oʻtkazish davomida sotib oluvchilar tomonidan loyiha doirasida xarid qilingan avtotransport vositalarining narxidan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar;
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati alohida qarori bilan yoki qarz shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston tomonidan birgalikda moliyalashtirish hisobidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha ham koʻrsatilgan soliqlar (yigʻimlar) va bojxona toʻlovlari uchun toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
XMI va XHMTning qarz mablagʻlari doirasida faoliyat olib borayotgan loyiha ishtirokchilariga quyidagilar kiradi:
loyiha boʻyicha ijrochi organ (Loyihani amalga oshirish guruhi yoki Loyihani boshqarish guruhi va boshqa);
buyurtma beruvchi-ijrochi organga loyiha boʻyicha ishlar bajaruvchilar, shu jumladan, bajarilgan ish hajmini “tayyor” holatida topshiruvchi pudratchi-yuridik shaxslar;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (subpudratchilar, yetkazib beruvchilar) loyiha boʻyicha bajaruvchilar, shuningdek pudratchilar, tenderda gʻolib boʻlgan, tuzilgan shartnoma boʻyicha loyihani amalga oshiruvchi.
5. Loyiha ishtirokchilariga mahsulotlar(ishlar, xizmatlar)ni amalga oshirishda qoʻshimcha qiymat soligʻi hisob-fakturada koʻrsatilmaydi va “qoʻshimcha qiymat soligʻisiz” shtampi qoʻyiladi (yoki yozib qoʻyiladi). Bunda loyiha qatnashchilari qoʻshimcha qiymat soligʻi summasini ular tomonidan olinadigan moddiy resurslar ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi.
Yuridik shaxslar (subpudratchilar, yetkazib beruvchilar), loyihani amalga oshirish boʻyicha tenderda gʻolib boʻlgan pudratchiga mahsulotni (ish, xizmatlarni) sotuvchilar, hisob-fakturada loyiha boʻyicha ijrochi organ va pudratchi oʻrtasida tuzilgan asosiy shartnomaga havola keltiradi.
6. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz loyihani bajaruvchi organga shuningdek loyihani ijro etuvchi boʻyicha tenderda gʻolib boʻlgan pudratchilarga beriladi. Bunda imtiyozni olish uchun bojxona organlariga loyiha doirasida amalga oshiriladigan, shuningdek, imtiyozlarga ega boʻlish uchun loyihani ijro etuvchi organ loyihani moliyalashtirish manbalari haqidagi tasdigʻini bojxona organlariga taqdim qiladi.
7. Agarda Nizom ishga tushguniga kadar korxonalar soliqlarni Nizom normalarini hisobga olmagan xolda chiqarib tashlagan boʻlsa, bu toifaga kiruvchi korxonalarga qayta soliq hisoblash va moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 18-iyuldagi 66, 01-02/8-9, 2006-30-son qarori (roʻyxat raqami 1366-1, 2006 18-avgust) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 26-oktabrdagi 90, 01-02/19-19, 2010-45-son qarori (roʻyxat raqami 1366-2, 2010 6-noyabr) bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan