10.11.2026 yildagi O‘RQ-1187-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.02.2027 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 14-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 7-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda sugʻurta xizmatlari va kredit-moliya masalalari boʻyicha isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi, shu jumladan tadbirkorlar uchun qoʻshimcha yengilliklar yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga aholining, shu jumladan tadbirkorlarning sugʻurtaga oid savodxonligini mustahkamlash uchun ommaviy axborot vositalari orqali keng qamrovli targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻyish, kredit mahsulotlari reklamasida oʻz toʻlov qobiliyatini toʻgʻri baholay olmaslik va qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi toʻgʻrisida isteʼmolchilar uchun ogohlantirish berilishini taʼminlash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga aholining, shu jumladan tadbirkorlarning sugʻurtaga oid savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot ijtimoiy axborot deb belgilanishini, sohalardagi vakolatli organlar ham ijtimoiy axborotning reklama beruvchilari jumlasiga kiritilishini, moliyaviy xizmatlar reklamasida mazkur xizmatlardan foydalanish va qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish mavjud boʻlishi kerakligini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun isteʼmolchilarni sugʻurta xizmatlari toʻgʻrisidagi keng qamrovli va ishonchli axborot bilan taʼminlash orqali ularning ushbu xizmatlardan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga hamda aholida sugʻurta xizmatlariga boʻlgan ishonch darajasini oshirishga, kredit bilan bogʻliq moliyaviy xatarlar toʻgʻrisida aholining, shu jumladan tadbirkorlarning xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi OʻRQ-776-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 571-modda; 2024-yil, № 2, 108-modda, № 9, 964-modda, № 11, 1189-modda; 2025-yil, № 3, 372-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi “energetika resurslarini saqlash” degan soʻzlardan keyin “sugʻurtaga oid savodxonlikni oshirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 20-moddaning ikkinchi qismidagi “jismoniy va yuridik shaxslar” degan soʻzlar “sohalardagi vakolatli organlar, jismoniy va yuridik shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 43-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kredit, shu jumladan mikroqarz reklamasida bunday xizmatlar boʻyicha qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish mavjud boʻlishi kerak. Bunday ogohlantirish reklamaning asosiy maydoni va vaqtining kamida oʻn foizini tashkil etishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasining 3-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 10-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1187-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2026-y., 03/26/1187/1113-son)