23.09.2005 yildagi O‘RQ-8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FUQAROLARNING JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 28-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) XIII bob quyidagi mazmundagi 1792-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1792-modda. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, huddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng kam ish haqining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 245-moddaning birinchi qismi “179” raqamidan keyin “1792” raqami bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 9-moddasining uchinchi qismidagi “hamda uning davlat pensiyasi ta’minoti” degan so‘zlar “uning davlat pensiya ta’minoti va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi “hamda davlat pensiya ta’minoti” degan so‘zlar “uning davlat pensiya ta’minoti va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 4-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika pul jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 5-modda birinchi qismining 1-bandi “hamda to‘lash” degan so‘zlardan keyin “fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 6-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika pul jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi 530–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda) 3-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil, 23-sentabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-8-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)