O‘zbekiston Respublikasining qonuni
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING FAOLIYATI TARTIBGA SOLINISHI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 5-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 2001-yil 29-avgustdagi 260-II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda) 10-moddasining birinchi qismidagi va 16-moddasining birinchi qismidagi “va jismoniy” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
22-sentabr 2005-yil,
O‘RQ-7-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)