Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2020 16.09.2005 yildagi O‘RQ-6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2020
Hujjat 17.09.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA HAMDA “ChET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI VA ULARNI HIMOYA QILISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 8-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda;1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 19-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatisiz jalb etiladigan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari summalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi—oʻn toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi—yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 6-bob quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“271-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning asosiy faoliyatdan koʻradigan zararlarini taqsimlab oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokida yangi tashkil etiladigan korxonalarning asosiy faoliyatdan koʻradigan zararlari soliq solinadigan daromadni (foydani) zarar koʻrilgan hisobot davridan keyingi yillarga kamaytirish hisobiga uzish uchun besh yilgacha muddatga teng ulushlar bilan taqsimlab oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul kilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi 611–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 93-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 3-moddasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismidagi “chet el investitsiyalariga” degan soʻzlar “chet ellik investorlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirish hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik investorga toʻlanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq miqdorining (stavkalarining) koʻpaytirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga oʻtkaziladigan daromadini (foydasini) oʻz mamlakatiga qaytarish tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablarning joriy etilishi, bundan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning toʻlovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablagʻlarni oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablagʻlarini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qoʻllash sharoitida oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻxtatib turish hollari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga nisbatan miqdoriy cheklashlarning va investitsiyalar miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish tarzida, joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik investorning korxonalar ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulush bilan ishtirok etishi boʻyicha cheklashlarning joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik investorlarning — jismoniy shaxslarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasida qoʻshimcha tartib-taomillarning, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning joriy etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari qoidalarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi—sakkizinchi qismlari tegishincha yettinchi—oʻninchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 278-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda)