21.10.2026 yildagi 583-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlarini hisoblashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish sohasini raqamli transformatsiya qilish, qurilish ishlari qiymatini shakllantirishda iqtisodiy jihatdan asoslangan va shaffof mexanizmlarni joriy etish, pudrat tashkilotlarining haqiqiy boshqa xarajatlarini hisoblashning yagona tartibini belgilash, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tegishli jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish, inson omili va korrupsiya xavflarini qisqartirish hamda budjet mablagʻlarining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmonida budjet mablagʻlari hisobidan Hukumatning tegishli qarorlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilayotgan kapital qurilishda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini tartibga solish belgilangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-son qarorida loyihalarning (obyektlarning) dastlabki qiymatini hisoblashda qoʻllanadigan ishchi-xodimlarning bir soat ish hajmi uchun mehnatga haq toʻlash hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdorlarini hududlar va sohalar kesimida belgilash yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish vazifasi yuklangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlarini hisoblashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan boshlab budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda obyektlarning boshlangʻich qiymatini aniqlashda quyidagi koʻrsatkichlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish sohasidagi ishchi-xodimlarning mehnatiga haq toʻlash miqdori respublika boʻyicha 1 kishi/soat uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (MHTEKM) 5 foizida (ijtimoiy soliq toʻlovlarini hisobga olgan holda) belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) pudrat tashkilotlarining ishlab chiqarishga doir boshqa xarajatlari obyektning joylashuvi, transport-logistika sharoiti, muhandislik infratuzilmasi bilan taʼminlanganlik darajasi hamda hududning tabiiy iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar summasining 2,5 foizi, togʻli, choʻl, yetib borish qiyin boʻlgan hududlardagi obyektlarda 5 foizi miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu bandga muvofiq togʻli, choʻl, yetib borish qiyin boʻlgan hududlar roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari smeta qiymatining (toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar) 20 foizi hamda zarur foyda 7 foizi miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini hisoblash, tekshirish va tasdiqlash jarayonlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkiloti tashkil topganiga bir kalendar yildan oshmagan va balans koʻrsatkichlari, moliyaviy hisobotlar va hisobot koʻrsatkichlari topshirilmagan hollarda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari smeta qiymatining (toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar) 10 foizi hamda zarur foyda 7 foizi miqdorida qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) pudrat tashkilotlarining ishlab chiqarishga doir boshqa xarajatlari mazkur qarorning 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pudrat tashkilotlarining ishlab chiqarishga doir boshqa xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar haqiqatda bajarilgan ishlar hajmi va qiymatidan kelib chiqqan holda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda pudrat tashkiloti tomonidan qayta ishlatilgan asbob-uskuna, materiallar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan amortizatsiya qiymati toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlashtirish tartibini takomillashtirish doirasida 2026-2027-yillarda qayta ishlab chiqilishi nazarda tutilgan shaharsozlik sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalarini xatlovdan oʻtkazib, ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash va baholash boʻyicha texnik imkoniyat yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini avtomatik tarzda aniqlash maqsadida ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga ilovalarda koʻrsatilgan zarur maʼlumotlarni pudrat tashkilotlari kesimida olishga qaratilgan hisobot shakllarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ushbu qaror bilan belgilangan miqdorlar har yil yakuni bilan qayta koʻrib chiqilishi hamda ularga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdorlarini xarajatlar moddalari kesimida shakllantirish va qoʻllash amaliyoti yuzasidan muntazam monitoring oʻtkazsin hamda uning natijalari boʻyicha yil yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
583-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-oktabrdagi 583-son qaroriga
1-ILOVA

Qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlarini hisoblashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdorini shakllantirish va aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdori “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Shaffof qurilish” MAT) boshqa axborot tizimlari maʼlumotlaridan foydalangan holda avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pudrat tashkilotlari kesimida “Shaffof qurilish” MATda eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq hisobga olinadigan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlarining ishlab chiqarishga doir boshqa xarajatlari — qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) maʼlumotlari hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadigan, ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, biroq toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar (materiallar, uskunalar va asosiy ishchilar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari) tarkibiga kirmaydigan xarajatlar, toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar tarkibida hisobga olinmagan xarajatlar (vaqtincha bino va inshootlar qurish xarajatlari, qishki mavsumda qurilish-montaj ishlarini bajarish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, vaxta usulini qoʻllash xarajatlari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaffof qurilish” MATda hisoblangan koʻrsatkich — vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda, belgilangan tartib asosida avtomatik hisoblab chiqiladigan hamda qurilish obyektining shartnomaviy qiymatini shakllantirishda qoʻllanadigan hisobiy miqdor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini hisoblash uchun foydalaniladigan xarajatlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ularga beriladigan eng yuqori qiymat ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moddalar boʻyicha xarajatlar “Shaffof qurilish” MAT orqali avtomatik ravishda, ularning miqdor qismida aniq belgilangan xarajatlarga asosan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari darajasida har bir xarajat moddasi boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi va umumlashtirilgan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pp=∑ Mx+P
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:

Pp — pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mx — pudrat tashkilotlarining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq har bir xarajatlar uchun aniqlangan xarajatlar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
P — oʻzgarmas miqdor (konstanta) sifatida qabul qilinadigan 7 foiz miqdoridagi zarur foyda koʻrsatkichi.

Bunda pudrat tashkiloti xarajat moddalari miqdorini aniqlashda tashkilotning aniq balans koʻrsatkichlari, moliyaviy hisobotlar va hisobot koʻrsatkichlari (oʻtgan 12 oy natijalari haqidagi) tahlili inson omilisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shartnomaviy joriy narxlardagi qurilish qiymatiga pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari (miqdorini) darajasini qoʻllash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qurilishning boshlangʻich bahosini aniqlashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari smeta qiymatidagi toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar summasining 27 foizida belgilanadi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pp = (Sm + Szp + Sem) x U
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pp — pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sm — obyektni qurishda, taʼmirlashda, asbob-uskunani ishga tushirish va sozlashda, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarga sarflangan xarajatlar (tashish va saqlash xarajatlari bilan birga);

Szp — obyektni qurishda, taʼmirlashda, asbob-uskunani ishga tushirish va sozlashda asosiy ish haqi xarajatlari (ijtimoiy sugʻurta toʻlovlarini hisobga olgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sem — obyektni qurishda, taʼmirlashda, asbob-uskunani ishga tushirish va sozlashda mashina va mexanizmlarga sarflangan xarajatlar;

U — smeta qiymatidagi toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlarning 20 foizi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlarning 7 foizi miqdorida zarur foyda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Barcha sohalar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha 7 foizlik zarur foyda oʻzgarmas miqdori (konstanta) belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qurilishning shartnomaviy joriy narxini aniqlashda pudrat tashkiloti tashkil topganiga bir kalendar yildan oshmagan va balans koʻrsatkichlari, moliyaviy hisobotlar va hisobot koʻrsatkichlari topshirilmagan hollarda, ushbu tashkilotga toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlarning 10 foizi miqdorida, boshqa xarajatlar hamda zarur foyda miqdori 7 foizda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Pudrat tashkilotlarini tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan tanlashda va qurilishning shartnomaviy joriy narxini aniqlashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar summasining “Shaffof qurilish” MATda pudrat tashkilotlariga hisoblangan pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan ulushda belgilanadi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pp = (Sm + Szp + Sem) x α+R
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pp — pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sm — obyektni qurishda, taʼmirlashda, asbob-uskunani ishga tushirish va sozlashda, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarga sarflangan xarajatlar (tashish va saqlash xarajatlari bilan birga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Szp — obyektni qurishda, taʼmirlashda, asbob-uskunani ishga tushirish va sozlashda asosiy ish haqi xarajatlari ijtimoiy sugʻurta toʻlovlarini hisobga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sem — obyektni qurishda, taʼmirlashda, asbob-uskunani ishga tushirish va sozlashda mashina va mexanizmlarga sarflangan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
α — “Shaffof qurilish” MATda pudrat tashkilotiga hisoblangan pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
P — oʻzgarmas miqdor (konstanta) sifatida qabul qilinadigan 7 foiz miqdoridagi zarur foyda koʻrsatkichi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender (tanlov) oʻtkazilmasdan pudrat tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilgan obyektlar uchun pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdori faqat “Shaffof qurilish” MATda hisoblangan koʻrsatkichlar orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari miqdoriga shartnoma davrida (tender (tanlov) asosida rasmiylashtiriladigan shartnomalarda) oʻzgartirish kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Pudrat tashkiloti (subpudrat tashkiloti) tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida obyekt qurilishi uchun buyurtmachining (bosh pudrat tashkilotining) materiallaridan foydalanilgan hollarda, hisobvaraq-fakturalar, yuk xatlari va boshqa hujjatlar asosida topshirilgan ushbu materiallar pudrat (subpudrat) tashkilotining ombor va buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini hisoblashda buyurtmachi (bosh pudrat tashkilotining) materiallari yoki qayta ishlashga berilgan (daval) xomashyo narxi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bajarilgan ishlar hajmi toʻlovga taqdim qilinganda, buyurtmachi (bosh pudrat tashkilotining) materiallari yoki qayta ishlashga berilgan (daval) xomashyo qiymati chegirib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlarini hisoblashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarida hisobga olish tavsiya etiladigan xarajat moddalari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boshqaruv xodimlari, jumladan, ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarga (qurilish ishchi xodimlaridan tashqari) tegishli boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv devoni ishchilari (rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarga kiruvchi boshqa ishchilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta ishlab chiqaruvchilar (uchastka boshliqlari, muhandis-texnik xodimlar), ishlab chiqaruvchilar, qurilish uchastkalari ustalari, uchastka mexaniklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv devonida xoʻjalik xizmatlarini koʻrsatuvchi ishchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqaruv xodimlari, jumladan, ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarga (qurilish ishchi-xodimlaridan tashqari) hisoblangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdori yigʻindisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlanadigan va xoʻjalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi, shuningdek, sof foyda hisobidan toʻlanadigan soliqlar va yigʻimlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotning xizmat avtotransport vositalari amortizatsiya qiymatlari koʻrsatkichi xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamlashtirish tizimlari, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektga kirish uchun xodimlarni avtomatlashtirilgan roʻyxatga olish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish obyektiga yuk tashuvchi avtomobillar yordamida har bir olib kirilgan qurilish materiallarini roʻyxatga olish tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va xonalar ijarasi uchun haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy vositalarni saqlash va tuzatish, shuningdek, eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilangan meʼyorlar chegarasida boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish yoki maʼmuriy xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan sogʻligʻini sugʻurta qilish xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tabiatni muhofaza qilish talablari bajarilishi va ekologik sertifikatlar bilan bogʻliq joriy xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chet davlatdan mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkilot faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun toʻlovlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kasblar boʻyicha kadrlarni xoʻjalik yurituvchi subyekt sohasiga tegishli kadrlarni mutaxassisligi boʻyicha moslab tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bank va depozitariy xizmatlariga toʻlovlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kasaba uyushmasi, yoʻnalish uyushmalariga aʼzolik (kasaba uyushmasiga aʼzolik, quruvchi va boshqa uyushmalarga aʼzolik) badallari xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xarajatlar “Shaffof qurilish” MATda axborot tizimlaridan kelgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlarini hisoblashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari darajalarini xarajatlar moddalari boʻyicha aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

T/r

Xarajatlar nomi

Maʼlumot manbai

Aniqlash usuli

Mezon

Boshqa xarajatlar miqdori

(foiz)*

JAMI

27,00

Rentabellik

7,00

Umumiy boshqa xarajat miqdori

20,00

1.

Boshqaruv xodimlari, jumladan, ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarga (qurilish ishchi-xodimlaridan tashqari) tegishli boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Soliq qoʻmitasi maʼlumotlari asosida

Xodimlarga sarflangan mablagʻlar “Yagona milliy mehnat tizimi”da rasmiylashtirilgan lavozimidan kelib chiqib aniqlanadi

Mehnatga haq toʻlash xarajatlarining umumiy xarajatlarga nisbati

9,9

2.

Boshqaruv xodimlari, jumladan, ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarga (qurilish ishchi-xodimlaridan tashqari) hisoblangan yagona ijtimoiy soliq xarajatlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Soliq qoʻmitasi maʼlumotlari asosida

Xodimlarga sarflangan mablagʻlar “Yagona milliy mehnat tizimi”da rasmiylashtirilgan lavozimidan kelib chiqib aniqlanadi

Hisoblangan yagona ijtimoiy soliq xarajatlarining umumiy xarajatlarga nisbati

1,18

3.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xoʻjalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar.

Ushbu modda boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi, foyda soligʻi, shuningdek, sof foyda hisobidan toʻlanadigan soliqlar va yigʻimlar hisobga olinmaydi

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlari asosida

Oʻtgan moliyaviy yil davomida hisoblangan soliqlar qoʻshib chiqiladi

Majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar xarajatlarining umumiy xarajatlarga nisbati

2,27

4.

Tashkilotning xizmat avtotransport vositalari amortizatsiya qiymatlari koʻrsatkichi xarajatlari hamda maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq toʻlash hamda maʼmuriy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek, eskirish (amortizatsiya) xarajatlari

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlari asosida

Tashkilotning xizmat avtotransport vositalari amortizatsiya xarajatlari hamda maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun xarajatlar hisoblab chiqiladi

Korxonaning realizatsiya qilgan sof tushumiga nisbatan hisoblangan amortizatsiya xarajatlari miqdori

2,8

5.

Belgilangan meʼyorlar chegarasida boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish yoki maʼmuriy xarajatlar

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlari asosida

Xizmat safarlari xarajatlari qoʻshib chiqiladi

Korxonaning realizatsiya qilgan sof tushumiga nisbatan xarajatlari miqdori

0,3

6.

Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan sogʻligʻini sugʻurta qilish xarajatlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Sugʻurta tashkilotlari maʼlumotlari asosida

Xodimlarning sugʻurta polislari bilan aniqlanadi

Korxonaning realizatsiya qilgan sof tushumiga nisbatan xarajatlari miqdori

1,0

7.

Tabiatni muhofaza qilish talablari bajarilishi va ekologik sertifikatlar bilan bogʻliq joriy xarajatlar

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼlumotlari asosida

Tabiatni muhofaza qilish talablari bajarilishi va ekologik sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Korxonaning realizatsiya qilgan sof tushumiga nisbatan xarajatlari miqdori

0,4

8.

Chet davlatdan mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotlari asosida

Jalb etilgan mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Chet davlatdan mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning umumiy xarajatlarga nisbati

0,3

9.

Tashkilot faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun toʻlovlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

auditorlik tashkilotlari maʼlumotlari asosida

Auditorlik oʻtkazilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar

Korxonaning realizatsiya qilgan sof tushumiga nisbatan xarajatlari miqdori

0,05

10.

Kasblari boʻyicha kadrlarni xoʻjalik yurituvchi subyekt sohasiga tegishli kadrlarni mutaxassisligi boʻyicha moslab tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari

Kompetensiyani rivojlantirish instituti maʼlumotlari asosida

Kadrlarni mutaxassisligi boʻyicha moslab tayyorlash va ularni qayta tayyorlash toʻgʻrisida maʼlumotlar

Xarajatlarning umumiy xarajatlarga nisbati

1,3

11.

Kasaba uyushmasi, yoʻnalish uyushmalariga aʼzolik (kasaba uyushmasiga aʼzolik, quruvchi va boshqa uyushmalarga aʼzolik) badallari xarajatlari

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Oʻzbekiston Quruvchilar uyushmasi,

Oʻzbekiston arxitektorlar uyushmasi maʼlumotlari asosida

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, yoʻnalish uyushmalariga aʼzolik badallari toʻgʻrisida maʼlumot

Korxonaning realizatsiya qilgan sof tushumiga nisbatan xarajatlari miqdori

0,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(*)

Pudrat tashkilotining boshqa xarajatlarini hisoblashda inobatga olinadigan xarajat turlari va ular boʻyicha hisobga olinadigan eng yuqori miqdorlar haqiqatda sarflangan mablagʻ miqdoridan qatʼi nazar, oʻzgarmas miqdor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur koʻrsatkichlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-oktabrdagi 583-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 10-bandning “d” kichik bandi oʻn birinchi xatboshisidagi “95” raqami “90” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 23-bandning “b” kichik bandi oʻn uchinchi xatboshisidagi “95” raqami “90” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YAB = (RB x 0,8 + (BBN — ON) x 20/ (BBN — BBN x 0,90)) — O x (RB x 0,05). Bunda:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yettinchi xatboshidagi “0,95” va “5” raqamlari tegishlicha “0,90” va “10” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oferent tender taklifini eng kam narx bilan bergan taqdirda, unga 20 ball beriladi hamda formulaning ikkinchi qismi, yaʼni — (BBN — ON) x 20 / (BBN — BBN x 0,90) ifodasi hisoblanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻn uchinchi xatboshidagi “5” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2026-y., 09/26/583/1067-son)