07.10.2026 yildagi 540-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Inson faxri” milliy mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatimizda insoniy qadriyatlarni ulugʻlash, turli sohalarda namunali faoliyat koʻrsatib, boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan insonlarning mehnatini keng jamoatchilikka yetkazish va ularni davlat tomonidan munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) “Inson faxri” milliy mukofotini (keyingi oʻrinlarda — mukofot) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Inson faxri” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofotga jami 50 nafar nomzodlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofotga nomzodlarni uch bosqichda oʻrganish va saralash shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofot gʻoliblarini tanlab olish va har yili 1-dekabrga qadar taqdirlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofot jamiyat hayotining turli sohalarida, ustuvor ravishda ijtimoiy himoya sohasida jasorat, mardlik va fidoyilik koʻrsatgan, inson qadrini ulugʻlashga xizmat qilayotgan, ogʻir hayotiy vaziyatdagi insonlarga yordam bergan hamda mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligiga munosib hissa qoʻshayotgan shaxslarga tanlov asosida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofotga nomzodlarni oʻrganish va saralash ishlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida belgilangan tartibda jalb etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofotning nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblarning har biri statuetka, diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoliblarga mukofot tantanali ravishda topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofot gʻoliblarini taqdirlash bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofotning statuetkasi va diplomini tayyorlash, rasmiy veb-sahifasini ishlab chiqish, shuningdek, uning gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, yoritib borish hamda boshqa xarajatlarni moliyalashtirish Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida mukofotning statuetkasi va diplom namunalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari yaratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mukofot gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda jalb etiladigan nodavlat telekanallar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi tartibda keng yoritilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoliblarni tanlash jarayonlari hamda gʻoliblar toʻgʻrisida kichik metrajli hujjatli filmlar, videoroliklar va ijtimoiy reklamalarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan kichik metrajli hujjatli filmlar, videoroliklar va ijtimoiy reklamalarni televideniyeda namoyish etish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) har yili 1-martga qadar mukofotga nomzodlarni oʻrganish va saralash ishlarini amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida nodavlat notijorat tashkilotini belgilangan tartibda jalb etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq mukofot gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlarni Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 7-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
540-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-oktabrdagi 540-son qaroriga
1-ILOVA

“Inson faxri” milliy mukofoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Inson faxri” milliy mukofotiga (keyingi oʻrinlarda — mukofot) nomzodlarni oʻrganish va saralash, mukofot gʻoliblarini tanlab olish hamda ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mukofot jamiyat hayotining turli sohalarida, ustuvor ravishda ijtimoiy himoya sohasida jasorat, mardlik va fidoyilik koʻrsatgan, inson qadrini ulugʻlashga xizmat qilayotgan, ogʻir hayotiy vaziyatdagi insonlarga yordam bergan hamda mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligiga munosib hissa qoʻshayotgan shaxslarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mukofotga nomzodlarni oʻrganish va saralash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida belgilangan tartibda jalb etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mukofotga nomzodlarni oʻrganish va saralash, mukofot gʻoliblarini tanlab olish quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — mukofotning rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali mukofotga nomzodlar toʻgʻrisidagi hujjatlar qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — mukofotga nomzodlar va ular toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va saralash ishlari nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan “Inson faxri” milliy mukofotiga nomzodlarni oʻrganish va saralash boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tomonidan amalga oshiriladi hamda uning xulosasi asosida mukofotga eng munosib 50 nafar nomzodning roʻyxati “Inson faxri” milliy mukofoti kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — Kengash ishchi guruh xulosasiga asosan saralangan nomzodlar orasidan mukofot gʻoliblarini tanlab oladi va bu toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengash tarkibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tarkibiga fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari, davlat, madaniyat, sanʼat va sport arboblari, faol yoshlar va volonterlar hamda jamiyatdagi boshqa faol insonlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tarkibiga uning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari kiradi. Bunda Kengash kotibi mukofot uchun gʻoliblarni tanlab olish ishlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mukofot gʻoliblari Kengash tomonidan tasdiqlanadigan nominatsiyalar asosida tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mukofotga nomzodlarni oʻrganish va saralash, mukofot gʻoliblarini tanlab olish hamda taqdirlash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq har yili bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mukofotga nomzodlarni oʻrganish va saralash, mukofot gʻoliblarini tanlab olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijtimoiy himoya milliy agentligi mukofotga nomzodlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish muddatlari va mukofot nominatsiyalari haqidagi maʼlumotlarni, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir hafta oldin mukofotning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mukofotga nomzodlar toʻgʻrisidagi hujjatlar ishchi guruh tomonidan har yili 15-martdan 1-iyunga qadar mukofotning rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoq orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mukofotga nomzodlar ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq mustaqil ravishda ariza taqdim etish orqali yoki vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar yoxud boshqa jamoatchilik vakillarining tavsiyanomasi asosida tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma asosida mukofotga nomzod koʻrsatilganda nomzodning yozma roziligi olinadi. Yozma rozilik bermagan shaxslar tanlovda ishtirok etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada (tavsiyanomada) mukofotga nomzodning ilmiy, ijodiy ishlari, amalga oshirgan loyihalari, erishgan yutuqlari va faoliyatiga oid boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga (tavsiyanomaga) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mukofotga nomzodlar faoliyati Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadigan mukofot gʻoliblarini tanlab olish mezonlari asosida oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishchi guruh har yili 1-sentabrga qadar mukofotga nomzodlarning faoliyati, erishgan yutuqlarini taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar va ular bilan suhbatlashish va boshqa usullar orqali oʻrganib, eng munosib deb topilgan 50 nafar nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi va har bir nomzod boʻyicha alohida xulosa rasmiylashtiradi hamda Kengashga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhning xulosasi eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengash har yili 1-oktabrga qadar saralangan mukofotga nomzodlar va ular boʻyicha rasmiylashtirilgan xulosalarni koʻrib chiqib, mukofot gʻoliblarini tanlab olish toʻgʻrisida Kengash yigʻilishida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan saralangan mukofotga nomzodlar roʻyxatiga Kengash aʼzolarining tavsiyasiga koʻra qoʻshimcha nomzodlar kiritilishi mumkin. Bunda mazkur nomzodlarni oʻrganish Kengash tomonidan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kengashning qarori uning yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng boʻlgan hollarda yigʻilishga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kengash qarorlari Kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi yoki yigʻilishga raislik qilgan Kengash raisining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash yoki ishchi guruh aʼzolari mukofotga nomzod sifatida tanlovda ishtirok etishi mumkin emas hamda mukofotga nomzodlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va saralash, shuningdek, saralangan nomzodlar orasidan mukofot gʻoliblarini tanlash jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlari yuzaga kelsa, ular Kengash yoki ishchi guruh tarkibida boʻlishni ixtiyoriy ravishda oʻzini oʻzi rad etadi yoxud Kengash raisi yoki ishchi guruh aʼzolari tomonidan majburan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mukofot gʻoliblari roʻyxatini ommaviy axborot vositalarida hamda mukofot rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mukofot gʻoliblarining ilmiy, ijodiy va boshqa faoliyatiga oid maʼlumotlari, amalga oshirilayotgan loyihalari, ishlari va ijod namunalarini ommalashtirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mukofotni topshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mukofot gʻoliblarga tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mukofotni tantanali ravishda topshirish joyi va vaqti Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mukofotning nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblarining har biri statuetka, diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bir shaxs mukofot bilan bir marta taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Barcha mukofot nomzodlarining hujjatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligida saqlanadi va qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson faxri” milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson faxri” mukofotiga nomzodlarni oʻrganish va saralash, mukofot gʻoliblarini tanlab olish hamda taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Mukofotga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari va mukofot nominatsiyalari haqidagi maʼlumotlarni mukofotning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiradi.

Qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir hafta oldin

2-bosqich

Nomzodlar, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar yoki jamoatchilik vakillari

Mukofotning rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ariza (tavsiyanoma) taqdim etadi.

Har yili 15-martdan 1-iyunga qadar

3-bosqich

“Inson faxri” milliy mukofotiga nomzodlarni oʻrganish va saralash boʻyicha ishchi guruh

Mukofotga nomzodlarning faoliyati, erishgan yutuqlarini taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar va ular bilan suhbatlashish va boshqa usullar orqali oʻrganib, eng munosib deb topilgan 50 nafar nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi va har bir nomzod boʻyicha alohida xulosa rasmiylashtiradi hamda “Inson faxri” milliy mukofoti kengashiga taqdim etadi.

Har yili 1-sentabrga qadar

4-bosqich

“Inson faxri” milliy mukofoti kengashi

Saralangan nomzodlar va ular boʻyicha rasmiylashtirilgan xulosalarni koʻrib chiqib, mukofot gʻoliblarini tanlab olish boʻyicha qaror qabul qiladi.

Har yili 1-oktabrga qadar

5-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Mukofot gʻoliblari haqida hujjatli filmlarni tayyorlash.

Har yili 1-noyabrga qadar

6-bosqich

“Inson faxri” milliy mukofoti kengashi

Mukofot gʻoliblarni taqdirlash boʻyicha tadbirda mukofot gʻoliblariga mukofot statuetkasi, diplomi va bir martalik pul mablagʻlarini topshiradi.

Har yili 1-dekabrga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-oktabrdagi 540-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi qirq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson faxri” milliy mukofotining rasmiy veb-sahifasini ishlab chiqish, statuetkasi va diplomini tayyorlash, shuningdek, uning gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, yoritib borish hamda boshqa xarajatlarni moliyalashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qirq sakkizinchi — ellik toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha qirq toʻqqizinchi — oltmishinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2026-y., 09/26/540/1018-son)