Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda keyingi yillarda aql-idrok va yuksak intellektual salohiyat ramzi boʻlgan shaxmat sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng ommalashtirish, iqtidorli shaxmatchilarni uzoq muddatli va tizimli tayyorlash, ularning jahon arenalarida yuqori natijalarga erishishi orqali yurtimizning xalqaro nufuzini yuksak choʻqqilarga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Soʻnggi yillarda oʻzbek shaxmat maktabi vakillarining Butunjahon shaxmat olimpiadalarida, nufuzli xalqaro turnir va chempionatlarda erishayotgan tarixiy va olamshumul gʻalabalari yurtimizda isteʼdodli sportchilarni tarbiyalash hamda ularning mahoratini uzluksiz oshirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganligining yaqqol isbotidir.
Xalqaro arenalarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib, xalqimizga faxr-iftixor tuygʻularini baxsh etayotgan xalqaro shaxmat musobaqalari gʻolib va sovrindorlarining matonati hamda yuksak intellektual mahoratini alohida eʼtirof etish, shuningdek, ushbu yutuqlar ortida turgan trener-murabbiylarning fidokorona mehnatini munosib taqdirlash maqsadida qaror qilaman:
1. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari boʻlgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish orqali ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-sentabr,
PQ-346-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining
MIQDORLARI
(AQSH dollarida) | ||||
T/r | Musobaqalar (unvon) | Medal | Shaxmatchiga beriladigan pul mukofoti miqdori | Trenerga beriladigan pul mukofoti miqdori* |
1. | Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar oʻrtasida) | Oltin | 200 000 | 50 000 |
Kumush | 100 000 | 25 000 | ||
Bronza | 50 000 | 12 500 | ||
2. | Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar oʻrtasida) | Oltin | 20 000 | 5 000 |
Kumush | 10 000 | 2 500 | ||
Bronza | 5 000 | 1 250 | ||
3. | Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga koʻra jahon miqyosidagi musobaqalar | Oltin | 15 000 | 7 000 |
Kumush | 7 500 | 3 500 | ||
Bronza | 3 750 | 1 750 | ||
4. | Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga koʻra Osiyo miqyosidagi musobaqalar | Oltin | 10 000 | 5 000 |
Kumush | 5 000 | 2 500 | ||
Bronza | 2 500 | 1 250 | ||
5. | Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan taqdirda | 5 000 | ||
* Trenerlarga nazarda tutilgan pul mukofoti gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan trenerlarga beriladi. Bunda ushbu mablagʻlar, tegishli Trenerlar kengashining qaroriga asosan, sportchini tayyorlashda soʻnggi 4 (toʻrt) yilda ishtirok etgan trener va boshqa mutaxassislar oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2026-y., 07/26/346/0962-son)