22.09.2026 yildagi 508-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.12.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini hamda ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini ochiq tanlov asosida aniqlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahrida tajriba tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini (keyingi oʻrinlarda — ushlangan transport vositalari) transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga (keyingi oʻrinlarda — jarima maydonchasi) olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqishga ruxsat berish Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Jarima maydonchasi” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Jarima maydonchasi” moduli) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini jarima maydonchasidan chiqarib yuborish boʻyicha ruxsatnoma faqat maʼmuriy ishni koʻrib chiquvchi organ yoki ijro organining mansabdor shaxslari tomonidan “Jarima maydonchasi” moduli orqali QR-kod bilan tasdiqlanadi va elektron tarzda transport vositasi haydovchisiga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini transport vositalarini vaqtincha saqlab turish xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — saqlab turish xizmatlari) koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning axborot tizimlari “Jarima maydonchasi” moduliga integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning pul aylanmalari toʻgʻrisida maʼlumotlar “Jarima maydonchasi” moduli orqali avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima maydonchalarida olti oydan ortiq muddat davomida saqlanayotgan transport vositalari, talab qilinmagan transport vositalari reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Jarima maydonchasi” modulining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan, jarima maydonchasiga joylashtirilgan hamda olib chiqishga ruxsat berilgan transport vositalarining yagona elektron roʻyxati va hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun barcha toʻlovlarni (huquqbuzarlik uchun jarimalar, jarima maydonchasida saqlanganlik uchun toʻlovlar va boshqa majburiy toʻlovlar) elektron shaklda toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqishga QR-kod bilan tasdiqlangan elektron ruxsatnomani Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali shakllantirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga “Jarima maydonchasi” moduli orqali elektron tarzda taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida 2026-yil 1-oktabrdan 2034-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatga tajriba tariqasida saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida “Jarima maydonchasi” moduli orqali elektron tarzda Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlab olish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — hududiy idoralararo komissiya) tomonidan tanlab olish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar hududiy idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga qoʻyiladigan hududlar roʻyxatini tayyorlash, tanlov predmetini hamda vaqtini tanlov oʻtkazilishidan kamida oʻn besh kun oldin “Jarima maydonchasi” moduliga kiritish va bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov qatnashchilari tomonidan kelib tushgan takliflarni “Jarima maydonchasi” moduli orqali baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalariga koʻra, gʻolibni aniqlash va tanlov natijalarini rasmiy veb-saytga joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlab olish boʻyicha idoralararo komissiya namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni tanlovda qatnashish uchun arizalar YIDXP orqali qabul qilinishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni hududiy idoralararo komissiya tomonidan “Jarima maydonchasi” modulida ochiq tanlov asosida tanlab olish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Jarima maydonchasi” modulini qonunchilik hujjatlariga muvofiq transport vositalarini ushlash vakolatiga ega boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilinishini hamda ishga tushirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jarima maydonchasi” modulini soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab qilinmagan transport vositalari reyestri yuritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima maydonchasiga joylashtirilganiga besh yildan ortiq boʻlgan, mazkur transport vositasining egasi (egasining vakili) tomonidan olib ketilmagan transport vositalarini xatlovdan oʻtkazsin, xatlov natijalariga koʻra ularni egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda sudga murojaat qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahri hokimligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-oktabrga qadar ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi qoʻshimcha kelishuvlar tuzilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2034-yil 1-dekabrga qadar mazkur qarorga asosan amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqib, uning ijobiy va salbiy jihatlarini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov hamda Toshkent shahri hokimi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
508-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 508-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish (evakuatsiya qilish), joylashtirish va saqlab turish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq transport vositalarini ushlab turish va ularni jarima maydonchasiga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha saqlab turish joylari — qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini olib kelish (evakuatsiya qilish), joylashtirish va vaqtincha saqlab turish uchun moʻljallangan maxsus hudud (keyingi oʻrinlarda — jarima maydonchasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jarima maydonchasi” moduli — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Jarima maydonchasi” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Jarima maydonchasi” moduli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalari — qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organining qarori asosida harakatlanishi cheklangan, ushlab turilgan, shuningdek, yoʻl harakati qoidalarini buzish natijasida haydovchisi hozir boʻlmagan yoki huquqbuzarlikni bartaraf etish imkoni boʻlmagan hollarda jarima maydonchasiga joylashtirilgan transport vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs — ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish (evakuatsiya qilish), joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakolatli davlat organi tomonidan transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bu haqda “Jarima maydonchasi” moduli orqali tegishli davlat organlariga, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlangan transport vositalarini jarima maydonchasiga olib kelish (evakuatsiya qilish), joylashtirish va saqlab turish bilan bogʻliq maʼlumotlarning elektron hisobi “Jarima maydonchasi” modulida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima maydonchasiga joylashtirilgan transport vositalarining kiritilishi, saqlanishi va chiqarib yuborilishi “Jarima maydonchasi” moduliga integratsiya qilingan videokuzatuv kameralari orqali doimiy nazorat qilinadi hamda elektron tarzda qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qidiruvdagi va ushlashga berilgan transport vositasi ushlanganda, shuningdek, yoʻl harakati qoidalarini buzgan transport vositasining haydovchisi hozir boʻlmaganda darhol hududiy ichki ishlar organining navbatchilik qismiga “Jarima maydonchasi” moduli orqali xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor navbatchi transport vositasi egasini yoki uning vakilini aniqlash choralarini koʻradi hamda transport vositasi ushlanganligi va jarima maydonchasiga olib ketilayotgani (evakuatsiya qilinayotgani) toʻgʻrisida ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakolatli davlat organi tomonidan transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqidagi xabar “Jarima maydonchasi” moduli orqali, ushlash joyiga eng yaqin boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxsga, shuningdek, tegishli davlat organlarining navbatchilik qismlariga yuboriladi. Mazkur yuridik shaxs xabarni olganidan soʻng transport vositasini evakuatsiya qilish uchun maxsus texnika vositasini (evakuator, manipulyator) ushlash joyiga darhol yuborish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar vakolatli davlat organining qarori asosida ushlangan transport vositalarini haydovchisi ishtirokisiz jarima maydonchasiga evakuatsiya qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida ushlangan transport vositasining haydovchisini ushbu transport vositasini boshqarishdan chetlatish yuzasidan zarur choralarni koʻradi, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani yoki transport vositasi ushlanganligi toʻgʻrisidagi qarorni rasmiylashtiradi, ushlangan transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan taqdirda undagi mol-mulk roʻyxatini oʻz ichiga oladigan dalolatnomani tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qoidalarini buzish natijasida haydovchisi hozir boʻlmagan yoki huquqbuzarlikni bartaraf etish imkoni boʻlmagan hollarda, transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish lozim boʻlganda transport vositasining tashqi koʻrinishi koʻzdan kechiriladi va bu haqida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma nusxalari chora qoʻllanilgan shaxsga, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxsning masʼul xodimiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxsning ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga olib kelish (evakuatsiya qilish) uchun masʼul boʻlgan xodimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish maqsadida uni qabul qilish uchun yonida xizmat guvohnomasiga hamda yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositalarini tashish (evakuatsiya qilish) huquqini beruvchi ishonchnomaga ega boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma yoki transport vositasini ushlash toʻgʻrisidagi qaror asosida qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi va konstruksiyasida kirish joylari nazarda tutilgan qismlarning (eshiklar, yukxona, kapot, benzin baki qopqogʻi va boshqalar) surgʻuchlanganini tekshiradi, ushlangan transport vositasini koʻzdan kechiradi hamda uni vakolatli davlat organidan qabul qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga olib kelish (evakuatsiya qilish) va unga joylashtirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ushlangan transport vositasining haydovchisi (egasi yoki egasining vakili) transport vositasini maxsus texnika vositasiga (oddiy yoki kran-manipulyatorli evakuatorga) yuklash ishlari boshlangunga qadar hozir boʻlib, huquqbuzarlikni bartaraf etgan taqdirda, transport vositasini jarima maydonchasiga olib ketish (evakuatsiya qilish) amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining qarori asosida harakatlanishi cheklangan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ushlangan transport vositasi maxsus texnika vositasiga (oddiy yoki kran-manipulyatorli evakuatorga) qisman yoki toʻliq yuklanganda ushbu transport vositasining haydovchisi (egasi yoki egasining vakili) hozir boʻlgan taqdirda, ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga olib ketish (evakuatsiya qilish) toʻxtatilmaydi hamda belgilangan tartibda davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga tegishli transport vositalari faqat maxsus texnika vositalari (evakuator, manipulyator) yordamida jarima maydonchasiga olib kelinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur transport vositalari vakolatli davlat organi tomonidan mustaqil ravishda jarima maydonchasiga olib kelinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushlangan transport vositalarini qabul qilish bayram va dam olish kunlaridan qatʼiy nazar uzluksiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlangan transport vositasi jarima maydonchasiga olib kelinganidan soʻng, uning egasi yoki ishonchnoma asosida boshqarish vakolatiga ega boʻlgan shaxsning belgilangan tartibdagi murojaati asosida, transport vositasiga tegishli kalit (pult) va boshqa jihozlar (agar ular transport vositasi bilan birga topshirilgan boʻlsa) unga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlangan transport vositasining egasiga yoki ishonchnoma asosida boshqarish vakolatiga ega boʻlgan shaxsga “Jarima maydonchasi” moduli orqali jarima maydonchasida saqlanayotgan transport vositasini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jarima maydonchasidagi ushlangan transport vositasi oldiga, uning egasi yoki egasining vakili kelishiga, ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli davlat organi xabardor qilinganidan soʻng, jarima maydonchasining masʼul xodimi ishtirokida ruxsat beriladi hamda bu haqida “Jarima maydonchasi” moduliga tashrif buyuruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushlangan transport vositasini saqlab turish muddati, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma yoki transport vositasini ushlash toʻgʻrisida qaror asosida uni maxsus texnika vositasiga (evakuatorga) joylashtirilgan paytdan boshlab sutkalarda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushlangan transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgandan keyin jarima maydonchasidan olib chiqishga “Jarima maydonchasi” moduli orqali ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib yuborish boʻyicha ruxsatnoma faqat maʼmuriy ishni koʻrib chiquvchi organning mansabdor shaxslari tomonidan “Jarima maydonchasi” moduli orqali rasmiylashtirilib, QR-kod bilan tasdiqlanadi va elektron tarzda transport vositasi haydovchisiga hamda saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga “Jarima maydonchasi” moduli orqali bir ish kunida yuboriladi, bunda transport vositasi haydovchisining telefon raqamiga qisqa xabar (SMS) joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushlangan transport vositasining haydovchisi (egasi, egasining vakili) tomonidan xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxsga ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga olib kelish (evakuatsiya qilish) va saqlab turish uchun belgilangan toʻlov toʻlangandan keyin “Jarima maydonchasi” moduli orqali berilgan ruxsatnoma asosida transport vositasi jarima maydonchasidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jarima maydonchasi” moduli orqali rasmiylashtirilmagan ruxsatnomalar asosida ushlangan transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib yuborish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilingan taqdirda, transport vositasi, mazkur qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi hujjat asosida jarima maydonchasidan chiqarib yuboriladi. Bunda haydovchi tomonidan sarflangan xarajatlar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli davlat organining mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlangan transport vositasini olib kelish (evakuatsiya qilish) va saqlab turish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun xarajatlar haydovchiga nisbatan noqonuniy ravishda qaror yoki bayonnoma rasmiylashtirgan xodimdan belgilangan tartibda regress tartibida undirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlangan transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish bayram va dam olish kunlaridan qatʼiy nazar uzluksiz davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jarima maydoniga olib kelingan transport vositalarining soni, saqlab turish muddatlari, ularni olib kelish va saqlab turish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumotlar (hisobotlar) “Jarima maydonchasi” moduli orqali yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashish (evakuatsiya) paytida ushlangan transport vositasiga yetkazilgan zarar, agar u xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxsning aybi bilan yetkazilgan boʻlsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida transport vositasi xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxsning masʼul xodimiga topshirilgunga qadar, transport vositasining saqlanishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli vakolatli davlat organi masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushlangan transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgandan keyin uning saqlanishi uchun xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxs javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushlab turish sabablari toʻliq bartaraf etilmasdan turib transport vositasini chiqarib yuborish yoki undan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish yuzasidan nazorat tadbirlari “Jarima maydonchasi” moduli orqali, shuningdek, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining xodimlari tomonidan transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib yuborish yoki undan noqonuniy foydalanish holatlarini joyga chiqqan holda nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizom talablarining bajarilishini nazorat qilish “Jarima maydonchasi” moduli orqali transport vositalarini ushlab turish vakolati berilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 508-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlab olish boʻyicha idoralararo komissiyaning namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozim boʻyicha

—

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, komissiya raisi

Lavozim boʻyicha

—

Toshkent shahar IIBB JXX YHXB boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari

Lavozim boʻyicha

—

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari

Lavozim boʻyicha

—

Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari

Lavozim boʻyicha

—

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi

Lavozim boʻyicha

—

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi

Lavozim boʻyicha

—

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi

Lavozim boʻyicha

—

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

Lavozim boʻyicha

—

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi

Lavozim boʻyicha

—

Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshligʻi

Lavozim boʻyicha

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshligʻi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 508-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari) vaqtincha saqlab turish joylariga (keyingi oʻrinlarda — saqlab turish joylari) olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) asosida elektron tarzda tanlab olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transport vositalarini saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq rioya etilishini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslarni aniqlash tanlov oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar — tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarning bir-birlari faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini tashkil etish va ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlgan davlat organi (Toshkent shahar hokimligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiya — vakolatli organ huzurida tashkil etiladigan, qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni aniqlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazish, ishtirokchilarni baholash va gʻolibni aniqlash bilan shugʻullanuvchi kollegial organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — taklif etilgan shartlarda tanlovda qatnashish niyatini maʼlum qilgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflari — tanlov qatnashchisining transport vositalarini saqlab turish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov predmeti — transport vositalarini saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatishga boʻlgan huquq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov qatnashchisi — tanlovda qatnashishga qoʻyilgan talabgor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi — tanlov yakunlariga koʻra taklifi eng maqbul deb topilgan qatnashchi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Jarima maydonchasi” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Jarima maydonchasi” moduli) orqali oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlab olish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — idoralararo komissiya) tanlovni “Jarima maydonchasi” moduli orqali tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlovni oʻtkazish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik va baholashning xolisligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchilarning tanlov hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar asosida raqobatlashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom raqobat uchun shart-sharoitlarning tengligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovlarni faqat “Jarima maydonchasi” moduli orqali elektron tarzda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda belgilangan talablarga eng toʻliq javob beradigan xizmat koʻrsatuvchini gʻolib deb topish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov ochiq hisoblanadi va unda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilarning mulk majmuasi vakolatli organ tomonidan tanlov hujjatlarida belgilangan transport vositalari uchun minimal saqlab turish joylari umumiy sonining kamida 20 foizini qamrab olishi, shuningdek, belgilangan talablarga toʻliq muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi talabgorlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining vaqtincha saqlab turish joylarini joylashtirish va jihozlash boʻyicha vakolatli organ tomonidan belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiq talab etiladigan saqlab turish joylari soniga ega boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlgan mulkiy majmualari va (yoki) vakolatli organ tomonidan belgilangan eng kam sondan kam boʻlgan maxsus texnika vositalari (oddiy va kran-manipulyatorli evakuatorlar) boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan yoki tugatish bosqichida boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulki xatlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻon yoki soxta maʼlumotlar taqdim etgan talabgorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organning tanlovni tashkil etish va oʻtkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning mulk majmualaridagi (egalik huquqi yoki ijara asosida) transport vositalarini saqlab turish joylarining minimal sonidan, shuningdek, bu joylarning kamida 20 foizi joylashtirish va jihozlash boʻyicha texnik talablarga muvofiq boʻlishidan hamda talabgor mulkida boʻlishi lozim boʻlgan maxsus texnika vositalari (oddiy va kran-manipulyatorli evakuatorlar) minimal sonidan, shuningdek, tegishliligi boʻyicha hududning maʼmuriy-hududiy boʻlinishining joylashishidan kelib chiqqan holda transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchilar sonini aniqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonlarni “Jarima maydonchasi” moduliga hamda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibiga ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron guvohnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi bilan shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini saqlab turish xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlariga amal qilmaslik holatlari yuzasidan dalolatnomalarni rasmiylashtirish va shartnoma shartlariga muvofiq qonuniy choralarni koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tegishli hudud transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchisiz qolgan holatda navbatdagi tanlov natijalari eʼlon qilingunga qadar ushlangan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalariga tegishli joylarda vaqtincha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tegishli hudud quyidagi hollarda transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchisiz qolgan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda talabgorlardan birorta ham taklif kelib tushmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalariga koʻra gʻolib aniqlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi shartnoma tuzishdan bosh tortganda yoki belgilangan muddatda shartnoma tuzmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlab turish xizmatini koʻrsatuvchining faoliyati belgilangan tartibda toʻxtatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlar, tabiiy ofatlar yoki boshqa yengib boʻlmas kuch (fors-major) holatlari oqibatida xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlov doimiy asosda ishlaydigan idoralararo komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo komissiya aʼzolari soni qoida tariqasida 11 kishidan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaga Toshkent shahar hokimining tegishli oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya, zaruriyatga koʻra, komissiya raisi, shuningdek, uning aʼzolari taqdimiga binoan, olti oyda kamida bir marta chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Idoralararo komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonni “Jarima maydonchasi” modulida joylashtirish muddatlarini, tanlov takliflarini taqdim etishning boshlanish va tugash sanasi hamda vaqtini, shuningdek, ularni koʻrib chiqish sanasi va vaqtini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan “Jarima maydonchasi” moduli orqali taqdim etilgan tanlov takliflarini koʻrib chiqadi, ularning tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga (hujjatlarning toʻliqligi, toʻgʻri rasmiylashtirilgani) muvofiqligini tekshiradi, tanlov takliflarini belgilangan mezonlar asosida baholaydi hamda tanlov natijalari boʻyicha bayonnomani tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda, tanlov takliflarini baholash uchun mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni) jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlarda, yangi tanlov oʻtkazgan holda, transport vositalarini saqlab turish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo komissiya qarorlari, agar majlisda uning aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi qarorni yoqlab ovoz bergan taqdirda, qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorlar idoralararo komissiyaning majlisda qatnashadigan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda komissiya majlisi oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida “Jarima maydonchasi” moduli orqali tanlov ishtirokchilariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish Toshkent shahar hokimligi qarori bilan belgilanadigan ishchi organga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Idoralararo komissiyaning ishchi organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlarini (jumladan, tanlovga qoʻyiladigan hududlar roʻyxatini) tayyorlaydi, tanlov oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin tanlov predmetini, uning asosiy shartlarini, uni oʻtkazish tartibi, shu jumladan, tanlov qatnashchilari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlaydi, komissiya aʼzolarini majlis oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi hamda tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilari tomonidan “Jarima maydonchasi” moduli orqali taqdim etilgan tanlov takliflarining qabul qilinishi, roʻyxatga olinishi va saqlanishini hamda ularning mazmuni idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar maxfiyligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiya tomonidan jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan tanlov tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organ oʻz tashabbusi bilan yoki jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari asosida tanlovga qoʻyiladigan hududlar roʻyxatini tayyorlaydi, tanlov predmetini va vaqtini tanlov oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin “Jarima maydonchasi” moduliga kiritadi va bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlovda qatnashish uchun takliflar tanlov qatnashchilari tomonidan “Jarima maydonchasi” moduli orqali taqdim etiladi va bu maʼlumotlar tanlov qatnashchilari haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov qatnashchilari tomonidan tanlov takliflarini taqdim etish muddati tanlov eʼlon qilingan kundan boshlanib, oʻn besh ish kunini tashkil etadi va “Jarima maydonchasi” modulida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov takliflari belgilangan muddat yakunlangandan keyin qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov qatnashchisi tanlov takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlov taklifini qaytarib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov qatnashchilari tanlov boʻyicha belgilangan talablarni “Jarima maydonchasi” moduli orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Jarima maydonchasi” modulida tanlov oʻtkazilgunga qadar tanlov qatnashchilari tomonidan yuborilgan takliflarni koʻrish imkoniyati boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq maʼlumot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov takliflarining mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov takliflarida quyidagi talablar va maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor egaligidagi (mulk yoki ijara huquqi asosida) mulkiy majmualarda joylashgan, transport vositalarini saqlab turish uchun moʻljallangan, joylashtirish va jihozlash boʻyicha texnik talablarga javob beradigan transport vositalarining toʻxtab turish joylaridagi transport vositalarini saqlab turish joylari soni hamda bir transport vositasini saqlab turish uchun taklif etilayotgan maydon hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish vaqtida transport vositalarini saqlab turish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning mulk egaligida boʻlgan, transport vositasini saqlab turish joyiga oʻz vaqtida olib kelishni taʼminlash uchun moʻljallangan maxsus texnika vositalari (oddiy va kran-manipulyatorli evakuatorlar) mavjudligi va ularning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish uchun moʻljallangan joyning turi (yopiq binoda yoki ochiq maydonda joylashganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etish imkoniyati mavjudligini tasdiqlovchi boshqa maʼlumotlar va hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov qatnashchilari tanlov takliflarining barcha bandlariga doir haqqoniy, toʻliq va batafsil axborotlarni yuborishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlov takliflarini baholash va gʻolibni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov qatnashchilari tomonidan tanlov boʻyicha kelib tushgan takliflar “Jarima maydonchasi” moduli orqali baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlov takliflarini baholash va gʻolibni aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bitta transport vositasining toʻxtash joyi uchun tavsiya etilayotgan maydon uchun — hisoblangan darajadagidan (25 kv metr) ortiq boʻlgan har bir punkt uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda, 5 balli tizim boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) saqlab turish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar uchun — 10 balli tizim boʻyicha. Baholash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar bilan toʻxtab turishga qoʻyilgan transport vositasi oraligʻidagi normativ boʻyicha yongʻin xavfsizligi masofasini (6 metr) taʼminlaganlik uchun — 5 ball. Yongʻinga qarshi normativdan ortiq masofa (6 metrdan ortiq) taʼminlangan taqdirda, yongʻinga qarshi masofaning oshirilgan har bir metri uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻxtash joylari meʼyoriy hujjatlar asosida tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimi taʼminlaganligi uchun — 5 ball. Toʻxtash joyidan yongʻin gidrantigacha boʻlgan masofa kamaytirilgan taqdirda masofaning har bir metri uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabgor egaligidagi (mulk yoki ijara huquqi asosida) mulkiy majmualarda joylashgan, transport vositalarini saqlab turish uchun moʻljallangan toʻxtab turish joylarida joylashtirish va jihozlash boʻyicha texnik talablarga muvofiq keladigan saqlab turish joylari soni uchun — vakolatli organ tomonidan belgilangan eng kam miqdordan har bir foizga ortishi uchun koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda 10 ballik tizim boʻyicha baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) maxsus texnika vositalarining (oddiy va kran-manipulyatorli evakuatorlar) mavjudligi uchun — vakolatli organ tomonidan belgilangan eng kam miqdordan har bir foizga ortishi uchun koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda 35 ballik tizim boʻyicha baholanadi. Baholash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oddiy evakuatorlar — 5 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kran-manipulyatorli evakuatorlar — 30 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) transport vositalarini saqlab turish uchun moʻljallangan joy shaharning chekka hududida joylashtirilishi — 30 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatnashchi tanlov takliflarining yakuniy bahosi yuqorida sanab oʻtilgan koʻrsatkichlar boʻyicha ballarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflari eng yuqori ballar sonini olgan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda gʻolib teng ballar olgan qatnashchilarning tanlov takliflaridagi quyidagi mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan talablardan qoʻshimcha jihozlar va transport vositalarini saqlab turish uchun sharoitlar (transport vositalarini quyosh, yomgʻir-qordan saqlash uchun sharoit yaratilgan holatiga qarab) yaratilganligiga qarab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini saqlab turish joylarida maxsus transport vositalarining (oddiy va kran-manipulyatorli evakuatorlar) ishlab chiqarilgan yiliga qarab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini saqlab turish joylarining sigʻimiga qarab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta gabaritli transport vositalarini saqlab turish uchun imkoniyatning mavjudligiga qarab takliflar qayta koʻrib chiqilib, gʻolib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlov yakunlari, xususan, qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, takliflarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish natijalari “Jarima maydonchasi” modulida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agar tanlov davomida faqat bir nafar qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tanlov takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlganda mazkur qatnashchi gʻolib deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qatnashchining takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmasa, “Jarima maydonchasi” moduli tomonidan rad etiladi va takroriy tanlov tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tanlov natijalari boʻyicha maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytiga tanlov oʻtkazilib, baholangandan keyin darhol joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tanlov gʻolibining takliflarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tanlov gʻolibining takliflari vakolatli organning masʼul xodimlari tomonidan transport vositalarini saqlab turish uchun tashkil etilgan joyga chiqqan holda oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga masʼul xodimlar mulk majmualarini oʻrganib, ularning transport vositalari uchun minimal saqlab turish joylari umumiy sonining kamida 20 foiziga tegishli talablarga muvofiqligini tekshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayoniga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish vaqti va manzili oldindan kelishiladi hamda tanlov gʻolibi aniqlangandan keyin besh kun ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayonini ochiq va shaffof tashkil etish maqsadida saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vakolatli organning masʼul xodimlari maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganishdan oldin tanlovning barcha ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Jarima maydonchasi” moduliga kiritishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi va uning affillangan shaxsi tanlov boʻyicha ayni bitta lotda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari boʻlgan vakolatli organning masʼul xodimlari keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganishda ishtirok etmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uning oʻrniga boshqa xodim keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini oʻrganish uchun tayinlanadi. Masʼul xodim tomonidan affillanganlik toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar “Jarima maydonchasi” modulida yopiq saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vakolatli organ tanlov gʻolibining “Jarima maydonchasi” moduli orqali yuborgan takliflaridagi maʼlumotlarning haqiqiyligiga shubha yuzaga kelsa, ularni tasdiqlovchi hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oʻrganish natijalari va tegishli foto va videotasvirlar vakolatli organ tomonidan “Jarima maydonchasi” moduliga yuklanadi. Yuklangan maʼlumotlar shartnomaning amal qilish muddati yakunlanishiga qadar saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vakolatli organ tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari yuzasidan tanlov qatnashchilariga tushuntirishlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tanlov gʻolibi bilan hujjatlarni rasmiylashtirish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Vakolatli organ bilan tanlov gʻolibi oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma ommaviy oferta shaklida “Jarima maydonchasi” moduliga tanlov eʼlon qilingan paytda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻolibi aniqlangandan soʻng besh kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Quyidagi hollarda tanlov qatnashchisining gʻolibligi bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilingan maʼlumotlar vakolatli organga (oldindan kelishilgan vaqt va manzilga) ularning haqiqatda mavjudligini oʻrganish uchun taqdim qilinmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibining aybi bilan “Jarima maydonchasi” moduliga oʻn ish kuni ichida integratsiya qilish choralari koʻrilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jarima maydonchasi” moduliga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda sababsiz akseptlanmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi oqibatida toʻplangan ballar keyingi qatnashchi toʻplagan ballardan kamayib ketsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov qatnashchisining gʻolibligi bekor qilingan taqdirda, eng koʻp ballar miqdori boʻyicha keyingi qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi. Keyingi qatnashchining tanlov takliflaridagi maʼlumotlarning haqiqiyligi belgilangan tartibda oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Quyidagilar transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish huquqini bekor qilish uchun asoslar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi transport vositalarini saqlab turish joyidan maʼmuriy ishni koʻrib chiquvchi organ yoki ijro organining mansabdor shaxslari tomonidan “Jarima maydonchasi” moduli orqali rasmiylashtirilmagan ruxsatnomasiz chiqarib yuborilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida komissiyaga yuborgan yozma bildirishnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnomaning unda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi yoki amal qilish muddatining tugashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgani yoki uni tugatish amaliyotining boshlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. “Jarima maydonchasi” modulidagi tanlov yakunlari asosida tanlov gʻolibi bilan shartnomalar tuzish hamda ularning talab va shartlariga rioya etilishi ustidan vakolatli organ tomonidan muntazam monitoring olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tanlov gʻolibi bilan vakolatli organ oʻrtasida 10 yil muddatga transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish kun avval hudud boʻyicha qayta eʼlon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi tomonidan shartnoma talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlansa, vakolatli organning masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tanlov gʻolibi taklif etgan taʼrif darajasi boʻyicha kamida ikki yil transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Shartnoma shartlariga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar tomonlarning qoʻshimcha kelishuviga asosan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tanlov ishtirokchilari tanlov natijalaridan norozi boʻlgan hollarda, belgilangan tartibda sudga yoki yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun tanlov tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vakolatli organ

Tanlovga qoʻyiladigan hududlar roʻyxatini shakllantiradi, lot talablari, tanlov predmetini “Jarima maydonchasi” moduliga kiritadi va bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon beradi.

Tanlov oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin

2-bosqich

Ariza beruvchi

1. “Jarima maydonchasi” moduli orqali roʻyxatdan oʻtadi.

2. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi (zarur hujjatlarning elektron shaklini ilova qilgan holda) hamda oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.

Tanlov eʼlon qilingandan soʻng 15 kun ichida

3-bosqich

“Jarima maydonchasi” moduli

Soʻrovnoma tegishli Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga joʻnatiladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

“Jarima maydonchasi” moduli

1. Tanlov qatnashchilari tomonidan tanlov boʻyicha kelib tushgan takliflar baholanadi.

2. Tanlov takliflarini baholash har bir qatnashchi boʻyicha aniqlanadi. Eng koʻp ball toʻplagan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.

15 kun ichida

5-bosqich

“Jarima maydonchasi” moduli

Tanlov natijalari boʻyicha maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Tanlov oʻtkazilgandan keyin darhol

6-bosqich

Vakolatli organ

Tanlov gʻolibi bilan transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadi.

Tanlov yakunlari boʻyicha

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 508-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom yuridik shaxslar tomonidan Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylarida saqlab turish xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — transport vositalarini saqlab turish xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga qoʻyilgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatish uchun egaligida (mulk yoki ijara huquqi asosida) mulkiy majmua boʻlgan va belgilangan tartibda tanlab olingan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslarning ijara huquqi asosida egaligidagi mulkiy majmualar boʻyicha ijara shartnomalari muddati 10 yildan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunchilik hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlab turish joylari (keyingi oʻrinlarda — jarima maydonchasi) quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq qoplama, transport vositalarini saqlab turish joylarining maydonini real vaqt rejimida toʻliq koʻrish imkonini beruvchi kuzatuv kameralari, yoritish, axlat toʻplash uchun konteynerlar, suvni tindiradigan yomgʻir kanalizatsiyasi, yongʻinga qarshi vositalar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻxtash joylariga olib kelingan transport vositalarini kirib-chiqishini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Jarima maydonchasi” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Jarima maydonchasi” moduli) orqali nazorat qilish hamda transport vositalarining davlat raqam belgilarini tanib olish imkonini beruvchi kuzatuv kamera, shlagbaum va boshqa texnika vositalarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududga kirish va undan chiqish uchun maxsus ajratilgan joylar mavjudligi. Kirish (chiqish) joylari yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashni hisobga olingan holda ajratilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hudud 2 metrdan past boʻlmagan temir-beton (metall, gʻisht, shlakoblok) devor bilan oʻralgan boʻlishi kerak. Oʻralgan hududda 50 ta va undan ortiq transport vositasini saqlab turish nazarda tutilgan toʻxtash joyida kamida ikkita kirish (chiqish) yoʻllari boʻlishi kerak. Oʻralgan devorda darvozalarning kengligi kamida 4,5 metr boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar hudud bir necha qatorga joylashtiriladigan transport vositalarini saqlab turish imkonini bersa, u holda hudud ichida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun tasmalar ajratilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish (chiqish)ning ajratilgan joyiga nazoratchi kassirning xonasi tutashgan boʻlishi kerak, u yerda koʻrinarli joyda tashqi tomonga transport vositalarini saqlab turish xizmatlari amalga oshirishning tariflari va shartlari toʻgʻrisida yirik harflarda (harflarning kattaligi kamida 3 sm boʻlishi kerak) maʼlumot joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus jihozlangan transport vositalari uchun kamida ikkita toʻxtash joyi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta transport vositasining toʻxtash joyi uchun hisoblangan maydon 25 kv metrga teng deb qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻxtash joyi hududida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, qoʻriqlash xodimlari uchun xonalar boʻlishi va u begona shaxslarning kirishiga imkon bermaydigan holda toʻsilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va saqlab turilgan transport vositalari oʻrtasidagi yongʻinga qarshi oraliq loyihalashtirish normalari talablariga muvofiq kamida 6 metr boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarini jarima maydonchasi hududida joylashtirish har bir saqlab turilgan transport vositasiga maxsus texnika vositalarining (oddiy va kran-manipulyatorli evakuatorlar) kirib borishi va tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalaridan yongʻin-qutqaruv avtomobillari suv olish imkoniyatini hisobga olingan holda amalga oshiriladi, bunda asosiy oʻtish joylarining kengligi kamida 4 metr boʻlishi kerak. Boshi berk yoʻllarning oxirida 12x12 metr oʻlchamli aylanib olish maydonchasi boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi tashqi suv taʼminoti tizimi bilan taʼminlangan aholi punktlarida toʻxtash joyidan yongʻin gidrantigacha boʻlgan eng uzoq masofa 150 metrdan ortiq boʻlmasligi kerak. Toʻxtash joyi suvsiz tumanda joylashtirilgan taqdirda uning hududida meʼyoriy hujjatlar talablariga asosan yongʻinga qarshi suv hovuz boʻlishi kerak. Yongʻinga qarshi shitlar va yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari soni yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima maydonchalari hududida joylashgan va qoʻriqlash postlarini joylashtirish, keluvchilarni qabul qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va toʻlov uchun moʻljallangan binolar va inshootlar telefon aloqasi, ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining naryadlarini tez chaqirish tugmasi bilan taʼminlangan, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari normativ soni bilan jihozlangan, sunʼiy yoritilgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima maydonchalari hududida yongʻin gidrantlarining joylashish joyi davlat standartlari boʻyicha yorituvchi koʻrsatkichlar bilan taʼminlanadi va transport vositasini quduq oldida va quduqning har ikki tomonida 1,5 metr masofada yongʻin gidranti qudugʻi lyuki ustida joylashtirishga toʻsqinlik qiladigan 15 sm balandlikdagi bordyur bilan toʻsiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima maydonchalari har bir 10 transport vositasiga 1 tros (buksir) hisobidan evakuatorlar, tortish troslari (yuk transport vositalari saqlangan taqdirda qattiq shataklar) bilan jihozlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini saqlab turish joylariga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari “Jarima maydonchasi” moduli bilan integratsiya qilingan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda harakatlar rejasini ishlab chiqishi hamda evakuatsiya rejasi (sxemalar) koʻrinarli joylarga joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jarima maydonchalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududga begona shaxslarni qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini ularni joylashtirish rejasini buzgan holda toʻxtash joylarining hisoblangan sonidan ortiqcha qabul qilish va joylashtirish, transport vositalari oʻrtasidagi masofani kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqish darvozalarini va oʻtish yoʻllarini tiqilinch qilib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biror-bir yongʻin chiqaradigan taʼmirlash ishlarini bajarish, eshiklar va dvigatellarni muzdan tozalash uchun ochiq olovdan foydalanish, yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining yonilgʻi baklarini ogʻzi ochiq holda saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar ushlangan transport vositalarini jarima maydonchasiga oʻz vaqtida olib kelishni taʼminlashi uchun maxsus texnika vositalarining (evakuatorlar, shatakka tortish troslari, qattiq shataklar, va kran-manipulyatorli evakuatorlar) yetarlicha soniga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasiga va bank kartalaridan toʻlovlarni qabul qiladigan hisob-kitob terminaliga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarini saqlab turish xizmatlari va ularni tashish (evakuatsiya) xarajatlari hamda evakuator (manipulyator)ning chaqiruv joyiga transport vositasini yuklamasdan chiqib kelish xarajatlari uchun toʻlovlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlari xarajatlari hisob-kitobi har bir toʻliq sutka uchun amalda saqlangan muddatdan kelib chiqib nazorat-kassa mashinasi yoki hisob-kitob terminali cheki majburiy berilgan holda transport vositasi hududdan chiqayotganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlari uchun haq toʻlash naqd pul shaklida, shuningdek, bank kartalari yoki boshqa toʻlov usullaridan foydalangan holda naqd pulsiz amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan kundan boshlab olti oydan ortiq muddat davomida saqlanayotgan boʻlsa, ular talab qilinmagan transport vositalari reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda transport vositalari boʻyicha transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) transport vositasi egasini uni olib ketish va mavjud qarzdorlikni soʻndirish zarurligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilishni taʼminlaydi, shuningdek, transport vositasini evakuatsiya qilish va saqlab turish bilan bogʻliq qarzdorlik miqdorini hisoblab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, tegishli materiallarni Majburiy ijro byurosiga yuborish orqali undirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) transport vositalarini saqlab turganlik uchun qarzdorlikni undirish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasi jarima maydonchasida joylashtirilgan kundan boshlab oʻn ikki oydan ortiq muddat davomida saqlanayotgan boʻlsa va egasi tomonidan murojaat qilinmagan taqdirda, transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan birgalikda transport vositasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda egasiz deb topish masalasini koʻrib chiqish uchun sud organlariga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasini undiruvga qaratish hamda uni realizatsiya qilish ijro ishi yurituvi doirasida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar sanitariya va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya qilinishi, transport vositalari jarima maydonchasiga olib kelinishi, saqlanishi, shuningdek, transport vositasi salonidagi shaxsiy buyumlar saqlanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vositalarini saqlab turish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ofatlar (zilzila, dovul, suv toshqini) vaqtida transport vositalari shikastlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima maydonchasi hududidan chiqqandan keyin transport vositalarini saqlab turishga boʻlgan daʼvolar uchun javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizom talablarining bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimligi hamda “Jarima maydonchasi” moduli orqali transport vositalarini ushlab turish vakolati berilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 508-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 149-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizom Toshkent shahrida transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizom transport vositalarini tanlov asosida elektron tarzda tanlab olish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va Toshkent shahri” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-bandning “v” kichik bandidagi “va Toshkent shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Nizom transport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va Toshkent shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-banddagi “va Toshkent shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 11-avgustdagi 358-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2026-y., 09/26/508/0961-son)