Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001 12.04.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 134
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Nizomi, 12.04.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 134
Kuchga kirish sanasi
12.04.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLANGAN”

Mehnat vazirligi
hayʼatining 1995-yil 18-fevral
2/4-son qarori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI DAVLAT MEHNAT TEXNIKA INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 12-aprelda 134-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 27-avgustdagi 138-mh-sonli buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan va davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining davlat mehnat texnika inspeksiyasi va uning joylardagi quyi boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalarining davlat mehnat texnika inspeksiyalari ishlab chiqarish usuli, mulk va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasida vazirliklar, korporatsiyalar, assotsiatsiyalar, konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, hissadorlik jamiyatlari davlat, jamoa, Fermer xoʻjaliklari, kichik korxonalar va qoʻshma korxonalar (bundan buyon korxonalar)da mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi yagona tizimni tashkil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi oʻz faoliyatida Prezident farmonlari, Oliy Majlisning qonun va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” gi Qonuni, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek ushbu nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat mehnat (bosh) texnika inspektori lavozimlariga tegishli oliy maʼlumotga va mazkur mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik amaliy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi oʻz faoliyatini mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va kasaba uyushmalari mehnat texnika inspeksiyalari bilan yaqin aloqada olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mehnat (bosh) texnika inspektorlariga yagona shakldagi guvohnomalar beriladi, ularning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mehnat vazirligi davlat mehnat texnika inspeksiyasi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat vazirligi Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasining davlat mehnat texnika inspeksiyasi boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalari mehnatni muhofaza qilish boʻlimlarining davlat mehnat texnika inspektorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalarning tuman, shahar mehnat birjalari qoshidagi davlat mehnat texnika inspektorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasining boshligʻi va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mehnat bosh texnika inspektorlaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari mehnatni muhofaza qilish boʻlimlarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar davlat mehnat bosh texnika inspektorlari va bir vaqtda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari va mehnat boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari hisoblanadilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat mehnat texnika inspeksiyalarining tuzilmasi va shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat mehnat texnika inspeksiyasining asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga hamma joyda rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlariga erishishlarida yordam berish, shuningdek ish beruvchilar va boshqa toifadagi masʼul xodimlar tomonidan ularning mehnatni muhofaza qilinishiga boʻlgan huquqlarini cheklaydigan noqonuniy harakatlaridan himoya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarga lozim boʻlgan maxsus kiyim, poyabzal, boshqa shaxsiy va jamoa himoya vositalarini ish beruvchilar tomonidan oʻz vaqtida berilishini belgilangan tartibda nazorat qilishni taʼminlash.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat mehnat texnika inspektorlarini oʻqitish va malakasini oshirishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat mehnat texnika inspektorlarining vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha boshqa normativ hujjatlarga, avvalo texnologik jarayonlarning, texnologiya va energetik asbob-uskunalarning, transport vositalarining, shamollatish va konditsioner tizimlarining xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq boʻlishiga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishlab chiqarishda shikastlanish holati va sabablarini tahlil qilish, belgilangan tartibda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xavfsizlik texnikasining yagona tarmoqlararo qoidalari va meʼyorlari, qurilish meʼyorlari va qoidalari (SNiP), andozalar hamda mehnatni muhofaza qilishning boshqa normativ hujjatlari loyihalari boʻyicha xulosalar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Loyihadan mehnat sharoitlarini yomonlashtiruvchi va uning xavfsizligini kamaytiruvchi chetlashishlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqarish obyektlarining qurilishi va amaldagilarining qayta qurilishi, ularni foydalanishga topshirilishini belgilangan tartibda ogohlantirish nazoratini amalga oshirish.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Davlat mehnat texnika inspektorlarining huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejalari asosida (soliq, moliya) organlari oʻtkazadigan ayni bir vaqtdagi rejali kompleks tekshirishlar davomida, qoidaga koʻra, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish.
(V boʻlim birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.1 Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda nazorat tekshirishlarini amalga oshirish.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga asosan kiritilgan (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ish beruvchilar, korxona rahbarlari va mansabdor shaxslarga korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha boshqa normativ hujjatlarning buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar, meʼyorlar, andozalarning buzilishida aybdor boʻlgan korxona rahbarlari, mansabdor shaxslar va boshqa masʼul xodimlarga belgilangan tartibda jarima solish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tekshirishlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni olish.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarning xodimlar hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdiradigan buzilishlari aniqlansa, ishlab chiqarishlar, ustaxonalar, dastgohlar ishini bu buzilishlar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻqish va qoidalar, meʼyorlar, yoʻriqnomalar boʻyicha bilimlar tekshiruvidan oʻtmagan shaxslarni ishdan chetlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar, meʼyorlar, andozalarni muntazam ravishda buzadigan, mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiladigan va tekshiruv oʻtkazadigan organlarning yozma koʻrsatmalarini bajarmaydigan, ishi toʻxtatilgan ishlab chiqarishlar, ustaxonalar, dastgohlarning ishini oʻzboshimchalik bilan qayta boshlagan shaxslarni egallab turgan lavozimidan boʻshatish toʻgʻrisida korxona rahbarlari va ularning boʻysunishi tartibiga qarab yuqori organlarga taqdimnomalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilikning buzilish xollari, davlat mehnat (bosh) texnika inspektorining yozma koʻrsatmalarini bajarmaslik hollari boʻyicha daʼvo talabnomalari va boshqa hujjatlarni tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sertifikati boʻlmagan yoki davlat andozalari va texnik shartlarga muvofiq boʻlmagan shaxsiy va jamoa himoya vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni man etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Korxona rahbarlaridan zarur boʻlgan xollarda binolar, inshootlar, ishlab chiqarish jihozlari va boshqa jihozlar holatini ulardan keyinchalik ham foydalanish mumkinligini aniqlash uchun texnik ekspertizadan oʻtkazishni talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Davlat mehnat bosh texnika inspektori, davlat mehnat texnika inspeksiyasi boʻlimi va davlat mehnat, texnika inspektorlarining vakolati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mehnat bosh texnika inspektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari boʻyicha xulosalarni, mehnatni muhofaza qilish qoida va meʼyorlari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida avval berilgan yozma koʻrsatmalarni, ishlab chiqarishlar, ustaxonalar, dastgohlardan foydalanishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlarni bekor qilish kerakligi toʻgʻrisida qatʼiy qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat mehnat texnika inspeksiyasi boʻlimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha quyi davlat mehnat texnika inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishni va ularga uslubiy ragʻbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish haqida takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar va meʼyorlarni qoʻllash va ularga rioya qilish boʻyicha eng muhim muammolarni Mehnat vazirligi hayʼati koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat muhofazasi boʻyicha har yili Hukumatga beriladigan axborotni shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻrganish, umumlashtirish va mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga taqdim qilish uchun quyi mehnat inspeksiyalariga koʻrsatmalar va topshiriqlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash boshqarmalari davlat mehnat texnika inspektorlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik, qoidalar va meʼyorlarga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat va tekshiruvini amalga oshiradi;
(30-band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 14-dekabrda tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tahririda (roʻyxat raqami 134-1, 05.02.1999-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning mansabdor shaxslari va boshqa masʼul xodimlarini mehnatni muhofaza qilish qoida, meʼyor va yoʻriqnomalari boʻyicha oʻqitish va bilimlarini tekshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori organlarga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot va mehnat muhofazasi holati boʻyicha har yili Hukumatga beriladigan axborot uchun kerakli maʼlumotlarni belgilangan tartibda beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda aniqlangan mehnat muhofazasi boʻyicha qonunchilik, qoidalar, meʼyorlar va andozalarning buzilishlari toʻgʻrisida jamoatchilik, mehnat jamoalarini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishga boʻlgan huquqlarning buzilishi toʻgʻrisida murojaat qilgan xodimlarni qabul qiladi va ularning arizalari, xatlari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini koʻrib chiqadi, yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Davlat mehnat texnika inspektorlarining yozma koʻrsatmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat mehnat texnika inspektorining yozma koʻrsatmasini olgan ish beruvchilar, korxona rahbarlari va mansabdor shaxslar talab qilingan chora-tadbirlar koʻrsatilgan muddatda bajarilganligini unga maʼlum qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat mehnat texnika inspektorlarining yozma koʻrsatmalari boʻyicha ular berilgan kundan boshlab 10 kun ichida yuqori davlat mehnat texnika inspeksiyasiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mehnat bosh texnika inspektorining uning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xulosasi qatʼiydir va albatta bajarilishi shart. Xulosalar boʻyicha kelishmovchiliklar sud yoʻli bilan koʻrib chiqiladi.