17.09.2026 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish va ehtiyojmand oila farzandlarini zamonaviy kasblarga oʻqitish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq pedagoglarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan farzandlarining taʼlim olishlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarini aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma qoʻllash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim tashkilotlariga mazkur chegirilgan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu xarajatlar 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab, talab va ehtiyojdan kelib chiqib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlarida ehtiyojmand oila farzandlarini dasturlash, sunʼiy intellekt, robototexnika, axborot texnologiyalari va boshqa kasblarga oʻqitish boʻyicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan oʻquv markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari (direktorlari)ga oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Markazni tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlarni hamda ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul oʻqitish, jumladan, oʻquv jarayoniga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning oylik ish haqi (soatbay haq toʻlash asosida) xarajatlarini qoplashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
501-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoki tahsil olayotgan pedagoglar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma berish hamda mazkur chegirilgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom oliy harbiy, harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog — taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog farzandlari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan (yoki respublikada doimiy yashayotgan, fuqaroligi boʻlmagan), asosiy ish faoliyati pedagog boʻlgan ota yoki onaning farzandi boʻlgan oliy taʼlim tashkilotida toʻlov-kontrakt asosida (qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt bundan mustasno) bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent(lar) yoki tahsil olayotgan talaba(lar) (xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlarida taʼlim olayotgan talabalardan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt shartnomasi — davlat, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkiloti va talaba (abituriyent yoki uning qonuniy vakili) oʻrtasida taʼlim xizmatlaridan pulli asosda foydalanish boʻyicha tuziladigan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt summasi — Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegirma — pedagog farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga nisbatan toʻlov-kontrakt shartnomasini rasmiylashtirish jarayonida qoʻllanadigan imtiyoz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegirilgan mablagʻ — pedagog farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga nisbatan 30 foiz miqdorida qoʻllangan chegirma summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot tizimi — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim tizimida toʻlov xizmatlarini yagona hisobraqami orqali qabul qilish va taqsimlash hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish axborot tizimi” (kontrakt.edu.uz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pedagog farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma qoʻllanadi hamda ushbu chegirilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pedagog farzandlariga mazkur chegirma oʻquv yilida bir marotaba pedagog otasi yoki pedagog onasi uchun qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogning bir nechta farzandi davlat oliy taʼlim tashkilot(lar)ida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan boʻlsa, ularning har biriga alohida chegirmalar qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talaba (abituriyent) pedagogning farzandi ekanligi yoki uning otasi (onasi) mazkur maqomdan chiqarilgani Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tegishli axborot tizimi orqali Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimda faoliyat yuritayotgani tasdiqlangan taqdirda, eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagog farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti hisobidan ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pedagoglar farzandlarini aniqlash va ularning roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pedagog farzandlari umumiy tartibda oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan maxsus axborot tizimi orqali ariza yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizani koʻrib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi belgilangan tartibda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan maʼlumotlar asosida tasdiqlanganda, toʻlov-kontrakt shartnomasini shakllantirish bosqichida oʻquv yili uchun belgilangan toʻlov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma avtomatik tarzda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegirma qoʻllangan toʻlov-kontrakt shartnomalari hisobi alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Pedagoglar farzandlariga chegirmalar berishni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat oliy taʼlim tashkilotining registrator ofisi yoki toʻlov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirishga masʼul boʻlgan boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda — masʼul boʻlinma) ikki ish kuni mobaynida elektron tarzda yuborilgan arizani “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan maʼlumotlar asosida koʻrib chiqadi va ushbu Nizom talablari asosida shartnomani shakllantiradi yoki arizani rad etib, qayta ishlashga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shakllantirilgan shartnoma qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat oliy taʼlim tashkiloti hamda talaba (abituriyent) tomonidan elektron tarzda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pedagoglar farzandlariga maxsus axborot tizimi orqali davlat oliy taʼlim tashkiloti hamda talaba (abituriyent) tomonidan imzolangan hamda chegirma qoʻllangan shartnoma elektron tarzda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnomada toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish miqdori, ushbu miqdorga nisbatan qoʻllangan 30 foizlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladigan chegirma summasi hamda talaba (abituriyent) tomonidan toʻlanadigan summalar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Chegirilgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda tahsil olayotgan pedagoglar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorda chegirma qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻlar har yili markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaragʻida koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va unga oʻzgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan har oʻquv yilining 10-apreliga qadar taqdim etilgan pedagoglar farzandlari roʻyxatiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻn ish kuni ichida tegishli mablagʻlarni davlat oliy taʼlim tashkilotlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga soʻrovnoma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda mablagʻlar har yili 1-mayga qadar tegishli davlat oliy taʼlim tashkilotlarining budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ajratiladi hamda budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi boʻyicha 48 21 190 “Boshqa xarajatlar” xarajatlar moddasida bir satrda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pedagoglar farzandlari uchun ajratilgan mablagʻlar davlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻzlarining budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, soʻrovnomada shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha talabalarga biriktiriladi va belgilangan tartibda sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pedagoglar farzandlariga oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida beriladigan chegirmani qoplash uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular belgilangan tartibda idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirlik va idoralarga qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratilishi yuzasidan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pedagoglar farzandlariga oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida beriladigan chegirma summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) qiymatiga 30 foiz ekvivalent hisobida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) pedagoglar farzandlariga oʻquv yili uchun taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida beriladigan chegirma summasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda qoplab berish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Pedagog farzandlariga toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida beriladigan chegirma summasini toʻliq qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi nazorati vazirlik va idoralarning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari hamda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi oʻquv yilidan boshlab unga chegirma qoʻllash toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Pedagog farzandlariga chegirmalar toʻgʻri belgilanishini doimiy nazorat qilish davlat oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori), masʼul boʻlinma boshligʻi, bosh buxgalteri va bosh auditori zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Talabalarga chegirma notoʻgʻri qoʻllanganda, davlat oliy taʼlim tashkilotining masʼul boʻlinmasi hamda buxgalteriyasi tomonidan chegirma qoʻllangan toʻlov-kontrakt shartnomasi qayta koʻrib chiqiladi, unga tegishli oʻzgartirish kiritiladi hamda chegirilgan mablagʻlar toʻlab berilgan hollarda ushbu mablagʻlarni qaytarish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlari toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talaba

Maxsus axborot tizimi orqali toʻlov-kontrakt shartnomasini olish boʻyicha ariza yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat oliy taʼlim tashkilotining toʻlov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirishga masʼul boʻlgan boʻlinmasi

Elektron tarzda yuborilgan arizani Raqamli hukumat tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan maʼlumotlar asosida koʻrib chiqadi va Nizom talablari asosida shartnomani shakllantiradi yoki arizani rad etib, qayta ishlashga yuboradi.

2 ish kunida

3-bosqich

Davlat oliy taʼlim tashkilotlari

Pedagoglar farzandlariga oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida beriladigan chegirmani qoplab berish uchun pedagoglar farzandlarining roʻyxatiga muvofiq hisob-kitoblarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Har oʻquv yilining 10-apreliga qadar

4-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Davlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan pedagoglar farzandlari roʻyxatiga asosan tegishli mablagʻlarni oliy taʼlim tashkilotlarining budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga soʻrovnoma taqdim etadi.

10 ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Belgilangan tartibda mablagʻlarni tegishli davlat oliy taʼlim tashkilotlarining budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Har oʻquv yili uchun 1-mayga qadar

6-bosqich

Davlat oliy taʼlim tashkilotlari

Pedagoglar farzandlari uchun ajratilgan budjet mablagʻlari budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi,  soʻrovnomada shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha talabalarga biriktiradi va belgilangan tartibda sarflaydi.

Belgilangan muddatlarda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 09/26/501/0951-son)