1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Elektrotexnika sanoati korxonalari eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | ||||
1. | Markaziy Osiyoda Oʻzbekistonning elektrotexnika sanoati markazi sifatidagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida joriy yil “E-Tech Expo” elektronika va elektrotexnika xalqaro koʻrgazmasi hamda “Uzbekistan Sourcing Week” xalqaro forumini yuqori darajada oʻtkazish. | 1. Mazkur tadbirlarni tashkil etish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov), “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (X. Boboyev) |
2. Xorijiy davlatlardan 100 ta yirik savdo tarmoqlari, sorsing kompaniyalar rahbarlari ishtirokini taʼminlash. | 2026-yil noyabr | |||
3. Tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish. | talabga muvofiq | |||
2. | Elektrotexnika mahsulotlarini tavakkalchiligi yuqori boʻlgan mamlakatlarga eksport qilish uchun sugʻurta mexanizmini takomillashtirish. | Shartnoma qiymatining 80 foizigacha sugʻurta qoplamasini, 1 — 1,5 foiz stavka asosida (amaldagi tijorat sugʻurtasi 3 — 5 foiz oʻrniga) taʼminlovchi eksport bitimlarini sugʻurtalash mexanizmini joriy qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Ushbu tizimni Afrika, Yaqin Sharq, Afgʻoniston va davlat tavakkalchiligi yuqori boʻlgan mamlakatlarga nisbatan joriy etish. | 2026-yil oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
3. | Oʻzbekistonda mavjud sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 1. Oʻzbekistonda mavjud sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, bu orqali mahsulotlarni SE, SASO, UL kabi sertifikatlash muddatini qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil oktabr | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Oʻzbekistonda berilgan sertifikatlar xalqaro miqyosda tan olinishini taʼminlash maqsadida Xalqaro elektrotexnika komissiyasining muvofiqlikni baholash tizimi (IECEE CB Scheme)ga aʼzo boʻlish choralarini jadallashtirish. | 2026-yil dekabr | |||
4. | Elektrotexnika sanoati korxonalarini islom moliyasi yoʻnalishida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. | Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy (kafolat, kompensatsiya) mexanizmlarni islomiy moliya tamoyillari asosida joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda islom moliyasi boʻyicha beriladigan bank kafolati yoki murobaha shartnomasi boʻyicha ustama (komissiya) toʻlovlarining bir qismini qoplash masalasini nazarda tutish. | 2026-yil dekabr | Markaziy bank (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
5. | Eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida yangi eksport bozorlarini (Afrika, Yaqin Sharq) oʻzlashtirish. | 1. Yangi eksport yoʻnalishlarini tashkil etishda Afrika va Yaqin Sharq davlatlari uchun elektrotexnika mahsulotlari (kabel-sim mahsulotlari va kuchlanish qurilmalari) roʻyxatini shakllantirish. 2. Oʻzbekistonning Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridagi elchixonalari orqali importyor korxonalar bilan uchrashuv oʻtkazib, ushbu roʻyxatdagi mahsulotlar boʻyicha batafsil maʼlumot yetkazish. | 2026-yil noyabr | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
6. | MDH davlatlarining davlat xaridlarida mahalliy elektrotexnika korxonalari ishtirokini kengaytirish va davlatlarga eksport hajmlarini oshirish. | 1. Qoʻshni davlatlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bosh pudratchilari va xarid menejerlari uchun Oʻzbekistonga biznes-turlarni tashkil etish. | Ikki oy muddatda | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (X. Boboyev), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Armaniston, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Moldova, Turkmaniston davlatlarida faoliyat yuritayotgan elchixona savdo vakillari tomonidan ushbu davlatlarning yirik importchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Xorijiy EPC (loyihalash, xarid qilish va pudratchi) kompaniyalari va bosh pudratchilar reyestrini shakllantirish. | 2026-yil dekabr | |||
7. | Yangi bozorlarda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish hamda qulay transport-logistika yoʻnalishlarini ishlab chiqish. | 1. Mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish uchun Iroq, Suriya kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish. | 2026-yil dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Oʻzbekiston tyexnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
2. Ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport-logistika masalalari boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. 3. Eksport operatsiyalarida talab etiladigan sertifikat va boshqa hujjatlarni oʻzaro tan olish boʻyicha yagona talab, standart va tartibotlarni ishlab chiqish hamda kelishish. 4. Ushbu davlatlarning dengiz portlaridan Oʻzbekiston tashqi savdo yuklari uchun foydalanish istiqbollarini oʻrganish. | 2027-yil mart | |||
5. Logistika jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ushbu davlatlar bilan avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni xorijiy tomon bilan kelishish va imzolashga tayyorlash. | 2027-yil davomida | |||
II. Budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash. | ||||
8. | Davlat xaridlarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ulushini oshirib borish. | 1. Xaridlar jarayonida mahalliy elektrotexnika mahsuloti ulushi boʻyicha tahliliy, shu jumladan, maqsadli koʻrsatkich bajarilishi yuzasidan maʼlumotlarni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Boshqaruv kengashiga kiritib borish. | Har chorakda | Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (B. Xaydarov), “Oʻzbekekspertiza” AJ (U. Aʼzamxoʻjayev), Budjet buyurtmachilari |
2. Davlat xaridlari orqali xarid qilinadigan mahalliy elektrotexnika mahsulotlarining roʻyxatini tasdiqlab, zaruratga koʻra yangilab borish. | Doimiy ravishda | |||
3. Budjet buyurtmachilari tomonidan har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun elektrotexnika sanoati mahsulotlariga buyurtmalar portfelini, texnik shartlarini toʻliq koʻrsatgan holda Davlat xaridlari markaziy axborot portaliga joylashtirib borish. | Har yili 1-dekabrga qadar | |||
9. | Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining yagona elektron platformasida mahalliy korxonalar uchun zarur boʻlgan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar hamda yondosh sanoat mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish imkonini beruvchi alohida modulni ishga tushirish. | 1. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining yagona elektron platformasini yaratish va uni tegishli axborot tizimlari va elektron savdo platformalari bilan integratsiya qilish. | 2026-yil dekabr | Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (B. Xaydarov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Elektron savdo platformalari, tovar-xomashyo birjalari tomonidan mazkur integratsiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, texnik hujjatlar hamda API ulanishlarini belgilangan tartibda taqdim etib borish. | Doimiy | |||
III. Elektrotexnika sanoatiga innovatsiyalarni jalb qilish va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish | ||||
10. | Koreyaning “ROBOTIS” kompaniyasi tomonidan “Gumanoid robotlar va ularning komponentlarini ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlangan yer maydonining qurilish maydoni nisbati (QMN) koʻrsatkichini qayta koʻrib chiqish. | Loyiha uchun Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan “Yangi avlod” MSZ hududidan tanlangan yer maydonining qurilish maydoni nisbati (QMN) koʻrsatkichini loyiha talablaridan kelib chiqqan holda 70 foiz etib belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
11. | Xorijiy brendlarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishda royalti (brendni ishlatish huquqi uchun toʻlov) xarajatini qisqartirish. | Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy brendlar nomi ostida mahsulot ishlab chiqarish uchun elektrotexnika sanoati korxonalariga royalti xarajatini qoplab berish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda royalti kompensatsiyasi uchun korxonalarga texnologiyalar transferi va boshqa aniq mezonlarni belgilashni nazarda tutish. | 2026-yil oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
12. | Elektrotexnika sanoatida yangi materiallar yoʻnalishini joriy etish. | 1. Elektrotexnika sanoatida yuqori texnologik qayta ishlash zanjiriga ega materiallar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil noyabr | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev) |
2. Mazkur mahsulotlarni oʻzlashtirish boʻyicha xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
13. | Avtomobilsozlik sanoati ehtiyojlari uchun elektrotexnika butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish. | 1. Avtomobilsozlik sanoati uchun elektr va elektron butlovchi qismlar (avtojgutlar, sensorlar, elektron boshqaruv bloklari qismlari, zaryadlash tizimlari, kabel mahsulotlari va boshqa yuqori qoʻshilgan qiymatli qismlar) ishlab chiqarishni tashkil etish dasturini shakllantirish. | 2026-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Oʻzavtosanoat” AJ (U. Rozukulov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Dastur ishtirokchilarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
3. Mahalliy avtomobilsozlik sanoatida barcha mavjud va yangi ishlab chiqaruvchilarga shaffof va teng sharoitlarni yaratish. | 2027-yil oktabr | |||
IV. Qoʻshimcha chora-tadbirlar | ||||
14. | 1. Mazkur sohani nazorat qiluvchi organlar vakolatini kengaytirish va doimiy nazorat tizimini yaratish. Bunda: maishiy texnika mahsulotlari track-and-trace raqamli markirovkasini isteʼmolchining mobil aloqa vositasi yordamida haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini yaratish hamda tizimni bojxona, soliq va texnik tartibga solish axborot tizimlari bilan integratsiya qilish; Soliq qoʻmitasiga boshqa nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda nazorat xaridlarini oʻtkazish va nomuvofiq mahsulotlar savdosini cheklash vakolatini berish; marketpleys va onlayn savdo qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan ham majburiy markirovka talablarini qoʻllash uchun yetkazib beruvchini solidar javobgar etib belgilash; nomuvofiq va xavfli mahsulotlarning ommaviy roʻyxatini Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi saytiga doimiy joylashtirish va OAV orqali yoritib borish (YEI Safety Gate/RAPEX tajribasi asosida). | 2026-yil oktabr | Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), nazorat qiluvchi organlar | |
2. Transformatorlarga nisbatan majburiy raqamli markirovkalash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil 1-yanvardan | |||
3. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish tizimini joriy etish. | har chorakda | |||
4. Ushbu holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan oʻrganishlar natijalarini OAVlarda yoritib borish. | doimiy | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) | ||
15. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan elektrotexnika mahsulotlarining texnik reglamentlarda belgilangan majburiy xavfsizlik talablariga muvofiqligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish. | Davlat xaridlari agentligi, Bojxona qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga oʻzaro integratsiyasini amalga oshirgan holda texnik reglamentlarning inson hayoti va sogʻligʻi, mol-mulk hamda atrof-muhit xavfsizligiga doir majburiy talablariga nomuvofiq mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan elektrotexnika mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilishini va davlat xaridlaridagi ishtirokini taqiqlash. | 2026-yil oktabr | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (B. Xaydarov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
16. | Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni respublika bozorlarida muomalaga chiqarilgan nomuvofiq mahsulotlar va ularning xavfi toʻgʻrisida xabardor qilish. | 1. Respublika bozorlarida muomalaga chiqarilgan nomuvofiq mahsulotlar va ularning xavfi toʻgʻrisida audio-, video-, qisqa muddatli video lavhalar tayyorlash. 2. Davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni ushbu turdagi mahsulotlardan foydalanish xavfi boʻyicha targʻibot olib borish. | Nomuvofiq mahsulotlar aniqlanganda | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) |
17. | Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini tasdiqlash. | 1. Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Bir oy muddatda | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini rasmiy veb-saytlarga joylashtirish. | Bir oy muddatda | |||
3. Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini yangilab borish. | Zaruratga koʻra | |||
18. | JST talablariga muvofiq antidemping surishtiruvini boshlash boʻyicha oʻrganish oʻtkazish. | 1. Elektrotexnika mahsulotlari importi boʻyicha demping, mahalliy ishlab chiqarish tarmogʻiga yetkazilgan moddiy zarar yoki zarar yetkazish xavfi hamda ular oʻrtasidagi sababiy bogʻliqlikka doir dalillarni dastlabki oʻrganish. | 2026-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Raqobat qoʻmitasi (X. Turaxujayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Yetarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, qonunchilik va Jahon savdo tashkilotining Antidemping bitimi talablariga muvofiq antidemping surishtiruvini boshlash va oʻtkazish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Antidemping surishtiruvi natijalariga koʻra JST talablariga mos antidemping himoya choralari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli xulosani kiritish. | 2027-yil oktabr | |||
19. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan transformatorlarga xavfsizlik, texnik holat va minimal energiya samaradorligi talablarini belgilash. | 1. Muomalaga chiqariladigan, shu jumladan, ilgari foydalanishda boʻlgan transformatorlarning (ularning kelib chiqishidan qatʼi nazar) xavfsizlik va minimal energiya samaradorligini belgilovchi xalqaro talablar va ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. | 2026-yil oktabr | Energetika vazirligi (Sh. Xodjayev), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Z. Badriddinov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
2. Oʻrganish natijalari asosida milliy standart ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | |||
20. | Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boʻyicha yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash. | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan zarur mablagʻlarni ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2027-yil yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) |
21. | Davlat xaridlarida elektrotexnika sanoati korxonalari ishtirokini kengaytirish. | Davlat xaridlarida kuchlanishli kabellar va texnik maqsadli qurilmalarni xarid qilish hujjatlarida belgilangan yetkazib berish muddatini mahsulotni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini inobatga olgan holda kamida oʻttiz kun etib belgilash, bundan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish mustasno. | Doimiy | Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (B. Xaydarov) |
3-ILOVA
1-ILOVA
1. | J.A. Xodjayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Komissiya rahbari |
2. | A.Ya. Xaydarov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Komissiya rahbari oʻrinbosari |
3. | X.F. Teshabayev | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari |
4. | F.E. Karabayev | — | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
5. | D.A. Vaxabov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
6. | M.M. Yunusov | — | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi |
7. | A.X. Xursanov | — | “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi |
8. | T.Yu. Rapikov | — | Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Komissiya kotibi |
Maslahatchi sifatida jalb qilinadigan korxonalar vakillari | |||
9. | T.M. Sharipov | — | “Procab” QK MCHJ taʼsischisi |
10. | A.N. Nodirxonov | — | “Metal Processing Technology” MCHJ direktori |
11. | Lavozimi boʻyicha | — | boshqa korxonalar vakillari (Komissiya taklifiga asosan) |