09.09.2026 yildagi O‘RQ-1171-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.12.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 7-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 13-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy shovqinlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarliklarning oldini olish, qoʻriqlash xizmati, shoshilinch va tez tibbiy yordam koʻrsatish, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan shovqinga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy bayramlarni, ommaviy sport tadbirlarini va ommaviy madaniy tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish natijasida yuzaga keladigan shovqinga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasi va shovqinning zararli taʼsiri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan, inson organizmining funksional tizimlarida va shovqinga sezgir boʻlgan aʼzolarida jiddiy oʻzgarishlarga olib kelmaydigan hamda sanitariya qoidalari va normalarida belgilanadigan shovqin darajasi shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshib ketishi natijasida odamda sezilarli darajada bezovtalikning yuzaga kelishi, shuningdek organizmning funksional tizimlarida va shovqinga sezgir boʻlgan aʼzolarida jiddiy oʻzgarishlar paydo boʻlishi shovqinning zararli taʼsiridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;

davlat organlarining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinning zararli taʼsiri uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi va uning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylarda, jamoat binolarida, aholining yashash hududlarida va dam olish zonalarida, shuningdek ish joylarida aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida aholini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinning zararli taʼsiriga ega boʻlgan yoki shunday taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan obyektlarning roʻyxatini shakllantiradi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan shovqin manbasi bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash va normal dam olishini buzish hollarining oldini olish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish holatlari yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy shovqinga qarshi kurashish talablarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini davriy texnik koʻrikdan oʻtkazishda ularning ichki va tashqi shovqin koʻrsatkichlarining qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin darajasi belgilangan normadan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiruvchi hamda ularda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish maydonlarida mehnat faoliyati hamda qurilish texnikasi va transport vositalarining harakatlanishi, ishlashi natijasida (binolarni qurish, buzish, taʼmirlash, boshqa joyga koʻchirish, transport vositasida tashish, yuklash, tushirish va boshqalar) hosil boʻladigan shovqinlarning belgilangan normalarga muvofiqligini nazorat qiladi hamda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarni, jamoat binolari va inshootlarini qurishda shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasiga rioya etish, qurilish maydonlarida va ularga tutash boʻlgan hududlarda yashaydigan aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda, shovqin pasaytirgichlarni qoʻllash amaliyoti joriy etilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinning zararli taʼsiriga ega boʻlgan yoki shunday taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qurilish obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish maydonlarida aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar faoliyatni amalga oshiradigan ish joylarida yuzaga keladigan shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasiga muvofiq boʻlishi ustidan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar faoliyatni amalga oshiradigan ish joylarida yuzaga kelgan shovqinning zararli taʼsiri toʻgʻrisidagi murojaatlarni qoʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylaridagi shovqin darajasini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinning zararli taʼsiriga ega boʻlgan yoki shunday taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar faoliyatni amalga oshiradigan ish joylarida yuzaga keladigan shovqinning zararli taʼsiridan aholini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalarining texnologik uskunalarida, shu jumladan yordamchi qurilmalarida yuzaga keladigan sanoat shovqinlarining belgilangan norma talablariga muvofiqligini nazorat qiladi hamda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalarining texnologik uskunalarida, shu jumladan yordamchi qurilmalarida yuzaga keladigan shovqinning zararli taʼsirini kamaytirish maqsadida tegishli korxonalar tomonidan obyektlarni shovqin pasaytirgichlar bilan jihozlash va boshqa turdagi innovatsion texnologiyalarni qoʻllash yuzasidan zarur koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan shovqinning zararli taʼsiridan aholini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinning zararli taʼsiriga ega boʻlgan yoki shunday taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasi belgilanadigan obyektlar va vaqt oraliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi tomonidan aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasi turar joylar, jamoat binolari, aholining yashash hududlari va dam olish zonalari hamda ish joylari uchun alohida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylar, jamoat binolari, aholining yashash hududlari va dam olish zonalari uchun shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasi quyidagi vaqt oraliqlari uchun belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soat 07.00 dan 23.00 gacha (dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 09.00 dan 22.00 gacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soat 23.00 dan 07.00 gacha (dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gacha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy binolarida va ularga tutash hududlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari oʻtkazilayotganda soat 09.00 dan 18.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasidan oshadigan shovqinni yuzaga keltiradigan manbalardan foydalanish mumkin, bundan dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baʼzi hududlar uchun shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasiga qoʻshimcha talablar qonunchilik bilan belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Fuqarolarning osoyishtaligini va normal dam olishini buzadigan hollar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasidan yuqori boʻlgan, fuqarolarning osoyishtaligini va normal dam olishini buzadigan shovqinlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy binolari hududida insonlarning maishiy, uy-xoʻjalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan shovqin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish maydonlaridagi mehnat faoliyati tufayli hamda qurilish texnikasi va transport vositalaridan yuzaga keladigan shovqin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalari tomonidan texnologik uskunalarni, shu jumladan yordamchi qurilmalarni ishlatish, shuningdek ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday turdagi ishlarni bajarish vaqtida yuzaga keladigan shovqin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli toifadagi transport vositalarining ishlashi va harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan shovqin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida, savdo komplekslari, umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlar, aholiga xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyati natijasida yuzaga keladigan, shu jumladan tovush qurilmalaridan chiqariladigan shovqin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pirotexnika buyumlaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan shovqin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Fuqarolarning osoyishtaligini va normal dam olishini buzishga yoʻl qoʻyilmaydigan vaqt oraligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda ish kunlari soat 23.00 dan 07.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida, dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasidan ortiq shovqin chiqarish orqali fuqarolarning osoyishtaligini va normal dam olishini buzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning osoyishtaligini va normal dam olishini buzishga yoʻl qoʻyilmaydigan vaqt oraligʻida belgilangan normadan ortiq shovqinga muntazam ravishda yoʻl qoʻyayotgan obyektlar faoliyati aholining hayoti va sogʻligʻi uchun haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga vakolatli davlat organi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, oʻn ish kunidan ortiq muddatga ushbu organlarning arizasiga binoan sud tartibida toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Shovqinning zararli taʼsirini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning zararli taʼsiri Oʻzbekiston Respublikasi hududi uchun umumiy boʻlgan, oshirib yuborilishi insonga salbiy taʼsir koʻrsatadigan shovqining yoʻl qoʻyiladigan darajasi asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida shovqinning zararli taʼsiri vakolatli davlat organi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning zararli taʼsiri muayyan hududlarda va aholi punktlarida shovqinning zararli taʼsiri darajasini hisoblash hamda uning yuzaga kelishi ehtimolini aniqlash orqali baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning zararli taʼsirini baholash natijalariga koʻra, hududlarda va aholi punktlarida shovqinning taʼsirini aks ettiruvchi xaritalar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlikda muayyan hududning shovqin xususiyatlarini hisobga olgan holda, shovqin taʼsirini aks ettiruvchi xaritalar tuziladi, bunda binolar va inshootlar shunday xaritalarga muvofiq loyihalashtiriladi hamda quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Shovqinning zararli taʼsiri uchun kompensatsiya toʻlovlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning zararli taʼsiri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning zararli taʼsiri uchun kompensatsiya toʻlash shovqinning zararli taʼsirining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajasidan yuqori boʻlgan mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning mehnati uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka asosan oshirilgan miqdorda haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya toʻlovlarining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdagi shovqinning zararli taʼsiri darajasi hamda aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinning zararli taʼsiri natijasida yetkazilgan zararning oʻrni aybdor shaxslar tomonidan qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi nazorat qiluvchi organlar hamda mansabdor shaxslarning qonuniy qarorlari va koʻrsatmalarini bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “shuningdek shovqin darajasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining dispozitsiyasi “ruxsatnomasiz qayta jihozlangan” degan soʻzlardan keyin “shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dispozitsiyasidagi “soat 23.00 dan 06.00 gacha” degan soʻzlar “soat 23.00 dan 07.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida, dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 4-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan shovqinning zararli taʼsiri uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 9-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1171-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2026-y., 03/26/1171/0916-son)