Norasmiy tarjima
Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Konvensiyasi
Mediatsiya natijasida erishilan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisida (Nyu-York, 2018-yil 20-dekabr)
Oʻzbekiston: qoʻshilish
Oʻzbekiston: qoʻshilish
BMT Bosh kotibi depozitariy sifatidagi vakolatiga koʻra quyidagilarni maʼlum qiladi:
Yuqorida koʻrsatilgan harakat 2026-yil 28-avgustda quyidagi qoʻshimcha shartlar bilan amalga oshirildi:
1. Konvensiya 8-moddasi 1-bandining (a) kichik bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyani taraflaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan yoki har qanday hukumat muassasasi yohud hukumat muassasasi nomidan harakat qiluvchi har qanday shaxs boʻlgan kelishuv bitimlariga nisbatan tatbiq etmaydi.
2. Konvensiya 8-moddasi 1-bandining (b) kichik bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyani faqat, agar kelishuv bitimining taraflari mazkur Konvensiyani oʻz oʻrtalaridagi munosabatlarga nisbatan qoʻllashga kelishib olgan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Konvensiyaning 14-moddasi 2-bandiga muvofiq, Konvensiya Oʻzbekiston uchun 2027-yil 28-fevraldan kuchga kiradi. Mazkur band quyidagicha bayon etilgan:
“Davlat ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi uchinchi hujjat depozitga topshirilganidan soʻng ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilsa, qabul qilsa, tasdiqlasa yoki unga qoʻshilsa, mazkur Konvensiya ushbu davlatga nisbatan ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat depozitga topshirilgan sanadan olti oy oʻtgach kuchga kiradi...”
(imzo)