Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. Karimovaning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. Karimova tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-iyul,
2413-V-son