Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 2-iyunda qabul qilingan “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 2026-yil 9-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilganligini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining taklifiga koʻra kelishuv komissiyasi tuzilsin.
2. Qonunchilik palatasi deputatlari Abdullayev Ilxom Zayirovich, Narizova Iba Kushjanovna va Toʻxtamurodov Behzod Toir oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan mazkur komissiya tarkibiga saylansin.
3. Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun muhokamasi jarayonida bildirilgan mulohazalarni tuzatishlar tarzida taʼriflab berish taklifi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga murojaat etilsin.
4. Kelishuv tartib-taomillarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakili taklif etilsin.
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-iyul,
2412-V-son