Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulovning “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-250-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
3. “Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilinishining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-249-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Koʻp kvartirali uylarni va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisida”gi QL-256-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi QL-260-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga davlat tuzilmalari xodimlarining formali kiyim-boshidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-261-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-262-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida.
9. “Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. Karimovaning javobi haqida.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S. Murodovga “Davlat mulkini xususiylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-iyul,
2402-V-son