14.07.2026 yildagi 2332-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 14.07.2026 yildagi 2332-V-son
Kuchga kirish sanasi
14.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasini koʻrib chiqib, 2025-yilda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, jamiyatda unga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlar davom ettirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar natijadorligi Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashining 2025-yil 5-martda oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev boshchiligida muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan choralar natijasida maishiy korrupsiyaning oldini olish boʻyicha “Andijon tajribasi”, fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faolligini oshirish boʻyicha “Navoiy tajribasi”, raqamlashtirish boʻyicha “Samarqand tajribasi” kabi ijobiy tajriba tizimi yaratilib, boshqa hududlarda ham tatbiq etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida Komplayens xizmatining tashkil etilishi, davlat organlari va tashkilotlarida rahbarlarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi yangilanishlar izchilligini taʼminlashda hamda joylarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil etishda katta turtki boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, korrupsiyaga oid jinoyatlarning turlari belgilandi hamda ular uchun javobgarlik mustahkamlab qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan 7 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan 2025-yilda davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan oʻrganishlarda jami 673,3 mlrd. soʻm miqdordagi 192 ta xaridda qonun buzilishi hollariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, davlat buyurtmachilariga 117 ta taqdimnoma kiritilgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 109 ta soʻrovnoma yuborilgan. Kiritilgan taqdimnomalar asosida 70 mlrd. soʻm miqdordagi 60 ta xarid bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlangan holatlar boʻyicha 14 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy, 12 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan hamda 2 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, kadastr, bank va mahalliy hokimliklar tizimida korrupsiyaga sabab boʻlayotgan omillar kompleks tarzda oʻrganilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ushbu sohada toʻliq foydalanilmayotgan imkoniyatlar va eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar ham mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda korrupsiyaga imkon beradigan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, raqobatga asoslangan xarid tizimini yaratishga qaratilgan huquqiy normalar joriy etilgan boʻlsada, manfaatlar toʻqnashuvi, davlat xaridlari, davlat organlari faoliyatining ochiqligi hamda budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish borasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan holatlar toʻliq bartaraf etilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushirilib, davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha malakasini har uch yilda oshirishga doir majburiy tartib belgilangan boʻlsada, ayrim vazirliklar va idoralarda mazkur platformada xodimlarni oʻqitishni tashkil etish ishlari hozirgi kunga qadar boshlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda sudlar tomonidan respublika boʻyicha jami 4 768 ta jinoyat ishi boʻyicha 7 517 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga jami 2 trln. 931 mlrd. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2025-yilda “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”dagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasi talablari vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilmaganligi, ularning faoliyat sohalarida amalda boʻlgan 530 ta normativ-huquqiy hujjatning korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi belgilangan boʻlsada, shundan 190 ta (36 foiz) normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilmaganligi maʼlum boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting asosida baholash natijalariga koʻra, baholashdan oʻtkazilgan 128 ta davlat tashkilotidan 10 tasining faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan. Shuningdek davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik prinsipi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksining natijasiga koʻra, 2025-yil yakunlari boʻyicha baholashdan oʻtkazilgan 97 ta davlat organi va tashkilotidan 13 tasining faoliyati “qizil” toifaga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi hollari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzish huquqidan samarali foydalanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 82-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 262-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlikka:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy va tizimli korrupsiyaviy muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan choralarni izchillik bilan davom ettirish, shu jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“korrupsiyadan xoli hudud” loyihasi amalga oshirilayotgan tumanlardagi dasturlarning ijrosi oʻrganilishini, ularning tanqidiy muhokamasi tashkil etib borilishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari bilan birgalikda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning faoliyati sohalarini tartibga soladigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi kolliziyalarni, nomuvofiqliklarni, “noaniq” qoidalarni, “oq dogʻlar”ni va korrupsiyani keltirib chiqaruvchi boshqa omillarni adliya organlari bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi faoliyatni izchillik bilan davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi yuritilishini taʼminlash, bunda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar roʻyxati belgilanganligidan kelib chiqib, respublikada korrupsiyaga oid jinoyatlar statistikasi yangitdan shakllantirilishini inobatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi uchun maxsus oʻquv modullarini ishlab chiqish va unda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining oʻqitilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot natijalarini ommalashtirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida sohaga doir ilmiy ishlarni, tavsiyaviy ilmiy-tadqiqot mavzularini joylashtirib, eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting asosida baholash mezonlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi haqqoniy natijadorlikni aks ettiruvchi indikatorlarni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting asosida baholash natijalariga koʻra faoliyati samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani qabul qilish ishlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzada qayd etilgan maʼlumotlardan oʻz faoliyat yoʻnalishlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2332-V-son