20.09.2005 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.09.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish boʻyicha ulgurji bozorlar tizimini shakllantirish va rivojlantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 26-oktyabrdagi 452-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 13-iyundagi PF-3618-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish boʻyicha ulgurji bozorlar tizimini shakllantirish va rivojlantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 39-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublikada paxta, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan dondan tashqari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish boʻyicha ochiq aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi ulgurji qishloq xoʻjaligi bozorlari (keyingi oʻrinlarda — “Ulgurji bozor” AJ) tarmogʻini tashkil etish haqidagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Ulgurji bozorlarda paxta, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan dondan tashqari barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar) sotilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji bozorlar hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini katta sigʻimli idishlardan (konteynerlardan) va avtomashinalardan, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun oʻrash va joylash materiallarini (qutilar, xaltalar, yashchiklar va boshqalarni) sotishga yoʻl qoʻyiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 17-banddagi “Oʻzdavstandart” markazi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzstandart” agentligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 20-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 287-modda)