20.08.2026 yildagi PQ-300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kundagi globallashuv sharoitida davlat va jamiyat xavfsizligiga, respublikaning mudofaa qobiliyati va iqtisodiy rivojlanishida yuzaga kelayotgan tahdidlar hamda davlat tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarning jadal qoʻllanilishi axborotni himoya qilish, axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik sohalarida normativ-huquqiy bazani, mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, raqobatbardosh milliy texnik vositalar, sunʼiy intellekt va innovatsion IT-mahsulotlarni yaratish koʻlamini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-293-son qarori, shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Kriptologiya, axborot xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazining barcha vazifalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) kriptologiya, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, axborotni himoyalash, sunʼiy intellekt, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash, raqamli kriminalistika va raqamli texnologiyalar sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kriptologiya, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, axborotni himoya qilish, sunʼiy intellekt, raqamli kriminalistika, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash hamda raqamli texnologiyalarning boshqa dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini qonunchilikda belgilangan mablagʻlar hisobidan tanlov asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat buyurtmalari doirasida kriptologiya, axborotni himoya qilish, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar yoʻnalishlarida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda foydalanish cheklangan axborotni kriptografik va texnik himoya qilish va axborotlashtirish texnik vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va sertifikatlash, ularning texnik holatini baholash va taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda davlat organlari va tashkilotlarining axborot resurslari, axborot tizimlari, shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasini baholash, axborot tizimlari va resurslarining himoyalanganlik holatini, shuningdek, koʻrilayotgan tashkiliy choralar samaradorligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) foydalanish cheklangan axborot qayta ishlanadigan axborotlashtirish obyektlari va muhim axborot infratuzilmasi obyektlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) kriptologiya, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, axborotni himoya qilish, sunʼiy intellekt, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash, raqamli kriminalistika va raqamli texnologiyalar sohalarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda milliy standartlar va reglamentlarni ishlab chiqish va takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Institutga quyidagilarga ruxsat etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Institutga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun respublika ilmiy-tadqiqot, oʻquv-taʼlim, ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari, ilmiy va tahlil markazlarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, mos ixtisoslikka ega shaxslarni, shu jumladan, chet el fuqarolarini belgilangan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan oʻquv-ilmiy, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va konsalting markazlarini (laboratoriyalarni) taʼsis etish hamda boshqa xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Institutda kriptologiya, axborotni himoya qilish, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohalari ixtisosliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Institutga yuklatilgan vazifalar yoʻnalishlarida kadrlar malakasini oshirish, foydalanish cheklangan axborotni kriptografik va texnik himoya qilish va axborotlashtirish texnik vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish hamda attestatsiyadan oʻtkazish va sertifikatlash xizmatlari, shuningdek, boshqa faoliyat turlarini shartnoma asosida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ishlab chiqarish uchastkasining texnologik jihozlari uchun butlovchi qismlarni xarid qilish maqsadida, Institut tomonidan ishlab chiqariladigan texnik vositalar va koʻrsatiladigan xizmatlar (shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining budjet mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan) tannarxiga 25 foizgacha ustama joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fanlar akademiyasi axborotni kriptografik himoya qilish, axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik sohalari ixtisosliklari boʻyicha bajarilgan doktorlik dissertatsiyalarini taqriz uchun Institutga taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Institut yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr, shtamp, blanka, shuningdek, ramziy belgi va nishonlar hamda tijorat banklarida hisobvaraqlar va boshqa hisobvaraqlarga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Institut kriptologiya, axborotni himoya qilish hamda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohalarida respublikada yetakchi davlat oliy taʼlim muassasasi sifatida boshqa oliy taʼlim tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Institut huzurida kriptologiya, axborotni himoya qilish, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion loyiha talabnomalarini davlat ilmiy dasturlari doirasida tashkil etiladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun ekspertizadan oʻtkazish maqsadida soha olimlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Institutning xodimlari, shuningdek, jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilari, mutaxassislari va boshqa xodimlariga Toshkent viloyati hududidan birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlovi uy-joy qiymatining kamida 15 foizi miqdorida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ipoteka krediti tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan 20 yil muddatga qonunchilik hujjatlarida belgilangan foiz stavkasida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ipoteka kreditining dastlabki badal toʻlovlarini va mazkur kreditlarni qoplash bilan bogʻliq barcha xarajatlar kredit oluvchi shaxslarning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlarga mos keladigan Institut xodimlarining ushbu qarorga muvofiq uy-joy bilan taʼminlanish huquqi saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institutning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jamgʻarma mablagʻlari milliy va chet el valyutalarida quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Institut tomonidan sertifikatlash xizmatlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Institut tomonidan shartnoma asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlariga pulli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, ishlab chiqariladigan texnik vositalarni sotishdan (realizatsiya qilishdan) tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kutubxona fondini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Institutning oʻquv, ilmiy, tashkiliy va ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarini doimiy moliyalashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) xodimlarni moddiy va boshqacha tarzda ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-300-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 07/26/300/0863-son)