O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997-YIL 28 AVGUSTDAGI 420-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN O‘ZBEKISTON POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyat ko‘rsatishining tashkiliy-huquqiy negizini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
6-bandning o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tariflari davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlari ro‘yxatini respublika va mintaqaviy (mahalliy) darajalarda tabiiy monopoliyalar subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish organlari bilan kelishgan holda belgilaydi;
pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliya xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlariga respublika darajasidagi tariflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi”;
ushbu bandning o‘n yettinchi—o‘ttiz ikkinchi xatboshlari tegishlicha o‘n sakkizinchi—o‘ttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
O‘. SULTONOV
O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-avgust,
354-son