Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008 31.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 684
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Tushuntirish xati, 31.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 684
Kuchga kirish sanasi
31.03.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
21.01.1999-y. 04-02-05/171-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
21.01.1999-y. 99-08-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 YIL 1 YaNVAR HOLATIGA QOLDIQLAR HISOBLANUVChI MODDIY RESURSLAR BOʻYIChA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI SUMMASINI OʻChIRISh TARTIBI toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUShUNTIRISh XATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 31-martda 684-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur tushuntirish xati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, shuningdek, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq quyidagilarni tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilning 1-yanvaridan boshlab budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan oborotlar boʻyicha hisoblangan soliq summasi bilan hisobot davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan, shu jumladan, nol stavkasi boʻyicha oborotni qoʻshgan holda soliqqa tortiladigan oborot uchun foydalaniladigan import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 1999-yilning 1-yanvaridagi holati boʻyicha qoldiqlarda hisobga olingan moddiy resurslar (tovarlar, xizmatlar) boʻyicha QQS summasi budjet bilan hisob-kitoblarga kiritiladi va 68-“Budjet bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debetida, ushbu moddiy resurslarning ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlari yuzasidan hisobdan chiqarishning borishiga qarab, 1999-yilning 1-yanvariga qadar amal qilgan stavkalar boʻyicha “Qoʻshilgan qiymat soligʻi” ilova hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir oʻrinbosari E.F. Gadoyev
Raisning birinchi oʻrinbosari. B.A. Xoʻjayev
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 3-son)