03.07.2026 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari boʻyicha, maʼmuriy va iqtisodiy sudlar tomonidan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrishga doir qonunchilik hujjatlarining sudlar tomonidan toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi), Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi), “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daʼvoni taʼminlash choralarini qoʻllashning maqsadi sud hujjati ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishini, shuningdek, javobgar tomonidan mol-mulkni yashirilishi yoki begonalashtirilishining oldini olishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, sudlarning eʼtibori iqtisodiy va fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvoni taʼminlashga, agar bunday choralarni koʻrmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoxud bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlganda, maʼmuriy ishlar boʻyicha esa dastlabki himoya choralarini koʻrishga sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini koʻzlab ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa yoki arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralarni koʻrmasdan turib himoya qilish mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkinligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlarning eʼtibori daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish tartibi va uning turlari FPKning 9-bobi, IPKning 8-bobi, MSIYUtKning 8-bobida belgilanganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, daʼvoni taʼminlash choralari va alohida toifadagi nizolarni koʻrishda ularni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari protsessual qonunchilikning boshqa qoidalarida (masalan, IPKning 28, 37-moddalari) va ayrim moddiy huquq normalarida belgilanganligini (masalan, Oila kodeksining 89, 110, 112-moddalari, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasining uchinchi qismi va h.k.) inobatga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. FPKning 39-moddasi, IPKning 41-moddasi va MSIYUtKning 38-moddasida koʻrsatilgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza (iltimosnoma) bilan murojaat qilishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlib, bunday chorani qoʻllash asoslari va maqsadidan kelib chiqqan holda ushbu ariza (iltimosnoma) javobgar va (yoki) uchinchi shaxslar tomonidan ular qarshi daʼvo yoki mustaqil talab bilan arz qilingan holatlarda berilishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qilgan holatlar mustasno boʻlib, daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyadigan hollardagina ushbu shaxslarning mustaqil ravishda bergan arizalari qanoatlantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, FPK 105-moddasining beshinchi qismi, IPK 93-moddasining beshinchi va oltinchi qismlariga koʻra, hakamlik (arbitraj) sudida koʻrilayotgan ish boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi ariza bilan hakamlik (arbitraj) muhokamasi tarafi murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tushuntirilsinki, tarafning qonun boʻyicha vakili FPKning 69-moddasi, IPKning 63-moddasi, MSIYUtKning 62-moddasida koʻrsatilgan barcha protsessual harakatlarni ishonchnomasiz amalga oshirishga haqli boʻlib, vakil daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasini koʻrish haqida ariza bilan murojaat qilganida vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma) taqdim etishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fuqarolik va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibida sudya (sud) oʻz tashabbusi bilan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrishi mumkin, masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizoli mol-mulkka taqiq qoʻyish haqida — mol-mulkni talab qilib olish, turar joyga kiritish haqidagi va nizoga oid mol-mulkning begonalashtirilishi ehtimoli boʻlgan boshqa talablar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, alimentni bir yoʻla toʻlash yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda toʻlash toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha — aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrishga sudda ish yuritishning har qanday bosqichida, shu jumladan ish yuritish toʻxtatilgan davrda ham yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuritish toʻxtatilgan davrda berilgan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza FPK 9, IPK 8 va MSIYUtKning 8-boblarida belgilangan tartib va muddatlarda taraflarni xabardor qilmasdan, ish yuritish tiklanmagan holda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasining bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala FPK 108-moddasining uchinchi qismi, IPK 97-moddasining uchinchi qismi, MSIYUtK 96-moddasining uchinchi qismiga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soddalashtirilgan tartibda ish FPK va IPKda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq koʻrilishi belgilanganligi bois, bunday ish yuritishda ham daʼvoni taʼminlash choralari koʻrilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, ish qoʻzgʻatilgunga qadar daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan hakamlik sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish hollari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) sudga topshirilmagan holda berilgan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish haqidagi ariza alohida ajrim chiqarilmasdan xat bilan qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) bilan birga berilgan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad etish masalasi daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish, apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlarida esa shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish vaqtida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza (iltimosnoma) daʼvo arizasi (ariza, shikoyat), shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng berilganda FPK 107-moddasining birinchi qismi talabiga koʻra, u kelib tushgan kuniyoq, ish vaqti tugaganidan keyin elektron hujjat tarzida kelib tushgan holatlarda keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, IPK 96-moddasining uchinchi qismi hamda MSIYUtK 95-moddasining uchinchi qismiga koʻra esa ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan, sud majlisida taqdim etilganida esa, shu sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudida koʻrilayotgan ish yuzasidan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha va iqtisodiy sudga kelib tushgan arizalar ham shu tartibda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza sud majlisidan tashqari vaqtda kelib tushgan hollarda sud majlisi oʻtkazilmasdan va taraflarni xabardor qilmasdan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) qaytarilganda yoki uni ish yuritishga qabul qilish rad etilganda, daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) bilan bir vaqtda topshirilgan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish haqidagi ariza muhokama qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma bilan bir vaqtda daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan holda dastlab shikoyat (protest) berish muddatini tiklash va shikoyatni ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibidagi shikoyat (protest) qaytarilgan yoki qabul qilishdan rad etilganda, shikoyat (protest) bilan birga topshirilgan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasini koʻrish haqidagi ariza muhokama qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizada daʼvoni taʼminlash choralarining asoslari va zarurati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda arizada asoslar yoki zarurat aniq koʻrsatilmagan hollarda esa sudya (sud) tomonidan ushbu kamchiliklar bartaraf etilishi va arizani mazmunan hal qilish choralari koʻrilishi mumkinligiga eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, IPKning 95-moddasiga asosan arizada daʼvoni taʼminlash chorasining turi ham koʻrsatilishi lozim boʻlib, iqtisodiy sud ishlarini yuritishda ushbu tartibga rioya qilinmaganligi arizani qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat foydasiga mulkiy undiruvlar (soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, bojxona toʻlovlari va jarimalarini undirish, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni undirish, davlat mulkini qonunsiz egalikdan talab qilib olish, ekologiya, atrof-muhitga yoki tabiiy resurslarga yetkazilgan zarar (kompensatsiya)ni undirish, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash va shu kabi davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa mulkiy manfaatlari) ishlarni koʻrib chiqayotganda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan ariza boʻlmagan hollarda ham oʻz tashabbusi bilan, iqtisodiy sud tomonidan esa daʼvogarning arizasiga koʻra daʼvoni taʼminlash choralari koʻrilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarning eʼtibori davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid hujjati qabul qilinganligi yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga zid harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo (talab)ni koʻrishda daʼvogar (arizachi)ning arizasi boʻyicha daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrishi shartligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, daʼvoni taʼminlash choralari tezkor va dastlabki himoya chorasi hisoblanishi sababli, uni qoʻllash uchun daʼvo talablarini asoslovchi dalillar taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani hal qilishda, arizada bunday choralarni koʻrish uchun asoslar va zarurat mavjudligini, taʼminlanishi soʻralayotgan choralarning daʼvo (ariza, shikoyat) predmeti bilan bogʻliqligini, unga mutanosibligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralari daʼvo (ariza, shikoyat) predmetiga aloqador va (yoki) sud hujjatining ijrosi bilan bogʻliq boʻlmagan holatlarda ariza rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlari yurituvida hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza, unga daʼvoning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar, yaʼni hakamlik ishi qoʻzgʻatish haqidagi tasdiqlangan ajrim nusxasi yoki maʼlumotnoma ilova qilinadi. Ish muvaqqat hakamlik sudi tomonidan koʻrilayotganda taqdim qilingan ajrim yoki maʼlumotnomadagi hakamlik sudi sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori bunday arizalarni hal qilishda daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinmagan, hakamlik sudida koʻrilayotgan nizoni hal qilish qonunga koʻra hakamlik sudlari vakolatiga kirmaydigan hollarda arizani rad etish lozim boʻlishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tushuntirilsinki, arizada koʻrsatilgan mol-mulkni yoki pul mablagʻlarini xatlash tarzidagi daʼvoni taʼminlash chorasi sud tomonidan nafaqat mulkiy, balki nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan talablarni taʼminlash uchun ham qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk yoki pul mablagʻlarini xatlash tarzidagi daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasi javobgarga tegishli boʻlgan va uning oʻzida yoki boshqa shaxslarning ixtiyorida boʻlgan mol-mulkka nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlib, ayni vaqtda tez buziladigan ashyolarga nisbatan qoʻllanilmasligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protsessual qonunchilikda javobgarga tegishli boʻlgan pul mablagʻlarini xatlashda uning hisobvaragʻiga band solish nazarda tutilmagan. Shuning uchun sudlar mazkur daʼvoni taʼminlash chorasini qoʻllashda javobgarga tegishli boʻlgan hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari xatlanishi lozimligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday chorani koʻrishda daʼvoning bahosi doirasida pul mablagʻlari bilan birga javobgarning mol-mulki ham xatlab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash tarzidagi daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasining maqsadi, javobgarning qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga asossiz toʻsiqlar yaratishga emas, balki ariza beruvchi va boshqa shaxslarning manfaatini himoya qilishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlar FPK 106-moddasi birinchi qismining 4-bandi, IPK 94-moddasi birinchi qismining 5-bandiga koʻra, mol-mulkni xatlashdan ozod qilish (roʻyxat (arest)dan chiqarish) toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha daʼvoni taʼminlash chorasi sifatida roʻyxatdan chiqarilishi talab qilinayotgan mulkni realizatsiya qilishning toʻxtatib turilishi bunday choraning boshqa nizolar boʻyicha qoʻllanilishini ham istisno qilmasligini inobatga olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar bunday masalani hal qilishda daʼvoni taʼminlash chorasi sifatida aynan mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turmaslik sud hujjati ijrosini qanchalik qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishiga baho berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. FPK 106-moddasi birinchi qismining 5-bandi talabiga koʻra, sud, qonunchilikda yoʻl qoʻyilganda, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan boʻlsa, bu hujjat boʻyicha undiruvni toʻxtatish shaklidagi daʼvoni taʼminlash chorasini koʻrishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida ijro hujjatlari turlari keltirilganligi bois, sudlar mazkur roʻyxatdagi ijro hujjatlarining qaysi birlari boʻyicha qonunchilikda sud tartibida nizolashishga yoʻl qoʻyilganligini aniqlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oila kodeksi 131-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega boʻlganligi hamda mazmun-mohiyatiga koʻra bitim hisoblanishi sababli mazkur kelishuv yuzasidan FKda belgilangan bitimlarga oid umumiy asoslar boʻyicha nizolashilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPK 106-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan daʼvoni taʼminlash chorasini koʻrish shu ish yurituvida koʻrilayotgan daʼvo boʻyicha qoʻllanilishi sababli davlat ijrochisining qarori, xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan maʼmuriy sudga shikoyat berilganligi asosi bilan ijro harakatlarini toʻxtatish haqidagi ariza FPKning 455-moddasi tartibida hal qilinishi mumkin emasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur masala maʼmuriy sud tomonidan MSIYUtK 92-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlariga koʻra, dastlabki himoya chorasi sifatida hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Javobgarga nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklash koʻrinishidagi daʼvoni taʼminlash chorasi mol-mulkni saqlash, uning buzilishining oldini olish, nizoli mulkni taʼmirlash, buzmaslik, boshqa shaxslarga bermaslik va shu kabi boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatishda namoyon boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, iqtisodiy va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar har bir muayyan ishning holatidan kelib chiqqan holda mol-mulkni saqlash, buzish yoki qayta qurishni taqiqlash, foydalanishni cheklash yoki tartibga solish, uchinchi shaxslarga oʻtkazmaslik, mulkni maʼlum holatda saqlash, muayyan harakatlarni bajarish, mulkni boshqarishni vaqtincha tartibga solish kabi majburiyatlar belgilanishi mumkinligini nazarda tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori bunday daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishda real xavf va javobgar zimmasiga yuklatilayotgan majburiyatni ijro qilish imkoni mavjud boʻlishi lozimligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish koʻrinishidagi daʼvoni taʼminlash chorasini koʻrish mol-mulkni uchinchi shaxsda saqlash orqali uning buzilishi, yoʻqolishi yoki noqonuniy foydalanilishining oldi olinishini taʼminlaydi va mulk yoʻqolishi yoki yashirilishi, uning buzilishi yoki zararlanishi xavfi mavjud boʻlganda samarali hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu chora orqali mol-mulk taraflarning ixtiyoridan olinib, betaraf shaxsning yoki ixtisoslashgan tashkilotning saqloviga beriladi. Bu bilan mol-mulkdan foydalanmagan holda, uni but saqlash taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi shaxs (saqlovchi) mulkni but saqlashi, uni boshqa shaxsga bermasligi va daʼvoni taʼminlash chorasi bekor qilingandan soʻng uni egasiga qaytarishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sudlar inobatga olishlari lozimki, fuqarolik va iqtisodiy protsessual qonunchiligida koʻrsatilgan daʼvoni taʼminlash choralarining roʻyxati tugal emasligi sababli protsessual qonunchilikda koʻrsatilmagan daʼvoni taʼminlash choralarini qonunchilikda koʻrsatilmaganligi asosi bilan qoʻllashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun sud zarur hollarda, ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki bunday huquqni cheklash bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda ota-onadan bolasini olish hamda uni vasiylik va homiylik organlari qaramogʻiga topshirish, fuqaroni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini vaqtincha cheklash va boshqa choralarni ham koʻrishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvoni taʼminlash chorasi sifatida boshqa ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatining ijrosini toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasini koʻrish haqidagi arizaning rad etilganligi, bunday chorani koʻrish uchun yangi asoslar paydo boʻlgan va daʼvoni taʼminlash chorasini qoʻllash zarurati asoslantirilgan hollarda qayta murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tushuntirilsinki, bir vaqtning oʻzida bir nechta daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralari koʻrilishi mumkin boʻlib, bunday arizalar boʻyicha sud ajrimining asoslantiruvchi qismida bildirilgan daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralaridan har birini toʻliq yoki qisman qoʻllash yoki qoʻllashni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish sudning ajrimi asosida ijro etiladi va bunda ijro varaqasi berish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) qanoatlantirilganda, daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasi sud hujjati amalda ijro etilgunga qadar saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo arizasi (ariza, shikoyat)ni qanoatlantirishni rad etish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarini qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan alohida ajrim chiqarish orqali daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasini bekor qilishi mumkin, bundan FPK 123-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasi bekor qilinganligi haqida sud tomonidan koʻrilgan bunday chora ijro qilish uchun yuborilgan organ yoki mansabdor shaxsga yozma ravishda maʼlum qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, hakamlik sudi (arbitraj)ning daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralarining sud tomonidan FPK 111-moddasining uchinchi qismi, IPK 99-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlariga muvofiq bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralari ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik sud ish yurituvida daʼvoni taʼminlash choralari huquq va manfaatlariga daxl qilgan boshqa shaxslar tomonidan ham uni bekor qilish haqida iltimosnoma berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha chiqarilgan ajrimning xulosa qismida daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) chorasini qoʻllagan sudning nomi, ajrim chiqarilgan sanaga oid maʼlumotlar va qoʻllanilgan qaysi chora bekor qilinayotganligi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. IPKning 100-moddasida daʼvoni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin javobgar daʼvogardan daʼvoni taʼminlash tufayli oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni oʻsha sudda daʼvo taqdim etish yoʻli bilan talab qilishga haqli ekanligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FPKning 115-moddasiga muvofiq fuqarolik ishi boʻyicha daʼvoni rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin javobgar shunday tartibda daʼvoni taʼminlash tufayli oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash (undirish) toʻgʻrisidagi talab alohida daʼvo tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, maʼmuriy ish boʻyicha arizani rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin javobgar yoki manfaatdor shaxslar dastlabki himoya chorasi qoʻllanilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash yuzasidan tegishli sudga daʼvo taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agar nizolashilayotgan maʼmuriy hujjat (harakat) ijrosining majburiy toʻxtatib turilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 231-moddasining uchinchi qismi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining uchinchi qismi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasining uchinchi qismi), sudya arizachi sudga murojaat qilganligi munosabati bilan nizolashilayotgan maʼmuriy hujjatning (harakatning) bajarilishi maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan toʻxtatilgan-toʻxtatilmaganligini tekshirishi, uning ijrosi toʻxtatilmaganligi aniqlanganda esa oʻz tashabbusi bilan maʼmuriy hujjatning (harakatning) ijrosini toʻxtatib turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy organ mansabdor shaxsining favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholi hayoti va sogʻligʻiga real xavf soladigan boshqa holatlarning oldini olish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlarini toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish va sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turish masalalari boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi R. MAXMUDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi U. XOLOV