Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika Jamgʻarma banki muassasalari tomonidan fuqarolarning alohida maxsus foizsiz schyotlarga qabul qilib olingan pul mablagʻlarini qaytarib berilishi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mapkaziy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankining SSSR Davlat banki va Rossiya bankining 1961 — 1992-yillar nusxasidagi qogʻoz rubllarani muomaladan chiqarish davrida aholining Jamgʻarma banki muassasalaridagi alohida maxsus foizsiz schyotlarga topshirilgan pul mablagʻlarini 1994-yilning 5-mayidan boshlab qaytarib berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki :
omonatchilar mablagʻlarni talab qilganlarida koʻrsatib oʻtilgan schyotlardan ularning hech qanday toʻsiqlarsiz daromadlar manbai toʻgʻrisida deklaratsiya talab qilmasdan qaytarib berilishini taʼminlasin;
1994-yilning 5-mayidan boshlab koʻrsatib oʻtilgan schyotlar boʻyicha yoʻqlab olinadigan omonatlardagi kabi foizlar toʻlasin;
maxsus foizsiz schyotlardagi mablagʻlarni omonatchilarning xohishlariga koʻra omonatning amaldagi har qanday turiga oʻtkazsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini barqarorlashtirishga oid qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-noyabrdagi 533-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi hamda 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-may,
236-son