Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.10.2025 12.05.1994 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.10.2025
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IMTIYOZLI SHARTLARDA PENSIYAGA CHIQISH HUQUQINI BERUVCHI ISHLAB CHIQARISHLAR, MUASSASALAR, ISHLAR, KASBLAR, LAVOZIMLAR VA KOʻRSATKICHLARNING ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi 637-sonli “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini hamda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini joriy etish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi ilova qilinayotgan roʻyxatlar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda yoshidan qatʼi nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-roʻyxati*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2- roʻyxati*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji boʻlganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 3-roʻyxati*.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 2, 3-roʻyxatlar rus tilidagi matnda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-roʻyxatning 1-qismi va 3-roʻyxatning 1-qismi ish oʻrnini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazishni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tatbiq etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, korxonalarda imtiyozli pensiya taʼminoti boʻyicha roʻyxatlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amalga oshiradilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda Moliya vazirligiga yoshi boʻyicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar Roʻyxatini tatbiq qilish tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar berish, shuningdek, kelishgan holda ushbu Roʻyxatga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1994-yilning 1-iyunigacha imtiyozli pensiya taʼminoti haqidagi normativ hujjatlar toʻplamining nashr etilishini taʼminlasin.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻplamning nashr qilinishi uchun kerakli mablagʻlarni izlab topsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250-son