Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 08.07.1993 yildagi 337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 08.07.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY MANFAATLARINI VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILIShNI TAʼMINLASh BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MDH mamlakatlaridagi pulning qadrsizlanishi sharoitlarida respublikaning iqtisodiy manfaatlarini va aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika bank muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini barqarorlashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar toʻgʻrisida” 1992-yil 6-apreldagi 166-son qarori bilan belgilangan naqd pul berishdagi cheklashlarni olib tashlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika markaziy va tijorat banklari “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzshartnomasavdo” uyushmalariga, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasiga va “Toshshahartranskorxona” uyushmasiga ularning respublikaga zarur boʻlgan tovar-moddiy boyliklarni sotib olishlari uchun naqd pul berishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” uyushmalariga respublikada sotish maqsadida tovarlar xarid qilish uchun savdodan tushgan naqd pul mablagʻlaridan foydalanishiga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pullardan maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat koʻrsatilgan idoralarning rahbarlariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bank muassasalari, pochta aloqasi boʻlimlari aholi va tashkilotlardan omonatlarni, pochta orqali yuboriladigan pullarni savdodan tashqari aʼmollar boʻyicha hukumatlararo bitimlarda nazarda tutilgan tartibda qabul qilsinlar va bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikadan tashqarida yashovchi omonatchilarning hisoblaridan naqd pullarni berishga va ularning arizalari boʻyicha omonatlarni pochta orqali sobiq Ittifoq davlatlarining bank muassasalariga oʻtkazishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bank muassasalariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalariga tuman va qishloq (shaharcha) uyushmalarining taqdimnomasiga koʻra mollar, parrandalar, ozuqalar, urugʻlar va qurilish materiallari sotib olish uchun bir oila hisobiga 1 mln soʻmgacha, viloyatlarda 2 mln soʻmgacha miqdorda naqd pul bilan qarz berishlariga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xoʻjaliklarning oʻz mablagʻlari hisobidan naqd pul berish cheklanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bank muassasalari, savdo tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida berilgan hisob cheklari, sertifikatlar va boshqa qiymatli qogʻozlarni qabul qilmasinlar, shuningdek, sobiq Ittifoqning boshqa davlatlari hududida topshirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun fuqarolarning omonatlariga pul oʻtkazmasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir jismoniy shaxsning zarur hujjatlarni koʻrsatish yoʻli bilan respublika hududiga naqd pul olib kirishining cheklangan summasi 300 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi naqd pullarning olib kelinishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 166-son, 1993-yil 18-yanvardagi 39-son qarorlari, respublika Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-dekabrdagi 565-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi va 2-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
337-son