13.06.2026 yildagi SQ-302-V-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqib, sohada bir qator ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, narxlar va bank tizimi barqarorligini mustahkamlash, moliyaviy inkluziya darajasini oshirish hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilida inflyatsiya darajasi prognoz koʻrsatkichlari doirasida saqlangan. Xususan, yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasi 2024-yildagi 9,8 foizdan 7,3 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 7,3 foizdan 5,7 foizgacha pasayganligi iqtisodiyotda narxlar shakllanishi barqarorlashayotganini koʻrsatgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inflyatsiyaning oʻrta muddatli maqsadli koʻrsatkichiga erishish yoʻnalishida Markaziy bank tomonidan 2025-yil mart oyida asosiy stavka 0,5 foiz bandga oshirilib, yillik 14 foiz darajasida belgilangan va yil davomida ushbu daraja oʻzgarishsiz qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur choralar pul bozorida real foiz stavkalari 2,4 — 6,6 foiz oraligʻida shakllanishiga va iqtisodiyotda nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari yaratilishiga xizmat qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimida likvidlik hajmining ortishi sharoitida pul bozoridagi foiz stavkalarini asosiy stavka atrofida saqlab turish va inflyatsiya darajasiga boʻlgan ehtimoliy bosimni yumshatish maqsadida 2025-yil avgust oyidan boshlab 7 kunlik obligatsiyalarni muomalaga chiqarish boshlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul bozoridagi operatsiyalar hajmi 2024-yilga nisbatan 1,5 barobarga oʻsib, 783 trln soʻmga yetgan hamda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 42 foizini tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy valyuta almashuv kursi umumiy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy omillar taʼsirida AQSH dollariga nisbatan 6,9 foizga mustahkamlangan, biroq, shu bilan birga almashuv kursining ikki tomonlama tebranuvchanligi oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada milliy valyutadagi depozitlar hajmi 43 foizga oʻsib, 330 trln soʻmga yetgan. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari 11,1 foizgacha pasaygan. Iqtisodiyotda dollarlashuv darajasining qisqarishi tezlashib, kreditlar boʻyicha ushbu koʻrsatkich 41 foizdan 38 foizgacha, depozitlar boʻyicha esa 25 foizdan 21 foizgacha tushgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholi ehtiyojlari uchun 390 trln soʻm miqdorida (2024-yilga nisbatan 36 foizga koʻp) kredit mablagʻlari yoʻnaltirilgan. Ajratilgan kreditlarning 60 foizi tadbirkorlik subyektlari, 40 foizi esa aholi hissasiga toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida mikro, kichik va oʻrta biznes subyektlariga 131,2 trln soʻm yoki oʻtgan yilga nisbatan 1,4 barobarga koʻp kreditlar ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada qariyb 3,5 mln aholining bandligi taʼminlangan. Shundan 2,2 mln kishi tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilingan boʻlsa, 1,3 mln fuqaro doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, banklarning jami aktivlari 20 foizga oshib, 925 trln soʻmga yetgan. Bunda muammoli kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi 1 foizga pasayib, 3 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish, mavjud tavakkalchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash hamda nazorat mexanizmlari samaradorligini oshirish maqsadida 2024-2025-yillarda mamlakat bank-moliya tizimi ilk marotaba Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon bankining Moliyaviy sektorni baholash dasturi asosida baholashdan oʻtkazilgan. Ushbu jarayon natijalari asosida 2025 — 2028-yillarda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar kapitalining monandligi va likvidliligiga doir talablar Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining Bazel III standartiga muvofiqlashtirilgan. Sohada mikromoliya tashkilotlari, mikromoliya banklari va tijorat banklarini qamrab oluvchi uzluksiz moliyalashtirish zanjiri joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlib toʻlash, nasiya xizmatlari bozorini tartibga solish boʻyicha tizimli ishlar boshlanib, soha ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish uchun “yumshoq” nazorat mexanizmlari va Etika kodeksi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va raqamli toʻlov xizmatlarining jadal rivojlanishi natijasida iqtisodiy faollik ortgan. Natijada 2025-yilda Markaziy bankning Banklararo toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 2024-yilga nisbatan 1,6 barobarga oshib, 11 375 trln soʻmni, jismoniy shaxslar tomonidan mobil ilovalar orqali amalga oshirilgan onlayn operatsiyalar hajmi 1,6 barobarga oshib, qariyb 646 trln soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi orasida naqd boʻlmagan hisob-kitoblarning ommalashishi hisobiga bank kartalaridan naqd pul yechib olish ulushi 2024-yildagi 21,8 foizdan 18,7 foizgacha qisqargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli moliyaviy xizmatlar xavfsizligini taʼminlash va firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida kiberxavfsizlik tizimi tubdan takomillashtirilgan. Jumladan, fuqarolar nomiga bir vaqtning oʻzida bir nechta banklarda onlayn kredit rasmiylashtirilishiga chek qoʻyish uchun buyurtmalar va axborotlarni real vaqt rejimida kredit byurolariga uzatish mexanizmi joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar, toʻlov tizimlari operatorlari va kredit byurolarining axborot tizimlari Markaziy bankning Yagona platformasiga integratsiya qilinishi natijasida firibgarlik holatlarini tahlil qilish muddati uch ish kunidan toʻrt soatgacha qisqargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mobil ilovalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qator zamonaviy himoya mexanizmlari: qurilmada zararli dasturlar aniqlanganda foydalanuvchini ogohlantiruvchi antivirus himoyasi joriy etilgan, foydalanuvchi harakatlari va ulanish parametrlarini tahlil qiluvchi session antifrod tizimi ishga tushirilgan, roʻyxatdan oʻtish, parolni tiklash va boshqa qurilmalardan tizimga kirish jarayonlarida biometrik identifikatsiyadan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, olib borilgan tahlillar sohada amalga oshirilgan muayyan ishlar bilan bir qatorda, eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim kamchilik va muammolar mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, mamlakatimizdagi inflyatsiya jarayonlariga monetar omillardan tashqari, hududlarda mahsulot va xizmatlar taklifining yetarli emasligi, logistika muammolari, raqobat muhitining cheklanganligi, ishlab chiqarish va savdo infratuzilmasidagi kamchiliklar kabi nomonetar omillar taʼsir koʻrsatishi saqlanib qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Markaziy bankka kelib tushgan 5 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 97 foizi banklar faoliyati bilan bogʻliq masalalar ekanligi bank xizmatlari sifatini oshirish, mijozlar huquqlarini himoya qilish hamda sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha ishlar yetarli darajada emasligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sodir etilgan kiberfiribgarlik holatlarini tezkor aniqlash hamda noqonuniy oʻzlashtirilgan mablagʻlarni qonuniy egalariga qaytarish bilan bogʻliq ishlar samaradorligi past.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining bank tizimida jamgʻarmalarini saqlash darajasi past boʻlib, katta yoshli aholining atigi 15 foizi bank omonatlariga ega. Aholining bank tizimiga boʻlgan ishonchini oshirish, jamgʻarish madaniyatini rivojlantirish hamda omonat mahsulotlarining jalb etuvchanligini oshirish boʻyicha tadbirlar koʻlami kam.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilda Oʻzbekistonda bank depozitlarining YAMMga nisbati 22,6 foizni tashkil etgan. Mazkur koʻrsatkich xalqaro amaliyotda kuzatiladigan oʻrtacha darajadan past boʻlib, mamlakatda aholi jamgʻarmalarini bank tizimiga jalb qilishni yanada kengaytirish zarurligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hududlarda mahsulot va xizmatlar taklifining yetarli emasligi, logistika va infratuzilma muammolari, raqobat muhitining cheklanganligi narxlar barqarorligini taʼminlash choralari samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu aholi uchun asosiy isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari balandligicha qolishiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan yilda ayrim tovar va xizmatlar boʻyicha narxlarning oʻsishi umumiy inflyatsiya darajasidan sezilarli yuqori boʻlgan. Xususan, asosiy turdagi isteʼmol tovarlaridan qoʻy goʻshti 26,8 foizga, mol goʻshti 23,9 foizga, paxta moyi 17,7 foizga, kungaboqar moyi 12,7 foizga qimmatlashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar segmentida esa ichki yoʻlovchi havo transporti xizmatlari narxi 56,9 foizga, shahar avtobusida yoʻl haqi 21,1 foizga, yetkazib berish xizmatlari 18,3 foizga, mobil aloqa xizmatlari esa 15,1 foizga qimmatlashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish borasida amalga oshirilgan ishlarni ham ijobiy baholab boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2025-yil maqsadli koʻrsatkichlar doirasida 1,7 mln aholining bandligi taʼminlangan boʻlsa-da, investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha reja 27,1 mingga, aholini doimiy ishga joylashtirish boʻyicha esa 28,4 mingga bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlar belgilangan boʻlsa-da, bu boradagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar qoniqarsiz holatda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, prokuratura organlari tomonidan 2023 — 2025-yillarda shubhali moliyaviy operatsiyalar yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlarda jami 422 ta xoʻjalik subyekti hisob raqamlariga 1,4 trln soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari shubhali tarzda kelib tushganligi aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (T. Ishmetov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlar barqarorligini taʼminlash hamda pul-kredit siyosati vositalari taʼsirchanligini oshirish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inflyatsiya darajasini 2026-yilda 6,5 foizgacha pasaytirish va 2027-yilda 5 foizlik maqsadli koʻrsatkichga erishish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul bozorida ijobiy real stavkalar shakllanishini taʼminlash orqali milliy valyutadagi jamgʻarmalar jalb etuvchanligini saqlab qolish boʻyicha tizimli ishlarni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul-kredit siyosati transmission mexanizmining iqtisodiyotga taʼsirini oshirish bilan birga, narx shakllanishiga taʼsir etuvchi nomonetar omillarni tizimli tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha masʼul vazirliklar bilan hamkorlikni kengaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida inflatsion kutilmalarni pasaytirishga doir kommunikatsiya siyosati samaradorligini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimi barqarorligini taʼminlashga qaratilgan makroprudensial siyosatni takomillashtirish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon bankining Moliyaviy sektorni baholash dasturi doirasida oʻtkazilgan tahlil yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalarning toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarda aktivlar sifatini tasniflash va zaxiralarni shakllantirishga oid talablarni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchilikka asoslangan bank nazorati tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, tizimli va individual tavakkalchiliklarni baholash amaliyotini kengaytirish, nazorat resurslarini banklar faoliyatidagi ustuvor xavf-xatarlarga yoʻnaltirish hamda ularni erta aniqlash va oldini olish mexanizmlari samaradorligini oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tizimida raqobat muhitini rivojlantirish hamda moliyaviy barqarorlikka tahdid soluvchi tizimli xatarlarni aniqlash, muntazam baholab borish va bartaraf etish ishlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov tizimlari barqarorligini taʼminlash yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotda naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish va ularni ommalashtirish boʻyicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tegishli choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov xizmatlari bozorida innovatsion va raqamli moliyaviy yechimlarni joriy etish ishlarini izchil davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov tizimlarini yanada rivojlantirish, ularning xavfsiz va uzluksiz ishlashini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raqamli valyutasini joriy etish imkoniyatlarini, huquqiy, tashkiliy va texnik asoslarini oʻrganib, tegishli takliflarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank va toʻlov tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda bank kartalari bilan bogʻliq firibgarliklarning oldini olish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiberjinoyatlarga oid statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda Ichki ishlar vazirligining “Cardblock” platformasidagi maʼlumotlardan foydalanish amaliyotini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish maqsadida bank kartalari bilan bogʻliq firibgarliklarning yangi turlari va ulardan himoyalanish usullari toʻgʻrisidagi targʻibot-tashviqot ishlarini yanada faollashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy texnologiyalar bozorini jadal rivojlantirish hamda moliyaviy xizmatlarni raqamli transformatsiya qilish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy sektorda innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, bozor ishtirokchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish va raqamli yechimlarni tatbiq etish ishlarini jadallashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish hamda bank xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining moliyaviy savodxonligi darajasi va moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovini muntazam baholab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shu jumladan aholining kam qamrovli qatlamlarini moliyaviy tizimga jalb etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash dasturlari ijrosi samaradorligini oshirish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan koʻrsatkichlarning, ayniqsa investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari hamda aholini doimiy ishga joylashtirish rejalarining bajarilmay qolish sabablarini har tomonlama tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaratilgan ish oʻrinlari va bandligi taʼminlangan aholi toʻgʻrisidagi hisobotlarni qayta xatlovdan oʻtkazish hamda sunʼiy ravishda oshirib koʻrsatilgan koʻrsatkichlarni bartaraf etish boʻyicha aniq choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boshqa masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda bank tizimidagi xodimlarni oʻz lavozim vazifalarini bajarishda mansab va xizmat mavqeyidan noqonuniy foydalanish, shuningdek, vakolatlarini suiisteʼmol qilish orqali moddiy yoki nomoddiy naf talab qilish holatlariga chek qoʻyishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur band ijrosi yuzasidan 2027-yilning 15-fevraliga qadar har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa goʻsht va yogʻ-moy mahsulotlari narxlarining yuqori surʼatlarda oʻsish sabablarini chuqur tahlil qilib, ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, mahsulot yetkazib berish zanjirlaridagi ortiqcha xarajatlarni qisqartirish va raqobat muhitini yanada kuchaytirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqib, yil yakuniga qadar oziq-ovqat narxlari barqarorligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport, logistika, aloqa va boshqa xizmatlar sohasida narxlarning tez surʼatlarda oʻsishi omillarini tahlil qilib, mazkur sohalarda raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inflyatsiyaning nomonetar omillarini qisqartirish, mahsulot va xizmatlar taklifini kengaytirish hamda bozor infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni bilan koʻrilgan choralar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda narxlar barqarorligini taʼminlash, ichki bozorlarda mahsulotlar taklifini oshirish, inflatsion bosimlarni kamaytirish hamda narxlar shakllanishiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat transporti va kommunal xizmatlar tariflarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda aniq hisob-kitoblar asosida qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yilda inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab turish maqsadida mahalliy mahsulotlar taklifini oshirish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar samaradorligi, ularning maqsadli ishlatilishi hamda kreditlar oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash, muammoli kreditlarni qisqartirish boʻyicha koʻrilgan choralar ustidan deputatlik nazoratini oʻrnatib, amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi rahbari axborotini eshitish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Qaror ijrosi yuzasidan 2027-yilning 15-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yakuniy axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-302-V-son