03.06.2026 yildagi 280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqining uch ming yildan ziyod davlatchilik tarixining ajralmas qismi boʻlgan harbiy tarix, buyuk sarkardalarning yuksak harbiy mahorati, milliy Qurolli Kuchlarimizning barpo etilishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonda harbiy sohada amalga oshirilayotgan tarixiy oʻzgarishlarni xalqimiz, ayniqsa, oʻsib kelayotgan avlod va dunyo jamoatchiligiga tanitish va targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi va Fanlar akademiyasi Tarix institutining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyini Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyi (keyingi oʻrinlarda — muzey) etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyini tashkil etish konsepti va tematik-ekspozitsion rejasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey ekspozitsiyalarini yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada yaratish uchun eng isteʼdodli va mahoratli ijodkorlar hamda mutaxassislarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyning umumiy koʻrinishi va meʼmoriy tuzilishi milliy uslub hamda anʼanalarga mos boʻlishini, ekspozitsiyalar jahondagi ilgʻor tajribalarni oʻzida mujassam etishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey ekspozitsiyalari va kompozitsiyalarini taʼsirchan, interaktiv usullar, innovatsion texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalangan holda yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey eksponatlari orqali mamlakatimiz harbiy tarixi va merosini haqqoniy yoritishga, harbiy xizmatning jozibadorligini hamda yoshlarning harbiy kasbga qiziqishini oshirishga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyda aholining mamlakatimiz harbiy sanʼati tarixi va milliy armiyamizning bugungi kuch-qudrati va salohiyati bilan yaqindan tanishishi, ilmiy izlanishlar olib borishi, koʻrgazmalar, ommaviy-madaniy tadbirlar hamda ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishi uchun barcha sharoitlar yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Madaniy meros agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyini tashkil etish konsepti va tematik-ekspozitsion rejasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan muzeyni tashkil etish konsepti va tarixiy xronologik tartibdagi tematik-ekspozitsion rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda muzey fondida saqlanayotgan eksponatlarni Milliy muzey fondining Davlat katalogiga kiritish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muzeyning mavjud binosini rekonstruksiya qilish, hududini obodonlashtirish va jihozlash ishlarini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Yagona buyurtmachi xizmati” — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejalashtirilgan loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari boʻyicha bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, Safarbarlik chaqiruv rezervi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj ishlari boʻyicha muzey qiymati loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ijobiy ekspertiza xulosalari olingandan soʻng belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muzey boʻyicha belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-montaj ishlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi muzey eksponatlarini saqlash tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari, shuningdek, ijodiy xodimlar va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash shartlariga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan davlat muzeylarining mos keluvchi xodimlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey binosini saqlash, jihozlash hamda uning faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Mudofaa vazirligiga ushbu maqsadlar uchun har yili ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, muzey tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi Tarix instituti bilan birgalikda muzey faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ilmiy-uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi bilan birgalikda muzey ekspozitsiyasini boyitish maqsadida xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston harbiy tarixiga oid eksponatlar va hujjatlarni yoki ularning fotosurati va nusxalarini Oʻzbekistonga olib kelish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyga xorijiy davlatlar muzeylari va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muzeyning yangi tashkiliy-shtat tuzilmasi hamda Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyni belgilangan tartibda telekommunikatsiya va yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyga kirish chiptalarining onlayn savdosini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey eksponatlarini yuqori sifatli 3D skanerlash va fotogrammetriya orqali raqamli nusxalarga aylantirish, barcha eksponatlar boʻyicha yagona elektron reyestrni yaratish va muzey ichki maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy intellekt asosida muzey eksponatlari haqida avtomatik izoh, multiplikatsiyali taqdimot oʻtkazish va individual tarjima qilish boʻyicha intellektual audiogid, xorijiy tillarda onlayn gid, muzeyga elektron sayohat platformalari, 360° virtual turlar, raqamli arxivlar, onlayn ekskursiya va koʻrgazmalar oʻtkazish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyda sensorli panellar, multimedia installyatsiyalari, AR/VR texnologiyalari asosida jozibador muzey ekspozitsiyalarini, golografik namoyishlar, raqamli maketlar va interaktiv tajriba zonalarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy texnika, tarixiy voqealar va maxsus operatsiyalarni virtual muhitda simulyatsiya qilish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyning zamonaviy saytini yaratsin hamda unda muzey faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar berib borilishini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda muzeyni turizm yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritsin hamda unga ichki va tashqi sayyohlarni keng jalb etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda muzeyga taʼlim muassasalari talabalari, oʻquvchi-yoshlarning muntazam tashriflarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Sh.G. Xalmuxamedov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
280-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyini tashkil etish konsepti va tematik-ekspozitsion rejasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.G. Xalmuxamedov

mudofaa vaziri, ishchi guruhi rahbari

2.

X.A. Karshiyev

mudofaa vaziri oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

B.M. Axmedov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

5.

B.A. Abduhalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

6.

U.M. Yusupov

“Oʻzarxiv” agentligi direktori

7.

O.A. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

8.

A.H. Ziyo

Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

9.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

10.

O.A. Usarov

mudofaa vaziri maslahatchisi

11.

E.G. Radjapov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi

12.

Sh.N. Yusupov

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi boshligʻi

13.

J.H. Ismoilova

Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori

14.

X.T. Fayziyev

Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori

15.

I.M. Valixoʻjayev

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi

16.

Sh.R. Pidayev

Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti direktori

17.

X.X. Xolmatov

“Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy jamiyati raisi

18.

B.V. Xasanov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori

19.

F.A. Maqsudov

Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori

20.

A.A. Ergashev

Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat departamenti boshligʻi, ishchi guruhi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruhi rahbari zaruratga koʻra ishchi guruhi tarkibiga boshqa mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-martdagi 54-son qarorining 2, 3, 6, 7, 8, 9-bandlari va ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muzeylar” boʻlimi 7-pozitsiyasidagi “Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi” soʻzlari “Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va madaniyat departamenti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 24-iyundagi 356-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisida “Qurolli Kuchlar davlat muzeyi” soʻzlari “Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Qurolli Kuchlar davlat muzeyi” soʻzlari “Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-ilovaning 15-pozitsiyasida “Qurolli Kuchlar davlat muzeyi” soʻzlari “Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Departament va uning boʻysunuvidagi boʻlinmalar tomonidan tashkil etiladigan teatr va konsert tomosha namoyishlariga, Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyiga kirish chiptalarini sotish, shartnoma asosida teatr, konsert-tomosha va boshqa ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda boshqa pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Departament va uning boʻysunuvidagi boʻlinmalar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, ular tomonidan tashkil etiladigan teatr va konsert-tomosha namoyishlariga, Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyiga kirish uchun chipta narxi, toʻgarak va oʻquv kurslari uchun toʻlovlar, Departament va uning boʻysunuvidagi boʻlinmalarga tegishli hududda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar, shuningdek, shartnoma asosida teatr, konsert-tomosha va boshqa ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda boshqa pulli xizmatlar koʻrsatish uchun tariflar Oʻzbekiston Respublikasida koʻrsatiladigan oʻxshash xizmatlar uchun belgilangan oʻrtacha narxlarni qoʻllagan holda shakllantiriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) 25 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda — Departament va uning boʻysunuvidagi boʻlinmalarning harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish uchun.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 3-ilovaning 1-bandi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)