Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2024 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 581
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti , 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 581
Kuchga kirish sanasi
28.12.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Vazirning oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

1998-yil 3-dekabr 64-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILMIY-TADQIQOT VA TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLAB CHIQISHLARGA XARAJATLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti
11- son bhms
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 28-dekabrda 581-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3535, 25.07.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSAD

2. Ushbu standartning maqsadi ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olish usulini belgilashdan iborat. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlariga xarajatlarni hisobga olishning asosiy masalasi bunday xarajatlarni aktiv yoki xarajat sifatida tan olishdan iborat. Ularni aktiv yoki xarajat deb tan olishning mezonlari moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish Konseptaul asoslarida belgilab qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AMAL QILISH DOIRASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu standart ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari xarajatlarini hisobga olish chogʻida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu standart qazib olish tarmoqlarida neft, gaz, mineral konlarni qidirish va ularni ishlab chiqish xarajatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi. Biroq u mazkur tarmoqlardagi boshqa tekshirishlar va ishlanmalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xoʻjalik yurituvchi subyekt kontraktga muvofiq boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun tekshirishlar oʻtkazishi va ishlanmalar bilan shugʻullanishi mumkin. Kontrakt shartlariga koʻra tekshirishlar va ishlanmalar bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar va foydalar boshqa subyektga oʻtkazilsa yoki oʻtkaziladigan boʻlsa, bu faoliyatni amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyekt “Tovar-moddiy zaxiralar” BHMS yoki “Kapital qurilishga pudrat shartnomalari” BHMSga muvofiq xarajatlarni hisobga olib boradi. Bu faoliyat bilan bogʻliq xatarlarni zimmasiga oladigan va keladigan daromadlarni oladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu xarajatlarni ushbu standartga muvofiq hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar xoʻjalik yurituvchi boshqa subyekt bilan tuzilgan kontrakt shartlari boʻyicha ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan bogʻliq xarajatlar va daromadlar boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga oʻtkazilmasa yoki keyinchalik ham oʻtkazilmasa, u holda ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz xarajatlarini ushbu standartga muvofiq. hisobga olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUSHUNCHALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bu standartda foydalanilgan atamalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tekshirish ishlari — yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va gʻoyalarni olish maqsadida oʻtkaziladigan yangi va rejali izlanishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba-konstruktorlik ishlari — yangi yoki jiddiy tarzda yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, tizimlar yoki xizmatlarni rejalashtirish yoxud loyihalashtirish uchun, ularni tijorat maqsadlarida ishlab chiqarishdan yoki foydalanishdan oldin, ilmiy-tekshirish ishlari natijalarini yoki boshqa bilimlarni qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy-tekshirish faoliyatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Yangi bilimlar olishga qaratilgan faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Ilmiy-tekshirishlar natijalarini yoki boshqa bilimlarni qoʻllanish yoʻllarini izlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Muqobil texnologiyalar yoki mahsulotlarni izlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. Yangi yoki ancha yaxshilangan mahsulot yoki muqobil texnologiyani ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.5. Va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tajriba-konstruktorlik faoliyatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.1. Muqobil texnologiyalar yoki mahsulotlarni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.2. Tajriba namunalari va modellarini loyihalashtirish, ularni yasash va sinab koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.3. Yangi texnologiyalarni qoʻllanib, asboblar, qisqich moslamalari, quyilma qoliplar va matritsalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.4. Miqyoslari boʻyicha tijorat ishlab chiqarishi maqsadlarga moʻljallanmagan eksperimental qurilmalarni loyihalashtirish, yasash va sinab koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9.5. Va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan, lekin ular qatoriga qoʻshilmaydigan faoliyat turlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10.1. Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida muhandislik jihatidan madad berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10.2. Ishlab chiqarish jarayonida sifatni nazorat qilish, jumladan mahsulotni har kuni sinab koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10.3. Ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan nosozliklarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10.4. Mavjud mahsulotni yangilashga, kengaytirishga yoki boshqa yoʻl bilan sifatini yaxshilashga qaratilgan kundalik saʼy-harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10.5. Va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILMIY-TEKSHIRISH VA TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLAB CHIQISHLAR XARAJATLARI TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari xarajatlariga ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yoki asosli ravishda faoliyatning bu turlariga kiritilishi mumkin boʻlgan barcha xarajatlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlariga quyidagi xarajatlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.1. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari bilan band boʻlgan xodimlarga ish haqi toʻlash va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.2. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari chogʻida foydalaniladigan materiallar va xizmatlar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.3. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarida mazkur aktivlardan foydalanish chogʻida asosiy vositalarning eskirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.4. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12.5. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarida mazkur aktivlardan foydalanish darajasiga qarab, ayni shu darajadagi patentlar va litsenziyalar amortizatsiyasi va boshqa shu singari xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Realizatsiya xarajatlari ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlari xarajatlariga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILMIY-TEKSHIRISH VA TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLAB CHIQISHLAR XARAJATLARINING TAN OLINISHI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ilmiy-tekshirish ishlab chiqishlar xarajatlari shu xarajatlar qilingan hisobot davridagi xarajat sifatida tan olinadi va keyingi davrda aktiv deb tan olinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar, agar ular 16-paragrafda koʻrsatilgan aktivni tan olish mezonlarini qanoatlantirmasa, shu xarajatlar qilingan hisobot davridagi xarajatlar sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlab xarajat sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar xarajatlarini keyingi hisobot davrlarida aktivlar sifatida tan olmaslik kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari quyidagi mezonlarga javob bergan taqdirdagina aktiv sifatida tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.1. Mahsulot yoki jarayon aniq belgilangan, mahsulot yoki jarayonga tegishli xarajatlar alohida aniqlanishi va ishonchli tarzda oʻlchanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.2. Mahsulot yoki jarayonni texnikaviy jihatdan amalga oshirish mumkinligini namoyish qilish mumkin boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.3. Xoʻjalik yurituvchi subyekt mahsulot yoki texnologiyani ishlab chiqarish, sotish yoki undan foydalanishni moʻljallaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.4. Mahsulot yoki texnologiya uchun bozorning mavjudligi yoki uni sotish oʻrniga subyekt oʻzi uchun foydalanilgan taqdirda uning subyektga foyda keltirishi namoyish qilinishi mumkin boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.5. Loyihani nihoyasiga yetkazish va bozorga chiqarish yoki mahsulotni, texnologiyani qoʻllanish uchun yetarli resurslarning yoki ularni namoyish qilish imkoniyatining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlarining xarajatlari quyidagilar chiqarib tashlangandan soʻng tegishli boʻlajak daromadlar hisobidan qoplanadigan summadan oshmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tajriba-konstruktorlik ishlariga keyin qilinadigan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tegishli ishlab chiqarish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— maʼmuriy xarajatlar va mahsulotni sotish chogʻida bevosita qilingan xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Loyihaning tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar xarajatlari aktiv deb hisoblash talablariga javob berganligi tufayli bu xarajatlar xoʻjalik yurituvchi subyekt ana shu xarajatlar natijasida kelgusida iqtisodiy naf olishini aniqlash uchun yetarli boʻlmagani sababli aktiv deb tan olish mezonlariga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar xarajatlari shu xarajatlar amalga oshirilgan davrdagi xarajatlar deb eʼtirof etiladi va keyingi davrda aktiv deb tan olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLARI XARAJATLARI AMORTIZATSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari summasi amortizatsiya qilinishi va muntazamlilik asosida xarajat deb tan olinishi kerak. Bunday hollarda subyekt quyidagilarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.1. Mahsulot yoki texnologiyani sotish yoki undan foydalanishdan keladigan daromadlar yoki boshqa manfaatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19.2. Mahsulot yoki texnologiyani sotish yoxud undan foydalanish koʻzda tutilgan davrga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amortizatsiya mahsulot yoki texnologiya sotishga yoki foydalanishga tayyor boʻlgan paytdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining amortizatsiya qilinadigan summasini quyidagi muddatlarning eng qisqa davrida muntazam asosda taqsimlash lozim boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20.1. Aktivning xizmat muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20.2. U dastlab tan olingan vaqtdan boshlab besh yil davomida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ayrim holatlarda tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar natijasida olingan iqtisodiy naf xoʻjalik yurituvchi subyekt boshqa aktivlarni ishlab chiqarishi chogʻida sarflanib ketadi va xarajat sifatida tan olinmaydi. Bunday holatda mazkur xarajatlar amortizatsiyasi boshqa aktiv qiymatining bir qismini tashkil etadi va balans qiymatiga kiritiladi. Masalan, ilgari aktiv deb hisoblangan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari ishlab chiqarish tovar-moddiy zaxiralari qiymatiga kiritilishi mumkin (“Tovar-moddiy zaxiralar” 4-son BHMS). Boshqa aktivlarning balans qiymatiga kiritilgan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari shu tariqa ana shu aktivlarning boshqa xarajatlari qilingan paytdagi xarajatlar deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLARI XARAJATLARINING KAMAYTIRILISHI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Loyiha boʻyicha tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari summasini tajriba-konstruktorlik ishlariga keyin boʻladigan xarajatlarni, tegishli ishlab chiqarish xarajatlarini, maʼmuriy xarajatlarni va mahsulot yoki texnologiyani bevosita realizatsiya qilish chogʻida qilingan, lekin kelajakdagi daromadlar hisobidan qoplanmaydigan xarajatlarni hisobga olib, amortizatsiya qilinmagan qoldiq summasigacha kamaytirish lozim boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga amortizatsiya qilinmagan xarajatlar qoldigʻi, agar bu xarajatlar ularni 16-bandda keltirilgan aktiv deb hisoblash mezonlariga javob bermasa, hisobdan chiqarib tashlanishi lozim. Toʻla yoki qisman hisobdan chiqarib tashlangan summasini mazkur qisman yoki toʻla hisobdan chiqarib tashlash amalga oshirilgan davrdagi xarajat deb tan olish lozim boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. 22-paragrafga muvofiq qisman yoki toʻla hisobdan chiqarib tashlangan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarini, toʻla yoki qisman hisobdan chiqarib tashlashga olib kelgan voqea yoki vaziyat tugagandan soʻng va yangi voqea hamda vaziyat kelajakda mavjud boʻlishiga ishonchli dalil mavjud boʻlgan hollarda qaytadan tiklash lozim. Qayta tiklangan summani, 17-paragrafga muvofiq toʻla yoki qisman hisobdan chiqarib tashlanmagan boʻlsa, amortizatsiya sifatida tan olinishi mumkin boʻlgan summaga kamaytirish kerak. Qayta tiklangan summani shu davr xarajati sifatida tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlarining kamaytirilgan summasi sifatida eʼtirof etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YORITIB BERISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliyaviy hisobotlar quyidagilarni yoritib berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.1. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarini amalga oshirish xarajatlari uchun qabul qilingan hisob siyosatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.2. Ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga hisobot davridagi xarajat sifatida tan olingan xarajatlar summasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.3. Foydalanilgan amortizatsiya usullarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.4. Qabul qilingan foydali xizmat muddati yoki amortizatsiya meʼyorlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.5. Hisobot davrining boshida va oxirida tajriba-konstruktorlik ishlariga amortizatsiya qilinmagan xarajatlar qoldigʻini, bunda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.5.1. 16-bandga muvofiq. aktiv deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.5.2. 19 va 22-bandlarga muvofiq xarajat deb tan olingan tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.5.3. Boshqa aktivlar hisobiga oʻtkazilgan tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24.5.4. 23-bandga muvofiq ravishda qayta tiklangan tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻTKAZISH QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu standartning qabul qilinishi hisob siyosatida oʻzgarish boʻlishiga olib keladigan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz moliyaviy hisobotini “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” deb atalgan 3-son BXMSga muvofiq ravishda tuzatishi lozim. Shu bilan bir vaqtda xoʻjalik yurituvchi subyekt tajriba-konstruktorlik ishlariga ushbu standart kuchga kirgan vaqtdan keyin qilingan xarajatlarnigina va 16-bandda sanab oʻtilgan mezonlarga javob bergan taqdirda aktiv sifatida aks ettirishi lozim.