Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2021 02.03.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 905
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Nizomi, 02.03.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 905
Kuchga kirish sanasi
12.03.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2021
Hujjat 29.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan

( 3-sonli bayonnoma)

2000-yil 22-fevralda

429-son bilan

“TASDIQLANGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIJORAT BANKLARI KREDIT SIYOSATIGA NISBATAN QOʻYILADIGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 905]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 31-avgustdagi 20/8-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan koʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek unga oʻzgartirish va koʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 905-7, 23.09.2021-y.) asosan 2021-yil 24-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Bankning kredit siyosati — kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir koʻrsatmalar bilan taʼminlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq koʻrsatishi va aniqlab berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Har bir bank oʻz kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalga joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi aʼzolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Kredit siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Bankning kredit siyosati bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil davomida zaruratga koʻra kredit siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Agar kredit siyosatining aksariyat qismiga (50 foizdan kam boʻlmagan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan boʻlsa, bunda kredit siyosatini yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq.
(1.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 905-6, 29.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 10/19/905-6/3667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.51. Bankning kredit siyosati, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoki uning yangi tahriri bank Kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank Kengashi tomonidan bankning kredit siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati mavjud emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 15 kun ichida Markaziy bankka Kengashning majlis bayonidan koʻchirma taqdim etiladi.
(1.51-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 905-6, 29.08.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 10/19/905-6/3667-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.6. Kredit siyosati kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida xabardor qilish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish tartibini koʻrsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrib chiqish tartibini oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. KREDIT SIYOSATI MAZMUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur boʻlim bank maqomi va u joylashgan manzildan qatʼi nazar, kredit siyosatida aks ettirilishi lozim boʻlgan umumiy masalalar roʻyxatini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kredit siyosatining yoʻnalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar oʻrtasidagi nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablagʻlarning qaytarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat boʻladi: uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini taʼminlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va meʼyoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlashning strategik yoʻnalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Vakolatlar darajasi va masʼuliyatni taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosatida kredit ajratishda filiallar tomonidan mustaqil qarorlar qabul qilishda kreditlashning limitlarini belgilash mezonlarini koʻrsatgan holda bosh bank va uning filiallari oʻrtasida javobgarlikning aniq chegaralari aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlash uchun masʼul boʻlgan barcha shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit qoʻmitasi majlislari va uning bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham kredit siyosatida belgilab qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Kredit turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari boʻyicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qoʻyilmalarni moliyalash va b. Kredit turlari boʻyicha: “kredit liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash, lombard va veksel kreditlari va b.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tamoyillari aniq ifodalangan holda mazkur bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul boʻlmaydi, deb hisoblanuvchi kredit turlari va toifalari ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.
(2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 905-6, 29.08.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 10/19/905-6/3667-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Kreditlarning toʻplanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati kreditlar va mikroqarzlarning toʻplanishi darajasi, shu jumladan kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar boʻyicha toʻplanishi darajasi monitoringi boʻyicha talablarni oʻz ichiga olishi zarur. Kredit siyosatida rahbariyatga muntazam ravishda topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga doir talablar belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Kreditlarni toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditni toʻlash muddati uni toʻlashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni toʻlashning maʼqul dasturlaridan iborat boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat, shuningdek kreditning asosiy summasini kredit toʻlash muddatining soʻngida va kredit toʻlashning boshlangʻich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini ham oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash, mablagʻlarning qaytarilishi va berilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirib olish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. Qarzdorlarga doir moliyaviy axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan oʻtkazish, naqd pul oqimi va boshqa maʼlumotlar boʻyicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qoʻyiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib oʻtish lozimki, banklar talab qiladigan maʼlumotlar Milliy Buxgalterlik Hisobi Standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtorlik koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi, garov taʼminoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va bank kreditidan foydalangan holda koʻrsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish boʻyicha talabni oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. Garov taʼminotiga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati muayyan turdagi qimmatliklar (koʻchmas mulk, avtomobillar va b.) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini oʻz ichiga olishi hamda taʼminlangan ssudalarning har bir turi uchun kredit hujjatlari toʻplamini rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi lozim. Bank kredit siyosatida garov kreditlashning uni berish vaqtidayoq kreditni toʻlash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (xazina veksellari) bilan taʼminlangan kreditlar bundan mustasno) hisoblangan yagona asosi boʻlmasligi belgilab qoʻyilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan qoʻyiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini oʻz ichiga olishi kerak. Mazkur bandda garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim boʻlgan paytda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zarar oʻrnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatda garov mavzui baholovchi tashkilot va ichki bank baholovchisi tomonidan baholanadigan hollar koʻrsatib oʻtilishi kerak. Turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi lozim. Siyosat koʻchmas mulk, ishlab chiqarish jihozlari va isteʼmol kreditlarini moliyalash uchun beriladigan kreditlarni toʻlash hisobiga qarzdor tomonidan boʻnak toʻlovlarini kiritishga doir muayyan talablarni oʻz ichiga olishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosatida koʻrsatilishi lozimki, yer uchastkalari belgilangan tartibda garov taʼminoti sifatida bankka oʻtgan hollarda, bank ushbu yer uchastkalarini unga mulk huquqi oʻtgan paytdan boshlab olti oydan kechiktirmay sotishga qoʻyishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. Kredit monitoringiga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim. Kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha maʼlum boʻlgan salbiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yoʻqotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ssudalarning sifatini aniqlashtirish va kutilishi mumkin boʻlgan kreditlar boʻyicha yoʻqotishlarga qarshi yetarli rezervlarni shakllantirish maqsadida chorakda kamida bir marotaba bankning kredit portfeli toʻliq inventarizatsiyasi jarayoni bankning kredit siyosatida belgilanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari boʻyicha “toʻlovsizlik” tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni oʻstirmaslik mezonlari, shuningdek bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni oʻz ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin zararlar sabablari va sogʻlomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil bosqichma-bosqich chora-tadbirlar koʻrilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.9. Foiz stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati “kreditning toʻliq qiymati” tushunchasini, shu jumladan kredit olish va xizmat koʻrsatish (qaytarish) bilan bogʻliq boʻlgan barcha toʻlovlar toʻgʻrisidagi shartlar boʻyicha toʻliq maʼlumotni oʻz ichiga olishi zarur. Bunda, shu jumladan, resurslar qiymati, kredit boʻyicha xizmat koʻrsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haqi, maʼmuriy sarflar, ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralar va bank marjasi baholanishi zarur.
(2.9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/24-sonli (roʻyxat raqami 905-5, 14.05.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/905-5/3126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarga berilgan isteʼmol kreditlari va qarzlarning toʻliq qiymatini hisoblash mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
(2.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/24-sonli (roʻyxat raqami 905-5, 14.05.2019-y.) qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/905-5/3126-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati quyidagi taqiqlarni nazarda tutishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikroqarz shartnomalari boʻyicha yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish, kreditlar ajratish uchun toʻlovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari soʻndirilganligi uchun neustoyka undirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.10. Bogʻliq shaxslar bilan bajariladigan operatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati bank bilan bogʻliq shaxslarga beriladigan kreditlar boʻyicha Markaziy bank talablariga muvofiq keluvchi limitlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosatida bank bilan bogʻliq shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning har qanday imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida bogʻliq shaxslarga beriladigan kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11. Koʻzda tutilmagan holatlar moddalari (balansdan tashqari moddalar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosatida kafolatlar va akkreditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor shaxslarning bunday majburiyatlarni chiqarishga doir vakolatlari va bunday vositalar chiqarilishi mumkin boʻlgan hollar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balansdan tashqari majburiyatlarni berishda moliyaviy hisobotlar (hujjatlar)ni taqdim etishga oid talablar kreditning istalgan boshqa turlarini berishda foydalaniladigan hujjatlar va hisobotlar bilan bir xil boʻlishi zarur. Tijorat akkreditivlari boʻyicha toʻlovlarni oʻtkazish, toʻlov va yuk ortish hujjatlari (yuk xatlari), sugʻurta polislari hamda xalqaro andozalar va tadbirlarga muvofiq talab qilinadigan boshqa hujjatlarga nisbatan qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar qayd etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.12. Kredit portfelini audit qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosat bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan baholashga javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar roʻyxatini belgilashi hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzatishlar minimal yuzaga keluvchi yoʻqotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli kreditlarni aniqlash uchun zarur boʻlgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab qoʻyishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan, tasdiqlangan kredit siyosati muvofiqligini taʼminlash va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tadbiri, moliyaviy tahlil, garovni rasmiylashtirish va baholash, kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash, qonunchilik meʼyorlariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.13. Bank Boshqaruvi va Kengashiga taqdim etiladigan hisobotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit siyosati bank xizmatlari va boʻlinmalari tomonidan Bank Boshqaruvi va Kengashiga kreditlashning turli jihatlari boʻyicha topshiriladigan hamda kredit portfeli sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotlar filiallar va bank boʻyicha umuman kreditlash vositalari va yoʻnalishlariga qarab tavakkalchiliklarni baholash uchun boshqarishning turli darajalariga moslashtirilgan hamda batafsil yoritilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning amalga kiritilishi munosabati bilan 1999-yil 11-fevralda Adliya vazirligida 627-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan Markaziy bankning 1998-yil 9-noyabrdagi 429-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizom” oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisining oʻrinbosari A. QODIROV
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol kreditlari va qarzlarining toʻliq qiymatini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Tartib jismoniy shaxslar — isteʼmolchilarga (bundan buyon matnda qarz oluvchilar deb yuritiladi) berilgan isteʼmol kreditlari va qarzlarning toʻliq qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit yoki qarzning toʻliq qiymati (bundan buyon matnda KTQ deb yuritiladi) — isteʼmol krediti yoki qarz olish bilan bogʻliq toʻlovlarining haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi hamda toʻliq qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma — tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) tomonidan qarz oluvchilarga pul mablagʻlarini toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarishlilik shartlari asosida berilishini nazarda tutuvchi kredit yoki qarz shartnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar — agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday toʻlovlarni amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi toʻlovlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar, agar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining majburiyatlari taʼminotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilishda qarz oluvchi tomonidan sugʻurta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlangan toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi shartnoma muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarz oluvchining uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 2-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarilmasligi bilan bogʻliq toʻlovlari, shu jumladan neustoyka va boshqa turdagi jarimalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bank plastik kartalaridan foydalangan holda berilgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha toʻlovlar, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta hisobvaragʻidan (ajratilgan kredit valyutasidan) farqli oʻlaroq, boshqa valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha undirilgan komissiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kartasini chiqarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq komissiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit (qarz) summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlangan komissiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shartnoma tuzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish vaqtida. Agar maʼlumotlar taqdim etish vaqtida mazkur Tartibning 2-bandida nazarda tutilgan ayrim toʻlovlar miqdorini aniqlash imkoni boʻlmasa, u holda bank tomonidan unga maʼlum boʻlgan shu turdagi toʻlovlarga amal qilishi hamda kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga shu toʻlovlarning manbalarini oshkor qilishi lozim (masalan, KTQni hisoblashda tariflaridan foydalanilgan sugʻurta kompaniyasining nomi va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. KTQni hisoblashda qarz oluvchining kredit yoki qarz boʻyicha amalga oshirib boʻlgan toʻlovlari ular haqiqatda toʻlangan vaqtda, kelajakda amalga oshiradigan toʻlovlari esa, shartnoma tuzilgan sanada maʼlum boʻlgan kredit yoki qarz berish shartlariga asosan toʻlovlarni toʻlash jadvali boʻyicha hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar garov predmetini sugʻurtalanishi shartnoma tuzilgan sanadan keyin amalga oshiriladigan boʻlsa, u holda bank qarz oluvchidan sugʻurta kompaniyasiga amalga oshirilishi moʻljallanayotgan toʻlov summasini aniqlashi va shu summadan kelib chiqqan holda KTQni hisoblab chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar kredit yoki qarzning foiz stavkasi bazaviy koʻrsatkichlarga (Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi, inflatsiya darajasi va boshqalar) bogʻlangan boʻlsa, u holda bank KTQni hisoblashda shu kundagi bazaviy koʻrsatkichlarning miqdoridan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Banklar KTQni dasturiy vositalaridan foydalangan holda hisoblaydi. Bunda, Microsoft EXCEL dasturining ChISTVNDOX funksiyasidan foydalanish tavsiya etiladi (agar Microsoft EXCELning versiyasi ingliz tilida boʻlsa, u holda XIRR funksiyasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Banklar oʻzlarining rasmiy veb say-saytlarida potensial qarz oluvchilarga KTQni mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishlari lozim. Bunda banklar KTQning hisob-kitob tartibini va uni hisoblab chiqishdagi toʻlovlarning roʻyxatini oshkor qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi “5” ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda ikkinchi belgi bir birlikka oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan: KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach — 18,7 hosil boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Banklar KTQning miqdorini qarz oluvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda koʻrsatishlari shart. KTQ miqdori shartnomaning birinchi varagʻining oʻng yuqori burchagida, kvadrat shakldagi ramka ichiga, oq fonda qora rang bilan, 16 oʻlchamdan kam boʻlmagan yaxshi oʻqiladigan shrift bilan, raqam va soʻzlar bilan yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Banklar qarzdorga KTQ miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birga, shartnoma tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, yaʼni kredit yoki qarzning asosiy qiymati, foizlari, komission va boshqa toʻlovlar, shu jumladan amaldagi taʼriflar boʻyicha uchinchi shaxs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlarni, agar bunday toʻlovlar qarzdorning majburiyati boʻyicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa, ularni alohida koʻrsatgan holda yozma maʼlumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Banklar ommaviy axborot vositalari orqali kredit yoki qarz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilganlarida, ushbu eʼlonda bankka murojaat etilganida mijozlarga kredit yoki qarz olish bilan bogʻliq KTQni hisoblab berilishi haqida axborot berishlari lozim.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/24-sonli (roʻyxat raqami 905-5, 14.05.2019-y.) qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/905-5/3126-son)