Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT BOJI STAVKALARIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 205-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son va 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga quyidagi qoʻshimcha kiritilsin:
7-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
| “g) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun | eng kam ish haqining 30 foizi miqdorida”. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-oktabr,
443-son